Oybek “Qutlug‘ qon” romanini qachon yozishga kirishgan edi?
“…o‘ta tahlikali va fojiali kunlarda g‘urbat yutib kechirilgan hayotda “Qutlug‘ qon”day go‘zal va o‘lmas bir asarni yaratdi”. Oybek haqidagi ushbu fikrlar kimga tegishli?
“Oybek shu qadar qizg‘in ilhom qalam tebratdiki, olti oy badalida… badiiy jihatdan yuksak asar “Qutlug‘ qon”ni yozib bitirdi”. Yozuvchi oybek haqida ushbu fikrlarni kim bildirgan?
5.O`quvchilar bilimini baholash.
6.Uyga vazifa; asardan parcha o`qish, savollar tuzish
O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :____________
9-sinf adabiyot 67-dars Sana:____________ O`qituvchi:
Mavzu : Oybek “Qutlug` qon” romanidan parcha o`qish
Ta`limiy maqsad: Asar mazmuni bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy maqsad: vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqil fikrlashni, og`zaki nutq ravonligini rivojlantirish
Dars tipi: yangi bilimlar berish
Dars uslubi: matn ustida ishlash,suhbat, savol- javob
Dars jihozi: rasm, kitoblar,texnik vosita
Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism; davomat, uy vazifani aniqlash
2. Uy vazifasi tahlili. II.O`tgan mavzuni so`rash
3. Romandan parcha o`qish.
Hakimboyvachcha Yo’lchiga jazo berishga qaror qildi. Ikkinchi kun peshindan keyin ellikboshini chaqirtirdi. Mehmonxonada qabul qilib, bir katta xitoy laganda uyilgan qirg’ovul, kaklik go’shti qovurmasi bilan ziyofat qildi. Taom ishtaha bilan yeyilgandan so’ng, rang-barang qimmatbaho mevalar, qaymoqqa qorilgan nonlar bilan to’la dasturxon yozib, achchiq choyni quya boshladi. Naq Olimxon ellikboshining ko’nglidagiday ziyofat: jihozlarga boy, go’zal, naqshkor mehmonxonada o’tiradi, yana nodir taom, nodir mevalar, achchiq, xushbo’y choy, dongdor boyvachcha bilan suhbat! Olimxon yashnab ketdi. Boyvachcha o‘zining farg’onalik do’stlari bilan bo’lgan o’tirishlaridan, har turli ziyofatlardan so’zladi... Keyin so’z jahon urushiga ko’chdi. Urushda oqpodshohning qo’li baland emasligidan boyvachchaning ko’ngli xira bo’ldi. Ammo, ellikboshi urush nihoyatida oqpodshoh g’olib kelishini isbot qilishga tirishdi.
Hakimboyvachcha... suhbatni o’z maqsadi tomon burdi. Bu zamonda yomonlarning ko’paygani... haqida shikoyat qildi. Misol uchun Yo’lchini oldi. Ukasi Salimga u «nonko’r»ning musht ko’targanini eshitib... unga bir jazo erishga jazm qilganini so’zladi.
U beg’ubor yigit emas,— ayyorcha tabassum qilib, ko’zlaridagi ma’noni yashirish uchun yerga tikildi ellikboshi.— Mahalladagi yigitlarning bari manga ma’lum. Yurish-turishi, ko’kragidagi dardi, diliga tukkan ginasi — oynaday ravshan. Bilish mening ishim-da. Birovning moli yo’qolsa, o’g’risi bu yoqda qolib, to’g’risini yoqalaymanmi? Ba’zi ellikboshilar bo’ladi, yolg’iz
nomi ellikboshi, ular mahallani tanimaydi...
Tuhmat bilan qamalgan Yo’lchida nafaqat Mirzakarimboy, balki umuman mulkdorlarga nafrat tuyg’usi kuchayadi. Bu orada farzand ko’rib, otalarining mulkiga sherik bo’lishidan xavotirlangan boy bolalari Gulnorni zaharlab o’ldirishadi. Oldinlari Yo’lchining zo’ravonlardan noroziligi ko’nglidan joy olgan bo’lsa, endilikda amaliga ham ko’chadi. Quyida uning urushga mardikor olishga qarshi xalq harakatida qatnashganligi tasvirlanadi.
Oybek — yetuk prozaik edi. Uning qator romanlari, ko’plab qissalari o’zbek nasri rivojiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan. Yozuvchining nasriy asarlari millat vakillari ruhiyatini aks ettirish jihatidan katta o’rin tutadi. Oybekning prozaik asarlari orasida «Qutlug’ qon» romani alohida badiiy ahamiyatga egadir. Adib bu asarni yozishga qatag’on avj olgan mash’um 1937- yillarda kirishgan edi. Zarifaxonim shunday xotirlaydi: «Biz har kuni ertalab hali u, hali bu tanishimizning qamalganini eshitamiz. Kunlar nihoyatda betinch. Hamma ziyolilar «xalq dushmani» deb e’lon qilinib qamalmoqda. Na kunduz halovat bor, na tunda — uyquda. Har daqiqa tashvish, har daqiqa yurak titroqda.
Biz bolalarni qo’rg’onda qaynota-qaynonamga qoldirib, ikki temir karavotni bog’ning chetiga ko’chirdik. (Go’yo bizni bog’dan topisholmaydiganday)...
Oybek... butun yoz ichi bog’dan chiqmay ijod qildi. Oybek buyuk iroda egasi edi. Shuning uchun ham u o’ta tahlikali va fojiali kunlarda, g’urbat yutib kechirilgan hayotda «Qutlug’ qon»day go’zal va o’lmas bir asarni yaratdi».
Tahlikali vaziyatda bo’lishiga qaramay, roman ilhom og’ushida shiddat bilan yozilgan. Bu haqda adibning sinfdoshi, adabiyotshunos olim Homil Yoqubov keyinchalik: «Oybek shu qadar qizg’in ilhom bilan qalam tebratdiki, olti oy badalida milliy ozodlik harakatida mehnatkash xalq ongining munavvarlashishini tasvirlagan, badiiy jihatidan yuksak asar «Qutlug’ qon»ni yozib bitirdi», — deb eslaydi. Ehtimol, adib hayotdagi adolatsizlikni, zulm-zo’rlikni ko’rmaslik, undan o’zini chalg’itish uchun butun e’tiborini romanga qaratgandir. Yozuvchi bunga qadar nasrda bor-yo’g’i bir necha hikoyagina yaratgan edi xolos. Lekin hayotni sinchiklab kuzatgan, dunyo adabiy tajribalaridan atroflicha xabardor, atrofida ro’y berayotgan hodisalardan kuchli ta’sirlanadigan qalb egasi Oybek yirik nasriy asar yozishga ruhan tayyor edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |