3.Xotira turlari. O'zlashtirish va esga tushirish xususiyatlariga ko'ra xotira bir necha turlarga ajratiladi. Masalan: muzeyga uyushtirilgan sayohatni eslar ekanmiz, o'zimiz ko'rgan narsalarning obrazini va o'zimiz guvohi bo’lgan hodisalarni fikran ko'z oldimizda gavdalantiramiz. Bu - obraz xotirasidir. Bunda birinchi signal sistemasi katta o'rin egallaydi. Ekskursiya raxbarining tushuntirishlarini, u bilan o'tkazilgan suxbatlarni, ekskursiyaga birga borilgan o'rtoqlar bilan o'zaro fikr almashuvlarni eslash choglda biz ma’no xotirasidan yoki so'z - mantiq xotirasidan foydalanamiz. Bu xotira ikkala signal sistemasining o'zaro bir-biriga ta'sir ko'rsatishiga tayanadi, bunda ikkinchi signal sistemasi dominantlik (ustunlik; etakchilik) rolini o'ynaydi. Agar biz o'z do'stimizning boshiga tushgan baxtsizlikni eslasak, bunda biz yana yangidan g'amginlik yoki xatto musibat hissini kechiramiz, bu esa emotsional xotiraning yoki his- tuyg'ular bilan aloqador xotiraning ko'rinishidir. Harakatlar bilan aloqador motor yoki harakat xotirasi (sportchi, raqqosa, suzuvchi vxk.) deyiladi.
4. Xotira quyidagi jarayonfardan iboratdir;
a/ Esda olib qolish.v/Esga tushirish va tanish b/ O'zlashtirilgan ma 'lumotni esda saqlash.g/ Unutish. a/ Esda olib qolish va uning turlariXotira jarayonlari esda olib qolishdan, ya'ni narsa va hodisalar o'rtasida aloqa o'rnatidan iboratdir. Esda olib qolish bosh miya po'stida yuzaga keladigan turli murakkablikdagi assotsiatsiyalarga bog'liqdir. Xotiramizda nimaiki saqlanayotgan bo'lsa, shularni ko'pchiligini biz ixtiyorsiz ravishda esda olib qolganmiz. Masalan: ko'chada ketayotgan paytimizda oldimizga konkret maqsad qo'ymagan bo'lsak ham juda ko'p narsalar ixtiyorsiz tarzda esda saqlanib qoladi. Ko'pincha beixtiyor idrok qilingan narsa va hodisalar beixtiyor esda saqlanib qoladi. Lekin esda saqlanib qoladigan ma'lumotga hissiyot ta'sir qilishi mumkin. Masalan: bizda bironta hissiyot tug'diradigan ma'lumot hissiyotimizga xech bir tasir qilmaydigan ma'lumotga qaraganda esimizda ham tezroq, ham mustaxkamroq o'rnashib qoladi.
Ammo odamning hayoti va faoliyati undan ixtiyoriy esda olib qolishni talab etadi. Maktabda fan asoslarini o'rganish, biron bir kasb bo'yicha ishga tayyorgarlik ko'rish odatda ixtiyoriy esda qoldirishni talab etadi. Muayyan bilimlarni egallash uchun sistematik va ixtiyoriy ravishda esda qoldirish uqib olish deb ataladi. Uqib olish maktab o'quvchilari o'quv ishining muhim qismi hisoblanadi. Ixtiyoriy esda olib qolish deb ko'zda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan ma'lumotlarni ongli ravishda kuch sarf qilib esda olib qolishga aytiladi. Ixtiyoriy esda olib qolish anglab, bilib esda olib qolishdir. Masalan: esda olib qolishga jazm qilish, maqsadga erishish uchun intilish, kerak malumotni tanlash, motivatsiya (nima maqsad bilan esda qoldirish kerakligini bilish)-bularning hammasi tafakkur faoliyati bilan bog'liq bo'ladi. Ixtiyoriy esda qoldirishda irodaninhg ham ahamiyati katta. Masalan: ba'zi paytlarda esda olib qolishning qiyinchiliklariga duch kelar ekanmiz, bunda albatta iroda ishtirok etadi.
Ixtiyoriy esda olib qolishning nerv-fiziologik asosida birinchi va ikkinchi signallar sistema doirasida yuzaga keladigan shartli reflekslar, muvaqqat aloqalar yotadi. Odatda qiziqish yengillik bilan esda qoldirishning eng birinchi shartlaridandir. Bizda qiziqish tug'dirgan narsa tezroq va mustaxkamroq esda qoladi. Esda qoldiriladigan ma'lumotga bo’lgan qiziqish diqqatimizni o'ziga jalb etadi, his-tuyg'ularimizga ta'sir qilib zavqlantiradi. Bu esa o'z navbatida esda olib qolishni kuchaytiradi. Ayrim kishilar xotirasining zaifligi analiz qilinganda esda yaxshi saqlab qololmasliklarining sababi ular diqqatining bo'shligiga, tarqoqligiga, ya'ni miya po'stidagi tegishli qo'zg'alish manbalarining zaifligida ekanligi aniqlangan. Malumotni idrok qilishda sezgi organlari qanchalik ko'p ishtirok etsa, ma'lumot shunchalik tez va puxta esda qoladi. Malumotni takrorlash ham albatta ixtiyoriy esda olib qolishga ijobiy ta'sir qiladi. O'tkazilgan tekshirishlardan ma'lum bo’lishicha, asosan uch xil yo'l bilan takrorlash mavjud ekan; 1. Surunkasiga takrorlash 2. Qismlarga bo’lib takrorlash 3. Bir yo'la surunkasiga undan so'ng yana qismlarga bo’lib takrorlash. Bu psixologiyada kombinatsiya usuli deb yuritiladi. Esda olib qolinishi lozim bo’lgan ma'lumotlarni taqsimlashda kishining tafakkuri va diqqati aktiv qatnashadi. Binobarin, ma'lumotlarni taqsimlash va rejalashtirish jarayonining o'ziyoq esda olib qolishning sifatiga ijobiy ta'sir qiladi.