Ma'nosiga tushinib, ya'ni mantiqiy (logik) tarzda esda olib qolish samarali va qulay usuldir. Ma'nosiga to'la tushinib esda olib qolingan rna'lumot odamning xotirasida mustaxkam joylashib qoladi. Chunki ma'nosiga tushinib esda olib qolinadigan narsa va hodisalaming umumiy va muhim belgilarini, ular o'rtasidagi sababiy hamda natija bog'lanishlami anglash demakdir. Shuning uchun ma'nosiga to'la tushinib esda olib qolmgan ma'lumot odamning ongida bor bilimlariga qo'shilib ketadi. Og'zaki ma'lumotlarni ma'nosiga tushunib esda olib qolish ayniqsa muhimdir. Ma'nosiga tushinib esda olib qolishning samarali bo'lishiga sabab shundaki, ma'nosiga tushunib esda olib qolish jarayonida odamning ixtiyoriy diqqati, tafakkuri va irodasi aktiv ishtirok qiladi. Faqat lakrorlash bilan esda olib qolish mexanik esda olib qolish deb ataladi, bunda ko'pgina hollarda odam o'zlashtirilishi lozim ma'lumotni tushunmagan holda takrorlayveradi. Bu yo'sindagi takrorlash oqibatida o'quvchi qiyin, noaniq ma'lumotni quruq yodlab oladi, xolos. Quruq yodlash yo'li bilan esda qoldirishda odatda odam ko'p qiynalishiga to'g'ri keladi, kishidan ko'p vaqt sarflash talab etiladi, o'zlashtirilgan material tez unutiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda turmush tajribalarining ozligi va nerv sistemalarining nihoyat darajada pastligi, ya'ni juda plastikligi tufayli ular so'zlar bilan bog'liq xar turli ma'lumotlarni mexanik tarzda esda olib qolishga intiladilar. Ayrim paytlarda mexanik esda qoldirish usulidan ham foydalanishga to'g'ri keladi. Chunonchi bir necha marta takrorlash yo'li bilan biz telefon nomerini yoki tanishimizning adresini, shuningdek chet tili so'zlarini, qiyin terminlarni va shu kabilarni esda olib qolamiz. Lekin bunda ham odam esda olib qolmoqchi narsani ilgaridan o'ziga tanish narsa bilan bog'lamoqchi, oqilona o'zlashtirmogl lozimdir, zotan ma'nosiga tushunib esda olib qolish mexanik esda olib qolishga qaraganda ancha puxtaroq bo'ladi. b/ Esda saqlab turish. Biz nimani esda olib qolgan bo'lsak, shundan nisbatan ozroq qismigina xotirada uzoq vaqt davomida, ba'zan bir umrga saqlanib qoladi. O'zlashtirilgan ma'lumotlar mustaxkamlanmasligi tufayli asta-sekin unutilib boradi. Shu sababdan o'zlashtirilgan ma’lumotni xotirada saqlash uchun uni takrorlab turish kerak. v/ Esga tushirish va uning turlari. Esga tushirish odatda tanishdan boshlanadi. Tanish - bu ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni qayta idrok qilishda esga tushishidir.(28-rasm.) Tanish - yarim-yorti va to'liq tanish bo'lishi mumkin. Yarim-yorti tanishda ilgari idrok qilgan narsamiz glra -shira esimizga tushadi. To'liq tanishda esa idrok qilingan narsaga oid ilgari hosil tasavvur va fikrlar ongimizda tiklanadi. Bunday holda biz bu narsani qayerda va qachon ko'rganimizni ham eslay olamiz. Chunonchi, bayram kuni qaerda nima qilganimizni, kim bilan gaplashib kulganlarimizni juda yaxshi eslay olamiz. Esga tushirish, ya'ni eslash narsaning o'zini shi paytda idrok qilmay turib esga olishdir. Esga tushirish jarayoni tanish jarayoni bilan uzviy bog'liqdir. Esga tushirish ham ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo'lishi mumkin. Ixtiyorsiz esga tushirish deganda biz o'z oldimizga ma'lum bir maqsad qo'ymasdan va irodaviy kuch sarf qilmasdan esga tushirishni tushunamiz. Bunday esga tushirish jarayoni yuqorida ko'rib o'tilgan assotsiatsiyalar ishtirokida sodir bo'ladi. Ixtiyoriy esga tushirish deganda biz biron maqsad bilan esga olish kerak ma 'lumollarni tanlab, xarakal qilib, maxsus ravishda esga tushirishni tushunamiz. Ixtiyoriy esga tushirish bilib, anglab esga tushirishdir. Ixtiyoriy esga tushurishda eslab topish usullaridan foydalanamiz. Masalan: telefon raqamini eslash, birovning ismini eslash va xakozo. Odatda biz ixtiyoriy esga tushirish jarayonlaridan juda keng foydalanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |