transduksiyaga bu ferment ta’sir ettirilsa ham u to‘xtamay davom etadi,
chunki ferment fag orqali o‘tadigan xususiyatga ta’sir eta olmas ekan.
Bakteriyalardagi transformatsiya va transduksiyaXIX asrning oxirlariga
kelib, mikrobiologlar bakteriyalarda kon’yugatsiya
hodisasi uchrashini
kuzata boshlaganlar va boshqa organizmlardagi kon’yugatsiyadan ajratish
uchun «konyuksiya» deb nomlaganlar. Kon’yugatsiyaning genetik analizini
1947 yilda Lederberg va Tatum aniqlaganlar. Ular bu hodisani elektron
mikroskopda kuzatganlar. Kon’yugatsiyalanadigan
hujayralarning biri
uzunchoq, ikkinchisi ovalsimon ekanligi aniqlangan. Uzunchoqhujayra erkak
tip bo‘lib, F
+
(donor) deb belgilanadi, ovalsimon hujayra urg‘ochi tip bo‘lib,
G‘
-
(resipient). Kon’yugatsiya vaqtida bular bir-biriga yaqinlashadi va orasida
ko‘prikcha hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan ko‘prikcha orqali donor hujayrasidan
genetik faktorlar resipient hujayrasiga ma’lum bir tartibda (pililar
yordamida)o‘tadi(3-rasmga qaralsin).
K.V.Kosikov
(1957)
ta’kidlashicha, agar achitqilar, spesifik
xususiyatga ega bo‘lgan substratlarda o‘stirilsa, ma’lum bir formalar paydo
bo‘ladiki, ular shakarni bijg‘itish xususiyatiga ega bo‘lib qoladi (avval ular
shakarni bijg‘ita olmas edi). Masalan, Saccharomyces globasus
ana shunday
yangi
formalardandir.
U
saxarozani
bijg‘itish xususiyatiga ega,
Sacch.parodopus formasi esa maltozani bijg‘itadi. Bu xususiyatlar faqat
vegetativ yo‘l bilan emas, balki jinsiy yo‘l bilan ko‘payishda
ham nasldan-
naslga o‘tishi mumkin. Masalan, jinsiy yo‘l bilan ko‘payishda quyidagi
formalar kelib chiqqan sporalarning yarmi shakarlarni bijg‘itsa, yarmi bijg‘ita
olmagan. Bunda Sacch. globasus da yangi xususiyat paydo bo‘lgan, ya’ni
shakarlarni bijg‘ituvchi invertaza fermenti hosil bo‘lgan.
Mikroorganizmlar genetikasini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
Chunki antibiotiklar olishda yuqori aktivlikka ega bo‘lgan yangi-yangi
shtammlar zarur. Bundan tashqari,
vitaminlar, gormonal preparatlar,
fermentlar, aminokislotalardan lizin va glyutamin olishda va boshqa
moddalar olishda muhim ahamiyatga ega.
Bakteriyalar, turushlar va aktinomitsetlarga radioaktiv nurlar va
ximiyaviy mutagenlar bilan ta’sir etib, ularning
hujayralaridagi DNK ning
strukturasini o‘zgartish va inson uchun foydali bo‘lgan moddalar sintezlash
tomoniga yo‘naltirish mumkin. Hozir bakteriyalarning fiziologik xususiyatini
yaxshi bilgan holda ularni o‘zgartira olish va bu usul bilan bakteriyalardan
qishloq xo‘jaligida, meditsinada, texnologik
protsesslarda keng miqyosda
foydalanish mikrobiologlar oldida turgan muhim masaladir.
Do'stlaringiz bilan baham: