Hozirda yetarli mavjud emas
O'zbekiston Respublikasida, ma’muriy- huquqiy shartnomalami tuzish mexanizmini tartibga soluvchi qonunchilik mavjud emas.
Ma’muriy-huquqiy shartnomalaming boshqaruv amaliyotida tutgan o'mi va ahamiyati, xususiyatlari, mazmuni, tuzish tartibi va ijro etish to'g'risida aniq ilmiy ishlanmalar ham mavjud emas.
Ma’muriy huquq nazariyasida ko'rsatib o'tilgan ma’muriy- huquqiy shartnomalaming mazmuni va o'ziga xos xususiyatlari ko'pgina munozaralarga olib keladi. Buning asosiy sababi esa ma’muriy-huquqiy shartnomalaming huquqiy asosga ega bo'lma- ganligidadir.
Amaldagi qonunchilikda (O'zR Fuqarolik kodeksidan tashqari) ma’muriy(ommaviy)-huquqiy shartnomalami huquqiy tartibga soluvchi normalar ham nazarda tutilmagan.
Ma’muriy-huquqiy shartnomalar va ularning o’ziga xos hususiyatlari
- Ma’muriy-huquqiy shartnomalarga maxsus majburiyatlar (shartlar) ni nazarda tutadigan va oddiy fuqarolik huquqiy shartnomalar doirasidan tashqari chiqadigan shartnomalarni kiritish mumkin.
- Ma’muriy-huquqiy shartnomalarda Davlat va jamiyat manfaatlarini qondirishni nazarda tutgan davlat vazifalarini amalga oshirish ifodalaniladi.
- Ma’muriy-huquqiy shartnomalarning majburiy shartlari ikkinchi ishtirokchi tomonidan bajarilmaganligi mazkur shartnomalarda ko’rsatib o’tilgan iqtisodiy sanksiyalarni harakatga keltirishi, shuningdek, ijro etuvchi hokimyat organi tomonidan shartnomaning bir tomonlama tartibda bekor kilinishiga olib kelinishi lozimligi.
- Ma’muriy-huquqiy shartnomalarga -Davlat hizmati bo’yicha tuzilgan shartnomalarni kiritish darkor. Davlat hizmati to’g’risidagi shartnomalarda ijtimoiy ehtiyotlarini va fuqarolarning manfaatlarini qondirish, jamoat tartibini saqlashni ta’minlash bo’yicha vakolatlar va funksiyalarning ijro etuvchi hokimyat organlaridan xo’jalik birlashmalariga va boshqa shaxslarga o’tkazilishi nazarda tutiladi.
- Ma’muriy-huquqiy shartnomalar ijro etuvchi hokimyat organlarining kontrol-nazorat vakolatlarini, shuningdek, shartnoma munoabatlariga kiruvchi ikkinchi tomonga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni qo’llash mumkinligini nazarda tutadi.
- Ma’muriy-huquqiy shartnomalarga ijro etuvchi hokimyat organlarining turli hil maxsulotlar yetkazib beruvchi korxonalar bilan tuzgan shartnomalarini ham kiritish mumkin. Lekin bunda korxonalarning soliq sohasida, kiridit olishda, ma’lum bir budjet mablag’laridan foydalanishda imtiyozlarga ega bo’lishi nazarda tutilishi lozim.
- Ijro etuvchi hokimyat sohasida vakolatlarini taqsimlash va quyiga berish bo’yicha tuzilgan hamda o’z vakolatlarini beruvchi ijro etuvchi hokimyat yuqori organining bevosita nazorati ostida va shartnoma shartlarini bajarmagan yiki lozim darajada bajarmagan tomonining javobgarligi nazarda tutilgan shartnomalarni ham ma’muriy-huquqiy shartnomalarga kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |