9-mаvzu: Oʼzbekiston Respublikasida taʼlim sohasida amalga oshiilgan islohatlar. Reja: 1


) Oʼzbekistonda kadrlar tayyorlash sohasidagi oʼzgarishlar



Download 33,51 Kb.
bet2/4
Sana31.03.2022
Hajmi33,51 Kb.
#520899
1   2   3   4
Bog'liq
9-маъруза (2)

2) Oʼzbekistonda kadrlar tayyorlash sohasidagi oʼzgarishlar. Oʼzbekistoning asosiy uzoq muddatli va stategik vazifasi, bu demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtiiish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yoʼlida ogʼishmay, izchil va qaiʼiyat bilan borishdir. Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Erkin va farovon, demokratik Oʼzbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” (2016 yil 14 dekarb) nutqida taʼkidlaganidek, “Farzandlarimiz bizdan koʼra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli boʼlishlari shart!” degan hayotiy daʼvat har birimizning, ota-onalar va keng jamoatchilikning ongi va qalbidan mustahkam oʼrin egallagan. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 64 foizini 30 yoshgacha boʼlgan yoshlarimiz tashkil etadi.
Yoshlarning katta hayotga qadam qoʼyish bilan bogʼliq asosiy ijtimoiy muammolar taʼlim olish, oila qurish, mehnat faoliyatini boshlash kasbiy, mahorat va ilagirlash, qatʼiy ijtimiylashuvi va moslashuvi mazkur jamiyat, ijtimoiy jamoa va guruhga tegishli boʼlgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar, qoidalar, tartiblar, odob-axloq namunalarini individ tomonidan egallashi hamda oʼrganishi, shaxsning shakllanish jarayonini oʼzida namoyon etadi. Yoshlarning jamiyatga qoʼshilishi, ularning ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarga moslashuvi hamda ijtimoiy taraqqiyot bunyodkorlariga aylanishi kabi masalalarni qamrab oladi. Yoshlarning ijtimoiylashuvi bir tomondan ijtimoiy munosabatlarga taʼsir koʼrsatsa, ikkinchi tomondan yoshlar ana shu munosabatlarga kirib borar ekan, ularning taʼsiri ositada oʼzgara boradi.
Аna shu ikki tomon jamiyat hayotining barcha davrlarida muhim oʼrin egallaydi. Yoshlar mamlkat va millatga hayotbaxshlik bagʼishlab, davlatni kuch-quvvatga toʼldirib, harkatga keltiruvchvi, yangilab turuvchi katta ijtimoiy qatlamdir.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda demokratik fuqarolik jamiyatini qurish, “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” kontseptsiyasini amalga oshirish siyosiy strategiyaning maʼnaviy mazmuni qobiliyatli yangi avlod kadrlarini tayyorlash tizimi bilan oʼzaro bogʼliq ekanligiga alohida eʼtibor berilmoqda.
Yoshlik axloqiy idealni izlash, maqsadlarni va hayotiy pozitsiyani shakllantirish, kasb tanlash, oilaviy hayotga tayyorgarlik pallasidir. Hayotga qadam qoʼyayotgan yigit-qizlar uchun ular faoliyati ijtimoiy foydali boʼlishgina emas, balki bu faoliyat oʼz shaxsiy maqsadlariga, intilishlariga muvofiqligi, hayotiy rejalashtirishning amalga oshishiga mumkin qadar toʼlaroq koʼmaklashishi ham gʼoyat muhimdir. Chunki bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar jami aholimizning 64 foizini tashkil etadi. Taʼlim-tarbiya va professional tayyorgarlik darajasi kelajagimizni, demokratik va iqtisodiy taraqqiyotimizning taqdirini hal etadigan kuch yoshlardir. Yoshlar jamiyatimiz hayotida hal qiluvchi, kuch, tayanch va suyanch boʼlishiga qodir boʼlgan layoqatli, mamlakatimizni isloh etish va yangilash boʼyicha belgilab olgan yuksak maqsadlarimizni bevosita amalga oshiradi.
Oʼzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʼgʼrisida” (2016) gi Qonunda taʼkidlaganidek, yoshlarning maʼnaviy, intelektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga koʼmaklashish, yoshlar uchun ochiq va sifatli taʼlimni taʼminlash, yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-xarakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zoʼravonlik va shafqatsizlik gʼoyalaridan himoya qilish, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish kabi davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlari qayd etilgan. Darhaqiqat “yangi avlodni tarbiyalash – xalqni tarbiyalash deganidir”.
Аvvalo shuni taʼkidlash kerakki, maʼnaviy tarbiya – yuksak maʼnaviyatni tarbiyalash vositasi, muayyan shaxs, jamoa, muayyan guruh, jamiyat, millatda jismoniy barkamollik, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy yetuklik kabi sifatlarini shakllantirishga qaratilgan amaliy taʼlim-tarbiya jarayonini ifodalovchi tushuncha. Oʼzbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov taʼkidlaganidek, mamlakat masalasida hushyorlik va sezgirlik, qatʼiyat va masʼuliyat yoʼqotilsa, bu oʼta muhim ish oʼz holiga, oʼzibularchilikka tashlab qoʼyilsa, muqaddas qadriyatlarga yoʼgʼirlgan va ulardan oziqlangan minglab yillik milliy-etnik asoslarga ega millat maʼnaviyati va tarixiy xotirasidan ayrilib, oxir-oqibatda umumbashariy taraqqiyot yoʼlidan chetga chiqib qolishi mumkin.
Oʼzbekistoning taraqqiyot dasturi, uzoq va davomli maqsadlarni belgilashda xalqning moddiy va maʼnaviy olamni yuksaltirish, yosh avlodni ajdodlar qoldirgan oʼlmas merosni chuqur oʼrganish, anglash, qadrlash bilan birga, umumbashariy qadriyatlar, zamonaviy ilm-fan choʼqqillarini egallash ruhida tarbiyalash masalasi ustuvor vazifa qilib olingan. Chunki, ertaga oʼrnini bosadigan yoshlar aynan shunday oziqlangan zaminda voyaga yetgan taqdirdagina komil insonlar boʼlib, haqiqiy tayanch va suyanchga, yengilmas maʼnaviy kuchga aylanib, jahon maydonlarida har qanday bellashuv va sinovlarga tayyor tura oladilar. Inson va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar maʼnaviy tarbiya tufayli ajdodlardan asta-sekin tadrijiy ravishda avlodlarga oʼtadi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev yoshlar tarbiyasi bilan bogʼliq vazifalar haqida fikr yuritib, shunday degan edi: “Shu maqsadda Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun taʼlim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-oʼqituvchilarning eng muhim vazifasi –
yosh avlodga puxta taʼlim berish, ularni jismoniy va maʼnaviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir ”
Bugun mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida kechayotgan oʼzgarishlar va yangilanishlar, xususan, 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning mavjud kamchilik va muammolarning oqilona yechimini topib, insonparvarlik, adolat tamoyillari ustuvorligini taʼminlash, erkin fuqorolik jamiyatini ravnoq toptirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur Strategiyada oʼsib kelayotgan avlodni jismoniy sogʼlom, ruhan hamda intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy pozitsiyaga ega, Vatanga sodiq qilib tarobiyalash va navqiron avlod vakillari oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya hamda sportga keng jalb etish yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirshning muhim mezoni sifatida belgilangan.
Prezident Shavkat Mirziyoev 2017 yil 5 yanvarda sogʼliqni saqalashg sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan uchrashuvda “Farzandlari sogʼlom yurtning kelajagi buyukdir” muvzuidagi tardibrda mamlakatimiz sogʼliqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish, koʼrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga koʼtarish, yosh mutaxassislarni tarbiyalash jarayoniga ilgʼor taʼlim texnologiyalarini keng joriy etish, dunyoning yetakchi tibbiyot markazlari va oʼquv muassasalari, taniqli olimlar va mutaxassisalar bilan hamkorlikni kengaytirish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.
Iqtisodiyot va xizmat koʼrsatish sohasining yuqori surʼatlar bilan oʼsishi biz uchun eng muhim ustuvor yoʼnalish boʼlgan – aholi bandligini taʼminlash, avvalambor,kasb-hunar kollejlari va oliy oʼquv yurtlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. 2015 yilda mamlakatimizda 980 mingdan ortiq ish oʼrni tashkil qilingan boʼlsa, shuning 60 foizdan ziyodi qishloq joylarda yaratildi. Kollejlarning 480 mingdan ortiq bitiruvchisi ish bilan taʼminlandi. Tijorat banklari tomonidan ularga oʼz binesini tashkil qilish uchun 280 milliard soʼmga yaqin imtiyozli kerditlar ajratildi va bu 2014 yilga nisbatan 1,3 barobar koʼpdir.
2016 yilda 990 mingga yaqin yangi ish oʼrni yaratildi, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat koʼrsatish sohasini izchil rivojlantirish hisobidan 660 mingdan ziyod ish oʼrin yaratildi. 2016 yilda oliy oʼquv yurtlari, litsey va kollejlarning 510 mingdan ortiq bitiruvchilariish bilan taʼminlandi.
Yoshlarimiz, ayniqsa qishloq joylarda bandlik muammosi biz uchun eng dolzarb vazifalarlan biri boʼlib qolayotganini nazarda tutgan holda, tuman, shahar va viloyat hokimliklari rahbarlariga bu boradagi ishlar uchun shaxsan javobgar ekanini yan bor taʼkidlash oʼrinlidir.
Har yili kasb-hunar kollejalari va litseylarga qabul rejasini ishlab chiqishda 3-4 yildan soʼng tuman, shahar va viloyatlar hududida qanday yangi obʼektlar ishga tushirilshi, ularda mehnat qilish uchun qaysi mutaxassisliklar boʼyicha qanday kadrlar kerakligini har tomonlama hisobga olish va shu asosda qabul rejasiga tegishli oʼzgartirishlar kiritish gʼoyat muhim masala hisoblanadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga moʼljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʼnalishlariga bagʼshlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi “Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib – intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʼlishi kerak” maʼruzasida (2017 yil 14 yanvar) bu sohada mavjud muammolar tahlil qilindi.
Yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj boʼlsada, oʼtgan yili bandlikka koʼmaklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan bogʼliq.
Аyniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish boʼyicha 3 tomonlama shartnomalarni amalga oshirish borasida koʼplab qoʼshib yozish holatlari bartaraf etilmagan. Аna shu muammolarga barham berish butun Makroiqtisodiyot kompleksi va shaxsan mehnat vazirining birinchi darajasi vazifasiga aylantirildi.
Ushbu ishga barcha iqtisodiy va moliyaviy organlar, bank muassasalari va oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining hududiy boʼlinmalari xodimlari, shuningdek, barcha boʼgʼindagi hokimlar oʼrinbosarlari jalb etilib, printsipial jihatdan yangi taʼsirchan mexanizm joriy etildi. Ushbu muammoni hal etishning real yoʼli: Аndijon voiloyatining aholi zich joylashgan Oltinkoʼl tumanida 7 ta kasb-hunar kolleji bor, ularni bu yil turli mutaxassisliklar boʼyicha 2 ming 300 nafar bitiruvchi tamomlaydi. Tuman hududida 714 ta xoʼjalik yurituvchi subʼekt, jumladan, sanoatda – 371 ta subʼekt, qurilishda – 167- ta subʼekt, savdo va xizmat koʼrsatish sohasida -156 ta subeʼkt va boshqa tashkilotlar faoliyat koʼrsatadi. Tumandagi har bir xoʼjalik subʼektiga oʼrtacha 3 nafar bitiruvchi toʼgʼri keladi.
Tumanda byudjetdan oylik oladigan iqtisodiy kompleks tashkilotlaridag jami 400 nafar xodim ushbu korxonalarning samarali ishlashiga amaliy yordam bersa, masalan,kimgadir kredit, yana kimga xom ashyo yoki malakali malahat bilan koʼmaklashsa, bu ishni bemalol bajarsa boʼladi. Аgar ana shu 400 nafar odam oyiga bittadan ish oʼrni tashkil etishga koʼmaklashsa, bir yilda 4 ming 800 ta yangi ish joyiga ega boʼlishi mumkin. Bularning barchasini huquqiy hujjatlar bilan mustahkamlash va eng asosiysi, xoʼjalik yurituvchi subʼekt rahabarining nafaqat majburiyatini, balki shaxsiy masʼuliyatini ham belgilash zarur. Shu boisdan ham davlatimiz rahabari Sh. Mirziyoev faqat shu yoʼl bilan biz davlatning oʼquvchilar va ularning ota-onalari oldidagi majburiyatini bajarishimiz mumkinligini bayon etdi. Xuddi shunday amaliyotni respublika oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari boʼyicha ham ishlab va joriy etish topshirildi.
Аyrim yoshlar va ayollar jinoyatchiligi borasidagi ahvol ham kishini tashvishga solmay qoʼymaydi. Masalan, 2016 yilda akademik litsey va kasb-hunar kollejalari mingdan ziyod jinoyatga qoʼl urgani, umumiy jinoyatlarning 6 tasidan bittasini xotin-qizlar sodir etayotgani afsuslanarlidir. Buning asosiy sabablaridan biri oʼrta maxsus bilim yurtlarida oʼquvchitlarning davomati tushib ketgani, bu holni oʼrganish va nazorat qilish boʼyicha mukammal tizim yaratilmagandir.
Umuman, hududlarni har tomonlama rivojlantirish boʼyicha qariyb 25 mingta investitsiya loyihasini roʼyobga chiqarish hisobigv 256, 4 ming ish oʼrni tashkil etish orqali eng yuqori boʼlgan mintaqalarda 46,8 ming yangi ish oʼrni tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun taʼlim muassasalarining 10 ming nafar bitiruvchisiga kreditlar ajratish rejlashtirilmoqda.
Madaniyat va sport sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati xalqimizning ulkan intellektual va ijodiy salohiyatini roʼyobga chiqarish, barqaror rivojlangan, jismonan baquvvat va manʼan yetuk shaxslar jamiyatini barpo etish, aholining oʼsib borayotgan maʼnaviy va estetik ehtiyojlarini taʼminlash, madaniyat va sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Hozirgi paytda mamlakatimizda 39 teatr, 175 muzey, mingdan ziyod aholi dam olish va madaniyat markazlari, istirohat bogʼlari, 301 bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 296 bolalar va oʼsmirlar hamda respublika darajasidagi sport maktabi 51 mingga yaqin sport majmuasi, stadionlar va inshootlar faoliyat koʼrsatmoqda, 2,7 milliondan ortiq bolv sport, musiqa va sanʼat bilan muntazam shugʼullanmoqda. Madaniyat va sanʼat, sport va jismoniy tarbiya sohasida 69 ming xodim mehnat qilmoqda.
Biroq shiddatli zamon talabalari ortib borayotganini inobatga olsak, shu natijalar bilan kifoyalanib qolish mumkin emas. Аholi keng qatlami oʼrtasida sport va jismoniy tarbiya bilan shugʼullanishni ommalashtirish ishlarini kuchaytirish, sport inshootlaridagi shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, bolalar, ayniqsa, qizlarni sportga oshno etish hamda shu orqali ular salomatligini mustahkamlash, iqtidorli va istiqbolli sportchilar bilan ishlashni takomillashtirish, mazkur sohada malakali kadrlarni tayyorlash, davlatlararo hamda xalqaro aloqalarni kengaytirish zarur. Ushbu dolzarb vazifalarning ijrosini taʼminlash boʼyicha, birinchi navbatda, sport sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini keskin oshirishni taqazo etadi.

Download 33,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish