9-Mavzu. Temperament va kasbni egallash masalalari
.
(2 soat)
Reja :
1.
Tеmpеramеnt haqida tushuncha.
2.
Tеmpеramеnt turlari va
xususiyatlari.
3.
Tеmpеramеnt va faoliyatning
maxsuldorligi.
4.
Temperament va kasbiy malakalarni egallash
1.
2.
Tayanch iboralar:
Temperament, Gippokrat, E.Krechmer, xolerik, sangvinik,
melanxolik, flegmatik, qon, qora o`t, sariq o`t, balg`am, astenik, piknik, shizoid,
sikloid, I.P.Pavlov, nerv sistemasi, faoliyat
.
Kishilar o`rtasidagi individual-psixologik tafovutlarda psixikaning dinamik
(o`zgaruvchan) deb atalmish xususiyatlari muhim o`rin egallaydi.
Bunda eng
avvalo psixik jarayonlar va holatlar intensivligi darajasi, shuningdek, ularning u
yoki bu tezlikda kechishi nazarda tutiladi. Ma'lumki,
odamlar xulq-atvor va
faoliyat motivlari nisbatan teng bo`lganda, bir xil tashqi ta'sir etganda, bir-biridan
ta'sirchanligiga va ko`rsatayotgan energiyasiga ko`ra sezilarli darajada farq
qiladilar. Jumladan, bir xil kishi sekinlikni, boshqasi shoshilinchni yoqtiradi, bir xil
odamlarga hissiyotlarning tez uyg`onishi xos bo`lsa, boshqasiga esa sovuqqonlik
xosdir, boshqa birovni keskin imo-ishoralar, ma'noli mimika,
boshqasining
harakatlarida
og`ir-bosiqlik,
yuzining
kam
harakat
qilishi
ajratib
turadi.Harakatlanish xususiyatlariga qarab farqlanishlar har qanday teng
sharoitlarda individning umumiy faolligi, harakatchanligi va emotsionalligiga
binoan yuz beradi.
Shaxs-qaytarilmas, u o`z sifatlari va borligi bilan noyob.
Ana shu
qaytarilmaslik, noyoblikning asosida uning individual psixologik xususiyatlari
majmui yotadi. Insonning individualligini izohlovchi xususiyatlardan biri bu–
temperamentdir.
Temperament lotincha «temperamentum» degan so`zdan olingan bo`lib,
buning ma'nosi «aralashma», «qotishma» demakdir. Temperament deganda biz
odatda, kishining tabiiy tug`ma xususiyatlari bilan bog`liq bo`lgan individual
xususiyatlarini tushunamiz. Temperament va layoqatlar individning dinamik psixik
faoliyatini ta'minlovchi sifatlarini o`z ichiga oladi. Kishi temperamentiga aloqador
sifatlarning o`ziga xosligi shundaki, ular kishi bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir
emotsional
holatdan boshqasiga, bir malakalarni boshqasi bilan almashtirgan
paytlarda reaktsiyalarning egiluvchan va dinamikligini ta'minlaydi va shu nuqtai
nazardan qaraganda, Temperament-shaxs faoliyati
va xulqining dinamik va
emotsional-hissiy
tomonlarini
xarakterlovchi
individual
xususiyatlar
majmuidir.Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davrida temperamentga
nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to`g`risidagi talqinlar xilma-
xil bo`lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o`ziga xos tarzda tushuntirish
uchun xizmat qilib kelgan. Temperament to`g`risidagi dastlabki ta'limotni grek
olimi, vrachi Gippokrat (eramizdan avvalgi 460-356 yillarda yashagan) yaratgan
bo`lib, uning tipologiyasi hozirgi davrgacha qo`llanilib kelinmoqda. Uning fikricha
organizmning holati asosida «sharbat»larning, u ya'ni organizmda mavjud
suyuqliklarning (qon, limfa, o`t) miqdoriy nisbati bilan bog`liqdir. Bu
sharbatlarning aralashtirilgandagi nisbati grekcha «krasis» («go`zal» ma'no) so`zi
bilan aytilgan. Bir necha asr keyinroq ishlagan rimlik
anatom va vrach Galen
birinchi bo`lib temperamentning kengaytirilgan tasnifini beradi: u 13 ta turni o`z
ichiga qamrab oladigan temperament turini aniqlagan. Temperament turlari soni
qadimgi tibbiyot olimlari tomonidan keyinchalik to`rtga kamaytiriladi.
Gippokratning ta'biricha, inson tanasida to`rt xil suyuqlik mavjud bo`lib,
ular o`t yoki safro, qon, qora o`t, balg`am kabilardan iborat.
Uning mulohazasicha:
1)
o`tning xususiyati-quruqlikdir, uning vazifasi-tana a'zolarida quruqlikni
saqlab turish yoki badanni quruq tutishdir.
2)
qonning xususiyati-issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir.
3)
qora o`t xususiyati-namlikdir, uning vazifasi-badanni sovutib turishdan iborat.
Gippokrat ta'limotiga muvofiq, har bir insonda shu to`rt xil suyuqlik mavjud
bo`lib, uning bittasi ustivorlik kasb etadi. Mazkur aralashmalardan qaysi biri
salmoqliroq bo`lsa, shunga qarab insonlar temperament
jihatidan farqlanadilar,
chunonchi
xolerikda-sariq
o`t,
sangvinikda-qon,
melanxolikda-qora
o`t,
flegmatikda balg`am ustun bulishi ta'kidlanadi (1-jadval).