Genotip hujayradagi umumiy genlar majmuasi
(yig‘indisi) dir. U
organizmning butun bir guruh xossalarini, tashqi muhitning har xil sharoitida
turlicha namoyon bo‘ladigan xossalarini belgilab beradi. Biroq, genotip har
qanday sharoitda ham nisbiy doimiyligini saqlab qoladiki, bu hol
mikroorganizmlar turlarini bir-biridan farqqilib, ajratib olishga imkon beradi.
F e n o t i p
har bir individuumdagi morfologik va fiziologik
xossalarning umumiy kompleksidir. Fenotip go‘yo ma’lum bir konkret
yashash sharoitida genotip xarakterining tashqi ko‘rinishi ifodasidir.
Genotip hujayraning umumiy yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan
xususiyati bo‘lsa, fenotip ushbu xususiyatlarning ko‘zga ko‘rinadigan
ifodasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |