9-mavzu. Portret janrida tasviriy san’at asarlarini ishlashning spetsifek xususiyatlari



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana11.02.2022
Hajmi1,17 Mb.
#444451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-MARUZA

Adabiyotlar 
1.
Abdullaev N. San‘at tarixi.T. O‘qituvchi, 1987.
2.
Ilyos Akbarov. Musiqa lug‘ati. G‘.G‘ulom nashriyoti. T.: 1997 
y.
3.
R.T.Akbarov. Musiqa sehrlari. T.: 2000 y.
4.
История зарубежного искусства.Под ред. Н.Л.Малтсевой, 
М.Л.Кузминой.М.,1980.
5.
Казиев А.Ю. Художественное оформление рукописной 
книги. М.,1977.
6.
Краткий 
словар 
терминов 
изобразителного 
искусства.М.,1959.
7.
Очерки по истории русского искусства.М., 1954.
8.
Полевой В.М. Искусства ХХ века . 1901-1945. М.,1991.
9.
 
www.arxiv.uz
  
10.
www.ziyonet.uz
  
Rahim Ahmedovich Axmedov 
U 1921 yil 26 iyulda Toshkentda tug‗ulgan. O‗zbekiston xalq rassomi (1961). 
O‗zbekiston BA faxriy a‘zosi (1997). Toshkent badiiy bilim yurti (1937–41) va 
Leningrad rassomlik, haykaltaroshlik va me‘morlik institutida (1947–53) ta‘lim 
olgan. 1953 yildan Toshkent teatr va rassomlik san‘ati institutida o‗qituvchi, 1976 
yildan professor O‗zbekiston Rassomlar uyushmasi boshqaruvi raisi (1965–84, 


1992–94). R. Ahmedov asarlari chuqur psixologik ifodaliligi bilan ajralib turadi, 
ularda ichki kechinmalar, his-tuyg‗ular mohirona ifodalangan. Ijodini asosan 
portretlar chizish bilan boshlagan ("Qahramon ona", 1949, "Cho‗pon", 1952, 
"Student qiz portreti", 1954 va boshqalar). Rassom yaratgan portretlar ("Ona 
o‗ylari", "Keksa kolxozchi portreti", 1956; "O‗zbek qizi portreti", 1958; 
"Qashqadarslik ayol", 1959; "Mehnatda ham soldat", 1961; "Surxondarslik ayol", 
1962; "Muqimiy", 1968; "Nigora", 1971; "U. Tansiqboyev", 1972; "Lola portreti", 
1979; "Nabi Raximov", 1983; "Shuhrat Abbosov", 1987 va boshqalar) o‗zbek 
tasviriy san‘atida portret janrining rivojiga katta hissa bo‗lib qo‗shildi. Manzaralar 
("Bahor", 1964, "Nahor. Oqtosh bahori", 1971 va boshqalar), natyurmortlar 
("Natyurmort", 1954, "Natyurmort", 1965 va boshqalar) ham yaratgan. Turli 
sharoitlarda aks ettirilgan ayollar obrazlari ("Qo‗shiq", 1964; "Yanvar. 1924 yil" va 
boshqalar) ham jozibalidir. Asarlari O‗zbekiston san‘at muzeyi, Badiiy 
ko‗rgazmalar direksiyasi, Sharq xalqlari san‘ati muzeyi va boshqalarda saqlanadi. 
Asarlari 1948 yildan respublika va xalqaro ko‗rgazmalarda namoyish etiladi. 
Hamza nomidagi O‗zbekiston Davlat mukofoti laureati (1967). "Buyuk xizmatlari 
uchun" ordeni bilan mukofotlangan (1998). 
Rahim Ahmedov o‗zidan ko‗plab shogirdlar ham qoldirgan. Ulardan biri Yelena 
Bond (Doktorova). R. Ahmedov haqida o‗z xotiralarida shunday deydi: 
"Mening qadrli, ajoyib o‗qituvchim va haqiqiy ustozim, men u tufayli rassom 
bo‗ldim. Men Rahim Ahmedovichning saboqlarini eslayman, u bilan 1986 yildan 
1990 yilgacha Davlat Texnik San‘at Institutidagi ustaxonada o‗qiganman. Mening 
rasmlarim Amerika va Yevropadagi galereyalarda muvaffaqiyatli sotilgan. G‗urur 
bilan aytamanki, ularning har birida uning menga bergan darslari va iste‘dodining 
bir qismi bor. Rahim Ahmedovich rahmat! Sizni doimo qadrlovchi talabangiz 
Yelena Bond (Doktorova)". 
Mayami, Florida, AQSH. 23. 06. 2011 y. 


"Kimga" Rahim Ahmedov 1975 y. 
Fonda abgor ahvoldagi sovet askarlari bir nonni bo'lib yeyayotgani ko'rish 
mumkin. Shu o'rinda "101" tarixidan bexabarlar uchun qisqacha ma'lumot berib 
o'tsak: 
1941 yil sentyabr oyida Smolensk yaqinida mag'lubiyatga uchragan minginchi 
Samarqand esholonidan chiqqan yuzlab O'zbekiston Qizil Armiyasi askarlari 
Niderlandiyadagi Amersfoort kontslageriga asir sifatida keltiriladi. Vaziyati 
yomonlashgan askarlar ruhiyatini ko'tarish uchun Gitler o'z qo'l ostidagi 
ofitserlarga topshiriq beradi. Shu sababli yovvoyi sovet askarlari bir parcha non 
uchun bir-birlarini o'ldiradigan qisqa metrajli film suratga olishga qaror qilindi va 
shu bilan oriylar irqi qolganlar o'rtasidagi farqni ko'rsatib berishmoqchi bo'lishadi. 


Asirlik davomida mahbuslar dahshatli sharoitda saqlanib, film uchun tayyor 
holatga keltiriladi. Nihoyat, fashist targ'ibotchilari filmni suratga olishni 
boshladiydilar. Yangi pishirilgan nonni mikroavtobusdan olib chiqib, asirlar 
orasiga tashlashadi va shafqatsiz qirg'in tasvirlarini olishga tayyorgarlik ko'rishadi.
Biroq, barchasi bekor ketadi. Tashlangan nonni yosh o'zbek o'g'loni olib borib, 
hurmat bilan eng keksa kishiga topshiradi. Yuz mahbus nemis askarlari qarshisida 
bemalol o'tirgan holda bir nonni bo'lib yeyishadi. 
Targ'ibot ssenariysi barbot bo'ladi. 
Rahim Ahmedov aynan shu sahnani - non bo'lib yeyish sahnasini katinada 
tasvirlaydi. Asarda o'zbek o'g'lonlarining birdamliligini, tartibli va bir biriga 
oqibatini ko'rish mumkin. 
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, asar o'z so'zini ayta olgan. Tomoshabinni 
o'sha voqeylikka olib kira olgan. 
Savol berishdi: "Asar voqealari konslagerda bo'lib o'tgan. U yerda Stalin 
portretiga pishirib qo'yibdimi?" 
Asar yaratilgan davrda sovetlar mafkurasi targ'iboti, shaxsga sig'inish g'oyalari 
hali ham mavjud edi. Yurtimiz adabiyotida yaratilgan o'sha davr badiiy "zakas" 
kitoblariga mafkura qanday singdirilgan bo'lsa, ushbu asarga ham shunday 
singdirilgan. Buni devorda osig'liq turgan "Stalin"dan va unga tikilib ovqat 
hayoliga kelmayotgan teskari turgan askar tasviridan ham bilish mumkin. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish