Nizolarni boshqarish va ularni bartaraf etish
Nizoli vaziyatlarni boshqarishning bir qator samarali usullari mavjud. Ularni quyidagi ikki yirik guruhga bulish mumkin (14.3.-chizma).
Tarkibiy-tashkiliy usullarga quyidagilar kiradi.
Ishga bo’lgan talabni tushuntirish usuli. Bu usul disfunktsional usulga mutlako zid bo’lib, bunda har bir xodim va bulimlardan qanday natija kutilishi tushuntiriladi.
Muvofiqlashtirish va integratsiyalash usuli. Bu usul ogzaki buyruq (amr) zanjiri deb yuritiladi.
Nizoli vaziyatlarni boshqarish usullari
Tarkibiy-tashkiliy usullar
Ishga bulgan talabni tushuntirish
Muvofiklashtirish va intеgratsiyalash
Umumtashkiliy komplеks maksadlar
Mukofotlashning tarkibiy tizimini takomillashtirish
Stratеgik usullar
Uzoklashish
Silliklashish
Majburlash
Kеlishuv
Muammoni xal qilish
11.3.-chizma. Nizoli vaziyatlarni boshqarish usullari.
Boshqarishda vakolatlar iyerarxiyasini, ya'ni mansablarga ko’ra darajama-daraja bevosita itoat etish, buysunish tartibini o’rnatish kishilarning o’zaro harakatlarini, korxona ichidagi axborotlar oqimini, qarorlar qabul qilishni tartibga tushiradi, muovfiklashtiradi.
Umumtashkiliy (kompleks) maqsadlar. Bu usulning mohiyati – barcha katnashchilarning harakatini, butun kuchini bosh maqsadning amalga oshishiga safarbar qilish.
Muvofiqlashtirishning tarkibiy tizimi. Disfunktsional oqibatlar-dan holi bulish hamda kishilarning xatti-harakatlariga ijobiy ta'sir utkazish tufayli, kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolarning oldini olish va ularni boshqarish uchun mukofatlash tizimi keng qullaniladi.
Nizoli vaziyatlarning oldini olish yoki ziddiyatini yumshatishning beshta strategik usuli ma'lum (29-chizma).
Uzoqlashish. Komil inson janjaldan uzoqlashishga harakat qiladi. Kelishmovchilik avjiga chiqqanda u muxokamaga katnashmaydi. Bunday usul nizoli vaziyatning yechilishiga manfaatdor bulmagan va o’zaro munosabatlarning zoxiriy yaxshiligicha qolishini istashgan hollarda tomonlar tarafidan qullaniladi.
Silliklashish. Bu usul kishilarni yaxshilikka undash yo’li bilan nizoni bartaraf qilishga qaratilgan. Ziddiyatli vaziyatda qarama-qarshi tomonlar bir-biri bilan xushmuomalali bo’lishga, arzimagan narsaga achchiklanish, umuman, bir vaqtning o’zida birga so’zayotgan kayikni «kaltis tebratish» yaramasligiga chakirishadi.
Majburlash – bu tomonlardan birining xoxish irodasini, so’zini majburan, zurlab qabul qildirishdir. Bunday strategiyani qullaydigan tomon tajavvuzkorlik bilan o’z xoxishini qarshi tomonga majburlab utkazadi.
Kelishuv. Nizoli holatdan muvofakkiyatli chiqishning eng muhim sharti – bu murosaga kela olishdir. Kelishuv bilan nizolarni hal etish, bu yuqori baholanuvchi strategik usul bo’lib, bunda ikkala tomonni kanoatlantiruvchi yechimga kelinadi.
Muammoni hal qilish. Bu usul barcha tomonlarni kanoatlantiruvchi yechimini topish uchun nizoni chiqaruvchi sabablarni chuqur tahlil qilish va barchaning fikrlarini inobatga olishga asoslanadi. Bu usul tarafdorlari o’zlarini maqsadiga boshqalar maqsadi orqali emas, balki nizoning eng oqilona yechimini topish evaziga erishishni xoxlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |