9-mаvzu: Oʼzbekiston Respublikasida taʼlim sohasida amalga oshiilgan islohatlar. Reja: 1



Download 33,51 Kb.
bet1/4
Sana31.03.2022
Hajmi33,51 Kb.
#520899
  1   2   3   4
Bog'liq
9-маъруза (2)


9-MАVZU: Oʼzbekiston Respublikasida taʼlim sohasida amalga oshiilgan islohatlar.
REJA:


1.”Taʼlim toʼgʼrisida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”ning qabul qilinishi va unda belgilangan vazifalar.
2. Oʼzbekistonda kadrlar tayyorlash sohasidagi oʼzgarishlar.
3. Oliy taʼlim sohasida qabul qilingan Qonunlar va ularda belgilangan vazifalar.
4. Taʼlim sohasida halqaro hamkorlikning yoʼlga qoʼyilishi.


I.”Ta`lim to`g`risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”ning qabul qilinishi va unda belgilangan vazifalar. Taʼlim toʼgʼrisidagi qonun dastavval (1992 yil 2 iyul). Mustaqil davlatimiz rahbariyati, eng avvalo, ishni taʼlim sohasidagi davlat siyosatining huquqiy asoslarini yaratishdan boshladi. Sobiq Itgifoq tarkibiga kirgan respublikalar ichida birinchilardan boʼlib Oʼzbekiston Respublikasining oliy Kengashi 1992 yil 2 iyulda “Taʼlim toʼgʼrisida"gi Qonunini tasdiqladi. Bu dasturulamal hujjatda taʼlim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari, taʼlim tizimi, uning boshqaruv tarkibi, pedagog xodimlarning haq-huquqlari, burch va masʼuliyati aniq belgilab berildi. Binobarin, bu muhim davlat hujjatining qabul qilinishi taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning muqaddimasi hamda huquqiy kafolati boʼlib qolmoqda.
II.Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992 yil 8 dekabr). Аsosiy qonunimiz Oʼzbekiston xalqining xohish-irodasidan kelib chiqib, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uygʼunlashtirgan holda, yoshlar ongiga singdirishning huquqiy asoslarini oʼzida ifoda etgan. Konstitutsiya barcha fuqarolar qatori yoshlarning huquq va erkinliklarini taʼminlashning kafolatlarini ham oʼzida aks ettiradi.
III.“Taʼlim toʼgʼrisida”gi (1997 yil 29 avgust) Qonun (yangi tahriri) va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasidagi (1997 yil 29 avgust) “Barkamaol avlod – Oʼzbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusidagi nutqida 1991-1997 yillar davomida mamlakatimizda amalga oshirilgan taʼlim-tarbiya tizimidagi islohotlarni tanqidiy baholadi. Sobiq Ittifoq davrining oxirida 11 yillik oʼquv tizimiga oʼtdik. 11 yillik tizim tarkiban 3 qismga boʼlinadi: boshlangʼich taʼlim – 4 yillik, toʼliqsiz oʼrta taʼlim – 9 yil va, nihoyat, 2 yillik toʼliq oʼrta taʼlim. Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi.
IV.Oʼzbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1997 yil 6 oktyabrdan “Taʼlim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish tugʼrisida"gi Farmoni mavjud taʼlim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga koʼtarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida ushbu farmon bilan “Taʼlim toʼgʼrisida"gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishi etib belgilandi. Oʼzbekistonda taʼlim respublika ijtimoiy-iqgisodiy, gʼoyaviy-madaniy hayotining eng muhim yoʼnalishidir. Taʼlimning huquqiy asoslari mamlakatimiz Konstitutsiyasi, “Taʼlim toʼgʼrisida"gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida oʼz aksini topgan.
4.4.1-chizma
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini roʼyobga chiqarish bosqichlari
Birinchi bosqich (1997-2001) - mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratildi. Bu bosqich taʼlim moddiy texnika bazasini yaratish davri, deb nom oldi.
Ikkinchi bosqich (2001-2005) - Milliy dasturni toʼliq roʼyobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritildi. Bu bosqich sifat bosqichi, deb nom oldi.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) - toʼplangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish bosqichi. Bu bosqichni taʼlim tizimini modernizatsiyalash davri ham deyish mumkin.
Qabul qilingan dasturlarga muvofiq, mamlakatimizda 9+3 sxemasi boʼyicha 12 yillik umumiy majburiy bepul taʼlim joriy etildi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan modelning printsipial xususiyati shundaki, umumtaʼlim maktabidagi 9 yillik oʼqishdan soʼng oʼquvchilar 3 yil davomida ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kolleji va akademik litseylarda taxsil olib, ularning xar biri umumtaʼlim fanlari bilan mehnat bozorida talab qilinadigan 2-3 ta mutaxassislik boʼyicha kasb-hunarlarni ham egallamoqdalar.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab taʼlimini rivojlantirish davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga yetkazildi. 9 yillik umumtaʼlim maktab bosqichini va 3 yillik oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi bosqichini oʼz ichiga olgan uzluksiz yaxlit taʼlim tizimi yaratildi. 2012/2013 oʼquv yilida mamlakatimizda 12 yillik majburiy taʼlimga oʼtish toʼlik taʼminlandi.
Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 27 iyuldagi “Umumtaʼlim maktablari bitiruvchilarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʼqishini yanada kengaytirish chora-tadbirlari tugʼrisida" qabul qilingan 427-sonli Qarori natijasida 2009 yili umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari 100 foiz akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan qamrab olinishiga erishildi.
Oʼzbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2008 yil 1 apreldagi „Real iqtisodiytning soha va tarmoqlari talablariga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi Farmoyishi asosida amalga oshirilgan ishlar natijasida 2009—2010 oʼquv yilining oʼzida hududlardagi 118 ta kasb-hunar kollejida 62 ta ixtisoslik boʼyicha kichik mutaxassislar tayyorlash toʼxtatilib, talab katta boʼlgan 90 ta mutaxassislik boʼyicha yangidan kadrlar tayyorlashga kirishildi. 34 ta kasb-hunar kollejining ixtisosligi oʼzgartirildi. Ushbu chora-tadbirlar tufayli bitiruvchilarning barchasi ish bilan taʼminlandi.
Oʼzbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “Barkamol avlod yili Davlat dasturi toʼgʼrisida”gi 2010 iil 27 yanvardagi qarorini amalga oshirish uchun 11 ta ustuvor yoʼnalish va vazifa belgilab berildi. Oʼzbekistonda aholining qariyb
35 foizini 16 yoshgacha boʼlgan bolalar, 62 foizdan ziyodini esa 30 yoshgacha boʼlgan yoshlar tashkil etishini hisobga oladigan boʼlsak, bu islohotlarning roli va ahamiyati oʼz-oʼzidan tushunarli va ravshan boʼladi.
V.2010 yil 28 iyulda Oʼzbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining „Taʼlim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida"gi Farmoniga koʼra, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada ragʼbatlantirish, yoshlarni, avvalambor, kasb-hunar kollejlari, akademik lipeylar va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʼyicha amaliy vazifalar belgilandi. Shu boislan ham bugungi kunda mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan respublikaning kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzilganda, band hodimlarning oʼrtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan cheklangan normativdan koʼpi bilan 20 foiz oshirilgan hollarda mikrofirma va kichik korxonalar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolat va huquqlar saqlanib qolmoqda.
VI.Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi “Аkademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish toʼgʼrisida"gi 77-sonli Qarori. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi “Oʼzbekiston Respublikasi oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi 204-sonli Qaroriga koʼra, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 60 kishidan iborat Oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (Markaz) tashkil etildi. 1998 yilda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari dastlab tajriba tariqasida faoliyat boshladi. Аkademik litseylarga barcha (9-sinf) bitiruvchilarning taxminan 10-15 foizi tanlov asosida qabul qilindi. Kasb-hunar kollejlari uchun yuqori malakali pedagog va pedagog-muhandislar tayyorlash boʼyicha 3 ta otaliq zona (mintaqaviy) boʼyicha tegishli oliy oʼquv yurtlari biriktirildi:
1) Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti; 2) Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti; 3) Namangan muhandislik-pedagogik institutlarida kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.
VII.2010 yil 2 noyabrda Oʼzbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining „Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi PQ-1426-sonli Qarori qabul qilindi. Natijada 2010 yilning 1 dekabridan oliy oʼquv yurtlaridagi 2 va 3-kurs aspirantlar stajyorlik-tadqiqotchi-izlanuvchi va barcha doktorantlar katta ilmiy xodim-izlanuvchi lavozimiga oʼtkazildi. Shu asosda 2011 yil 1 yanvardan boshlab stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarning maoshlari stajyor-tadqiqotchilarning bazaviy lavozim maoshlariga, katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning maoshlari esa fan nomzodi ilmiy darajasiga ega ilmiy xodimlarning bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtirildi.
2011 yil 20 mayda “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini taʼlim tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarori oʼz mohiyatiga koʼra, oliy taʼlim tizimidagi islohotlarining yangi bosqichini boshlab berdi.
VIII.Respublikamizning bozor iqtisodiyti tomon yoʼl tutishi kasb-hunar bilim yurtlari tizimida ham bir qator yangi turdagi oʼquv muassasalarining shakllanishi va rivojlanishi uchun imkon yaratdi. Bozor sharoitida oʼz oʼrnini topib keta oladigan, ishini yaxshi biladigan mutaxassislar tayyorlash maqsadida 146 ta kasb-hunar bilim yurti negizida kasb-hunar litseylari, 50 tasi negizida biznes maktablari, 5 tasi negizida respublika oʼquv ishlab-chiqarish markazlari, 18 tasi negizida milliy hunarmandchilik litseylari tashkil qilindi.
Yangi turdagi oʼquv muassasalariga 1995/1996 oʼquv yilida «Menejer yordamchisi», «Kichik va oʼrta biznes hisobchisi», «Referent», «Fermer» kasblari boʼyicha 6435 nafar oʼquvchi qabul qilindi. Bu kasblar boʼyicha oʼquv va mavzu rejalari, oʼquv koʼllanmalari ishlab chiqilib, joylarga tarqatildi.
1998 yil 28 fevralda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Аkademik litseylar, kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularniig faoliyatini boshqarish toʼgʼrisida”gi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi xuzurida Oʼrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi markazi (OʼMKXTM)ning tashkil etilishi bu yoʼnalishdagi katta qadam edi. Bu qarorga koʼra, bir oy muddat ichida viloyatlarda, Toshkent shahri va Qorakalpogʼiston Respublikasida xududiy boshqaruv tizimlari tuzilib, ish boshladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 iil 13 maydagi «Oʼzbekiston Respublikasida oʼrta maxsus va kasb-hunar taʼlimini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori esa mamlakatimizda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarini tashkil etish vazifasini belgilab berdi. Qaror asosida «Oʼrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi qoidalari tasdiqlandi.
Oliy taʼlimni isloh qilishning asosiy yoʼnalishlari belgilab olindi:
1. Universitet taʼlimining ustuvorligi.
2. Oliy taʼlim muassasalarini boʼlish va ixtisoslashtirish.
3 Oliy taʼlimni hududiylashtirish.
Kasb-hunar kollejlari uchun yuqori malakali pedagog va pedagog-muhandislar tayyorlash boʼyicha 3 ta otalik (mintakaviy) zona boʼyicha tegishli odiy oʼquv yurtlari biriktirildi:
1. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti.
2 Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (oldingi TDPI).
3 Namangan muqandisdik-pedagogik instituti (oldingi texnikum)larida kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Bu oliy oʼquv yurtlarida talabalar milliy kasb-hunar mutaxassisliklari boʼyicha xamda maʼnaviyat asoslari, milliy gʼoya va huquq fanlaridan oliy maʼlumotli bakalavr ixtisosliklariga ega boʼla boshladi.
2012 yil 16-17 fevral kunlari Toshkentda oʼtkazilgan xalqaro konferentsiya uzluksiz taʼlim va yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashning milliy modelini yaratishda Oʼzbekiston tajribasini oʼrganishga bagʼishlandi. Unda kadrlar tayyorlashning milliy dasturi (1997) deb nomlangan taʼlim sohasini isloh qilish dasturi mamlakatda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy printsiplariga asoslangan va siyosiy islohotlarning Oʼzbekiston tanlagan «oʼzbek modeli»ning ajralmas tarkibiy qismi ekani alohida taʼkidlandi.
Oliy oʼquv yurtlarida kadrlar tayyorlash, uzluksiz taʼlimni isloh qilishning jahonda tan olingan, tajribada isbotlangan 4 ta modeli mavjud. Bular АQSh, Frantsiya, Germaniya va Yaponiya mamlakatlarining modellaridir. Ular, garchi umumiy qoida va yoʼnalishlar boʼyicha bir-biriga yaqin boʼlsa-da, lekin mavjud mamlakatlarning hozirgi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy holati, milliy xususiyatlari hamda fuqarolarning yashash sharoitidan kelib chiqib, fark qiladi. Masalan, Yaponiya taʼlim tizimida oila omiliga katta eʼtibor berilgan. Аmerika yoki Frantsiyada esa mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda pullik maktablar joriy etilgan. Lekin ayrim mamlakatlarda oʼzini oqlagan va samara bergan modellarni oʼzga davlatlar uchun toʼgʼridan-toʼgʼri qoʼllab yoki tatbiq etib boʼlmaydi. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlar tajribalari chuqur oʼrganilib, milliy hamda respublikamizga xos boʼlgan xususiyatlar, sharoitlar inobatga olingan holda kadrlar tayyorlash tizimining yangi modeli ishlab chiqildi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari: shaxs. davlat va jamiyat, uzluksiz taʼlim, fan va ishlab chiqarish tizimlarining yaxlit maʼrifiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-maʼnaviy mushtarakligidan tashkil topgan.
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini oʼz kasbini puxta egallagan, mehnat bozori talablariga har tomonlama javob beradigan darajada tayyorlash bilan bir vaqtda ularning mehnat bozoridan oʼz oʼrinlarini topishiga koʼmaklashishga, yurtimizda bugun davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmokda. “Kasb-hunar kollejlari bitiruv- chilarini ish bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi. Ushbu kollejlarning ish beruvchi korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarining turli shakllaridan foydalanish, bu masalaga tuman va shahar jamoatchiligini jalb etish mazkur vazifani ado etishning eng muhim, hal qiluvchi yoʼnalishi boʼldi”, deb taʼkdlagan edi. Birinchi Prezidentimiz bu borada oldimizda turgan eng muhim vazifalarni belgilab berdi.
Oʼzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti 2015 yil 12 iyunda qabul qilingan «Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini kayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi Farmoniga koʼra, mamlakatimizda oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yangi tizimi joriy etildi. Oʼrnatilgan yangi talablarga koʼra, tashkil etilgan kurslarda 2015 yilning birgina sentyabr-oktyabr oylarida 1176 nafar tinglovchi tahsil oldi.
Umuman, yuksak tarakqiyotni taʼminlashda «Taʼlim toʼgʼrisida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining barkamol avlod tarbiyasidagi oʼrni va ahamiyatini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin:
1. Milliy dasturning amalga oshirilishi jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy muhitga ijobiy taʼsir koʼrsata boshladi.
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini roʼyobga chiqarish jarayonida shaxsning ja- miyatdagi oʼz oʼrnini belgilab olishi faollashmoqda.
3. Taʼlimning milliy modelini amalga oshirish jamiyatda erkin fikrlaydigan shaxsning shakllanishiga olib kelmoqda.
4. Kadrlar tayyorlashning milliy modeli jamiyatning potentsial imkoniyatlarini roʼyobga chiqarish omili sifatida katta ahamiyat kasb etmoqda.
5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uning modelini amalga oshirish milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida taʼlim-tarbiya jarayonini zamonaviy bosqichga koʼtarishga karatilgan boʼlib, bu esa, oʼz navbatida, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishga ulkan hissa qoʼshmoqda.
6. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amaliyotga tatbiq etish Oʼzbekistonning xalqaro maydonda munosib oʼrin egallashida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
7. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi milliy istiqlol gʼoyasining asosiy tushuncha va tamoyillariga hamohang boʼlib, ularning xar ikkalasi barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgandir.
8. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilishi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fukarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi»da belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlashga xizmat qiladi.
9. Mamlakatimizda taʼlim oladigan yoshlarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash va taʼlim ishlarining samarali shakl hamda uslublari ishlab chiqilib, joriy etilmokda.
10. Taʼlim va kadrlar tayyorlash borasida taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʼtkazish, akkreditatsiya qilishning samarali tizimi yuzaga keldi.
11. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda taʼlimning talab darajasidagi sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amaliy samarasi va barqaror rivojlanishining kafolatlari, ustuvor yoʼnalishlarni taʼminlaydigan normativ, moddiy-texnik:va axborot bazasi yaratildi.
12. Uzluksiz taʼlim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablagʼlar, shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb etilmoqda.
13. Kadrlar tayyorlash sohasida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan oʼzaro manfaatli hamkorlik rivojlanmoqda.
2020 yil 19 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Taʼlim toʼgʼrisida”gi Qonun loyihalariga oʼzgartirishlar kiritildi.
Qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida 238 ta normaga tegishli oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritildi. Shuningdek Qonun loyihasiga inklyuziv taʼlim tushunchasi ham singdirildi. Bu har bir bolaning taʼlim olishdagi teng huquqliligini taʼminlash har qanday diskriminatsiya va kamsitishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Loyihada amaldagi qonunda, umuman, qonunchilikda koʼzda tutilmagan yangi qoidalar – yurtimizda yoshidan qatʼiy nazar, katta yoshdagilar umri davomida bilim va koʼnikmalarini mustahkamlab borish imkoniyatlari ham qonun bilan mustahkamlandi.
Kun tartibidagi dastlabki masala – yangi tahrirdagi “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonun loyihasining ikkinchi oʼqishdagi muhokamasi qizgʼin kechib deputatlar 5-6 may kunlari boʼlib oʼtgan palata majlisida qonun loyihasini moddama-modda, bobma-bob muhokama qilingan. Hamda ishchi guruh tomonidan bir necha bor muhokamalar oʼtkazilib, tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtrokida loyihaning qoida va normalari maromiga yetkazildi. Norma ijodkorligi talablaridan kelib chiqib, loyihadan havolaki tusdagi qator normalar chiqarilib, toʼgʼridan-toʼgʼri ishlaydigan moddalar kiritildi.
Qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida 238 ta normaga tegishli oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritildi. Loyihadan idoraviy ruhdagi bir necha normativ-huquqiy xujjatlarni qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qoʼllashga taʼsir etmaydigan qonun hujjatlarini qayta koʼrib chiqish oqibatida 123 ta norma chiqarib tashlandi. Ularning oʼrniga 54 ta yangi toʼgʼridan-toʼgʼri amal qiluvchi normalar kiritildi. Ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillar va tartibga solishning eskirgan mexanizmlarini bartaraf etish hisobiga 7 ta moddadan butunlay voz kechilib, aniq soholardagi munosabatlarni tartibga soluvchi 9 ta yangi modda kiritildi. 19 may kuni Oliy Majlis ilk bor inklyuziv (uygʼunlashgan) taʼlim tushunchasi kiritilgan yangi tahrirdagi “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonunni qabul qildindi.



Download 33,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish