186. Qo’zg’olonda haloyiq kimni “cho’chqa” deb ataydi? A. Machalov B. Petrov C. Olim ellikboshi D. Kolesnikov
187. Asarda Qarshidagi daraxtga tirmashib telefon simini qirquvchi qora choponli yigit kim? A. O’roz B. Qoratoy C. Yo’lchi D. Salimboyvachcha
5.O`quvchilar bilimini baholash.
6.Uyga vazifa; asardan parcha o`qish, savollar tuzish
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________
9-sinf adabiyot 69-dars Sana:____________ O`qituvchi:
Mavzu : Odil Yoqubov hayoti va ijodi
Ta`limiy maqsad: Ijodkor hayoti bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy maqsad: Ma`naviy merosga hurmat ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish
Dars tipi: yangi bilimlar berish
Dars uslubi: suhbat, savol- javob, aqliy hujum
Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash
2. Uy vazifasi tahlili. II.O`tgan mavzuni so`rash
3. Yangi mavzu bayoni.
Hayot va ijod yo’li. Odil Yoqubov egamanlik davri o’zbek adabiyotining yetakchi yozuvchsidir. U — tabiatan faol, jamoatchi shaxs. O. Yoqubov — jamiyat ishiga hayotini tikib, shu yo’lda qurbon bo’lgan kishining farzandi.
Hujjatlarga ko’ra Odil Yoqubov 1926- yilning 20— oktabrida Janubiy Qozog’iston viloyatining Turkiston shahri yaqinidagi Qarnoq qishlog’ida tug’ilgan. Otasi — ishchan tashkilotchi, tadbirkor va o’qimishli ziyoli Egamberdi Yoqubov o’z vaqtida sho’rolar hukumatining ishongan kishilaridan bo’lib, Qozog’istonda mas’ul lavozimlarda ishlagan. Keyinroq shaxsga sig’inish avj olgan davrda avval amalidan paslatilgan, so’ng 1937- yilda qatag’onga yo’liqib, qamoqqa olinganicha, qaytib kelmagan. Bo’lajak adib 1944- yilda o’rta maktabni bitiradi. 1945- yilda asli 1927- yilda tug’ilgan bo’lishiga qaramay, o’zini 1926- yilda tug’ilgan va o’n sakkizga to’lgan qilib ko’rsatib, ko’ngilli ravishda Ikkinchi jahon urushiga jo’naydi. U avval Uzoq Sharqda xizmat qilgan, so’ng Mo’g’ilistonning cheksiz Gobi sahrosini piyoda bosib o’tib, Yaponiyaga qarshi olib borilgan urushda qatnashgan. Insoniyat erki uchun bo’lgan janglarda shaxsan qatnashishni or-nomus masalasi hisoblab jangga kirgan romantik yigit urush tugagandan so’ng ham yurtga tezda qayta olmaydi. Uni 1950- yilga kelibgina uyga jo’natishadi.
Adibning ilk asari «Tengdoshlar» qissasi harbiy xizmatda ekanida yozilgan va 1951- yilda «Sharq yulduzi» jurnalida bosilib chiqqan. Keyinroq adib «Chin muhabbat», «Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim» (1956), «Yurak yonmog’i kerak» (1957), «Olma gullaganda» (1960) kabi qator dramatik asarlar yaratgan. Uning bu asarlari Hamza nomidagi Respublika akademik drama teatrida ijro etilgan. 1956- yilda «Ikki muhabbat» nomi bilan nasriy asarlar kitobi bosildi. Keyin birin-ketin «Muqaddas» (1960), «Bir fel’eton qissasi» (1961), «Tilla uzuk», «Larza», «Qanot juft bo’ladi» (1969), «Billur qandillar» (1975), «Izlayman», «Matluba» qissalari chop etildi.
Adib dramaturgiya, hikoya va qissachilikda qalamini charxlagach, roman janrida ham bir qator asarlar yaratdi. Uning «Er boshiga ish tushsa» (1969), «Ulug’bek xazinasi» (1974), «Diyonat» (1973), «Ko’hna dunyo» (1983), «Oqqushlar, oppoq qushlar» (1988), «Adolat manzili» (1997) kabi romanlarida turli davrlarda yashagan turfa odamlarning ruhiy olami, ma’naviy dunyosi, iztirob-u quvonchlari mahorat bilan aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |