9-mavzu.
Portret janrida tasviriy san’at asarlarini ishlashning spetsifek
xususiyatlari
(Fayum portretlari Leanordo da
Vinchi,A.Volkov,R.Axmedov,R.Santi,Titsian Vechillo,V.Serov,Y.Salpinкidi)
Leonardo da Vinchi hayoti va ijodi
Reja:
I.
Kirish
II.
Asosiy qism
1.
Leonardo da Vinchi – buyuk olim, injener va rassom.
2.
Leonardo da Vinchi hayot yo‘li
3.
Leonardo da Vinchining insoniyat tarixiga kiritgan
yutuqlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
San‘at juda qadim zamonlarda, mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida
paydo bo‘ldi. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go‘zallik hissi ortdi,
voqelikdagi go‘zallik, qulaylik va foydalilik tushunchalari kengaydi. Sinfiy jamiyat
vujudga kelishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi; aqliy
mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqa boshladi. Bu esa fan va san‘at rivojida
muhim ahamiyat kasb etdi. Professional san‘at va san‘atkorlar shu davrda paydo
bo‘ldi. San‘at esa o‘zining o‘ziga xos xususiyatini, sinfiyligini namoyon etib,
hukmron sinfning ideologiyasini targ‘ib etuvchi kuchli g‘oyaviy qurolga aylandi.
Lekin shunga qaramay, omma orasidan etishib chiqqan iste‘dodli ijodkorlar
mehnatkash xalq ommasining orzu-istaklarini, ularning go‘zallik va xudbinlik,
oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar
yaratdilar. Xalqning turmushi, hulq va odatlari, yutuq va mag‘lubiyatlari ularning
asarlarida o‘z ifodasini topdi. Har bir davrda mavjud bo‘lgan ana shunday san‘at
hayot go‘zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol
toptirdi, ularni tenglik, ozodlik, birodarlik, yorqin kelajakka intilishga da‘vat etdi.
Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy
boyliklar bo‘lib qolmay, balki o‘zida inson aql-zakovati, hayot to‘g‘risidagi
fikro‘ylarini aks ettiruvchi ko‘zgu hamdir. Jahon san‘ati tarixini o‘rgatish, uning
taraqqiyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, o‘tmish
odamlarning
his-tuyg‘u,
hayotiy tajribalarini o‘rganish g‘oyaviy-istetik
qarashlarning shakllanishini bilish demakdir. Bu so‘zsiz, kishilarda hayotiy
tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondoshishga yordam
beradi.
XV—XVI asrlarda o‘z taraqqiyotini boshidan kechirgan bu yangi madaniyat
tarixda «Uyg‘onish» deb nom oldi. Bu iborani italiyalik rassom va san‘atshunos
Jorj Vazari Italiyada san‘at uzoq o‘rta asrdan so‘ng yana qaytadan «uyg‘onganligi»
sababli ishlatgan va asosan, rassom Jotto ijodiga nisbatan qo‘llangan edi.
Keyinchalik esa bu ibora keng mazmun kasb etib, Italiyada, so‘ngra Evropaning
boshqa mamlakatlarida vujudga kelgan, feodalizm asridan farq qiladigan san‘atni
ta‘riflash uchun qo‘llanila boshlandi.
Uyg‘onish davri madaniyati va san‘ati o‘z xususiyati va mohiyatini Italiyada
to‘liq namoyon etib, qator taraqqiyot bosqichlarini boshidan kechirdi. Bular,
asosan, quyidagilardan iborat:
1. Uyg‘onish arafasi davri - protorenessans (XIII—XIV asrlar).
2. Ilk Uyg‘onish davri—kvatrachento (XV asr)
3. Yuqori Uyg‘onish davri (XV asrning 90-yillari—XVI asrning 20—30-
yillari).
4. So‘nggi Uyg‘onish davri (XVI asrning ikkinchi yarmi). (So‘nggi
Uyg‘onish davrida gumanistik san‘at bilan birga tushkun manerizm oqimi ham
mavjud bo‘ldi).
Do'stlaringiz bilan baham: |