9-mаvzu: Oʼzbekiston Respublikasida taʼlim sohasida amalga oshiilgan islohatlar. Reja: 1


Taʼlim sohasida halqaro hamkorlikning yoʼlga quyilishi



Download 33,51 Kb.
bet4/4
Sana31.03.2022
Hajmi33,51 Kb.
#520899
1   2   3   4
Bog'liq
9-маъруза (2)

4. Taʼlim sohasida halqaro hamkorlikning yoʼlga quyilishi

Mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini yangi bosqichga koʼtarish, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ilgʼor xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va oliy pedagogik taʼlim bilan qamrov darajasini oshirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.


Jumladan, maktabgacha taʼlim qamrovining oshishi, 11 yillik umumiy oʼrta taʼlim tizimining joriy qilinishi hamda oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash koʼlamining kengayishi munosabati bilan yuqori malakali mutaxassislarga nisbatan yuzaga kelayotgan ehtiyojni oʼz vaqtida taʼminlash maqsadida soʼnggi yillarda pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan xorijiy va mahalliy oliy taʼlim muassasasi faoliyati yoʼlga qoʼyildi, mazkur taʼlim sohasi boʼyicha xorijiy davlatlar bilan qoʼshma taʼlim dasturlari tashkil etildi.
Shu bilan birga, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlar yetkazib berish borasida oʼtkazilgan tahlil natijalari avvalo taʼlim sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifatiga eʼtiborni kuchaytirish, sohada ilgʼor xorijiy tajribani keng joriy etish, pedagogik taʼlim infratuzilmasini yaxshilash zarurligini koʼrsatmoqda.
Pedagogik taʼlim sohasini yanada takomillashtirish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qoʼllash koʼnikmalariga ega, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda munosib hissa qoʼshuvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun professional pedagog kadrlar yetkazib berish, sohaga ilgʼor taʼlim texnologiyalarini joriy qilish, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida: qator islohatlar amalga oshirildi.
O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to`g`risidagi O`zbekiston respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilinib:

  • xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy taʼlimning ilgʼor standartlarini joriy etish, jumladan oʼquv dasturlarida nazariy bilim olishga yoʼnaltirilgan taʼlimdan amaliy koʼnikmalarni shakllantirishga yoʼnaltirilgan taʼlim tizimiga bosqichma-bosqich oʼtish;

  • oliy taʼlim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga koʼtarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qoʼshadigan, mehnat bozorida oʼz oʼrnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yoʼlga qoʼyish;

  • oliy taʼlim muassasalarining akademik mustaqilligini taʼminlash;

  • oliy taʼlim muassasalarida taʼlim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bogʼliqligini nazarda tutuvchi «Universitet 3.0» kontseptsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;

  • xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar koʼlamini kengaytirish va boshqa byudjetdan tashqari mablagʼlar hisobiga oliy taʼlim muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga olib chiqish;

  • oliy taʼlim muassasalari professor-oʼqituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik koʼrsatkichlari oshishi, shuningdek respublika ilmiy jurnallarini xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishini taʼminlash;

  • Oʼzbekiston oliy taʼlim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro taʼlim dasturlarini amalga oshiruvchi «xab»ga aylantirish;

  • oliy taʼlimning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy taʼlim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etish;

  • talaba-yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʼshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʼz ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;

  • oliy taʼlim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini, shu jumladan xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablagʼlarini keng jalb qilish hisobiga yaxshilash, ularni bosqichma-bosqich oʼzini oʼzi moliyalashtirish tizimiga oʼtkazish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash;

  • taʼlimning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan oʼzaro manfaatli hamkorligini yoʼlga qoʼyish;

  • aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarning oliy taʼlim bilan qamrov darajasini oshirish, ular uchun infratuzilmaga oid sharoitlarni yaxshilash;

  • b) Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini 2019 yilda amalga oshirish boʼyicha «Yoʼl xaritasi» 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  • Kontseptsiya tegishli davrga moʼljallangan maqsadli parametrlar va asosiy yoʼnalishlardan kelib chiqib, har yili alohida tasdiqlanadigan «Yoʼl xaritasi» orqali bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilab qoʼyilsin.

  • 2. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasining Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi hamda Oʼzbekiston oliy taʼlim muassasalari rektorlari kengashi negizida nodavlat notijorat tashkilot shaklidagi Respublika oliy taʼlim kengashini (keyingi oʼrinlarda — Kengash) tashkil etish toʼgʼrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

  • 3. Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

  • professor-oʼqituvchilar, talabalar oʼrtasida soʼrovlar oʼtkazish, jamoatchilik va ish beruvchilarning fikrini oʼrganish hamda ilgʼor xorijiy tajribalarni tahlil qilish orqali oliy taʼlim sifatini oshirish, oʼquv dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

  • oliy taʼlimni davlat tomonidan boshqarish tizimi samaradorligiga va professor-oʼqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ular tomonidan taʼlim berishda qoʼllanilayotgan taʼlim-tarbiya usullarining taʼsirchanligiga xolisona baho berish;

  • taʼlim berishda yuqori sifatni taʼminlash yuzasidan taʼsirchan jamoatchilik nazoratini oʼrnatish, bu borada ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish;

  • oliy taʼlim muassasalarida shaffoflik, xolislik va obʼektivlikni taʼminlash, korruptsiyaga sharoit yaratuvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirilishi boʼyicha tavsiyalar ishlab chiqish;

  • oliy taʼlim tizimida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va pedagoglarning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish boʼyicha ishlarni mazmunli va maqsadli tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

  • xalqaro aloqalar natijadorligini tahlil qilib borish, qoʼshma dasturlar samaradorligini baholash, hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish, chet ellik professor-oʼqituvchilar va xorijdagi vatandoshlarni oliy taʼlim tizimiga jalb etish boʼyicha takliflar tayyorlash;

  • oliy taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini baholash va takomillashtirish boʼyicha ilgʼor xorijiy tajribalarni oʼrganish asosida ularni respublika oliy taʼlim muassasalari sharoitida qoʼllash boʼyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Download 33,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish