g/ Unutish ham xotira jarayonlaridan biridir. Unutish batamom va qisman unutish deb ikki turga bo'linadi. Unutishning bir qancha sabablari mavjud. Birinchidan, unutish esda olib qolingan ma'lumotlarnmg amalda tatbiq qilinishi yoki qilinmasligiga bog'liqdir. Ikkinchidan, unutish esda olib qolingan ma'lumotga nisbatan qiziqishning naqadar barqarorligiga bog'liqdir. Masalan: bizni nihoyatda qiziqtirgan biron kitobning mazmuni, biron kinoning mazmuni yoki juda yoqqan biron kuyning ohangi xech qachon esdan chiqmaydi. Nihoyat uchinchidan, unutish ma'lum darajada nerv sistemasining axvoliga ham bog'liqdir.
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Xotira nima? Odam hayotida xotiraning qanday ahamiyati bor?
2. Xotiraning nerv-fiziologik asosini nima tashkil etadi?
3. Xotira va xayoliy tasavvurlarning farqi nimada?
4. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishning farqi nimada?
5. Unutishni qanday tushunish kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |