O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi
259-modda
Ma’muriy-huquqiy shartnomada shartnoma munosabatlari ishtirokchilarining biri tomonidan majburiyatlar bajarilmagan yoki yetarli darajada bajarilmaganida, ijro etuvchi hokimyat organi shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilishi va aybdor tomonga nisbatan mazkur sharnomada nazarda tutilgan iqtisodiy va boshqa sanksiyalarni qo’llash vakolatiga ega bo’lishi kerak.
majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash belgilangan bo’lib, ular neustoyka, garov, ushlab qolish, kafillik, kafolat va zakolatdir.
Unga ko’ra
Ma’muriy-huquqiy shartnomalarni huquqiy tartibga solishda quyidagilarni inobatga olish kerak.
- Ma’muriy-huquqiy shartnomalar kompitensiya doirasida ijro etuvchi hokimyat organlari tomonidan yoki bunday shartnomalarni tuzish vakolatiga ega bo’lgan mansabdor shaxs (boshqaruv organi rahbari yoki maxsus ishonchnoma asosida boshqa mansabdor shaxs) tomonidan tuzilishi mumkin, agar shartnomani ishtirokchisi sifatida kollegiyal organ namoyon bo’lsa, shartnoma tuzilgandan so’ng u vakolatli organ mansabdor shaxslar tomoidan tasdiqlangan bo’lishi lozim;
- Shartnoma munosabatlari ishtirokchilarining biri tomonidan majburiyatlar bajarilmagan yoki yetarli darajada bajarilmaganida ijro etuvchi hokimyat organi shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilishi va aybdor tomonga nisbatan mazkur shartnomada nazarda tutilgan iqtisodiy va boshqa sanksiyalarni qo’llash vakolatiga ega bo’lishi kerak;
- Ijro etuvchi hokimyat organi shartnoma munosabatlariga kirishganida, uning ijro etilishini nazorat qilish, barcha hujjatlar bilan tanishib chiqish, shartnoma subyektlarini faoliyatlarini tekshirish vakolatiga ega bo’lishi kerak. Nazoartni amalga oshirish tartibi va uslublari shartnomaning o’zida tutilishi lozim;
- Ijro etuvchi hokimyat organi nazarda tutilmagan holatlarining vujudga kelishi bilan shartnomani bir tomonlama tartibda, uning moliyaviy boshqa muhim shartlarini buzmagan holda, o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’lish kerak. Mazkur shartnoma bo’yicha vujudga keladigan barcha nizolar ma’muriy va sud tartibida hal qilinishi darkor;
- Shartnoma munosabatlari subyektlari ustida shikoyat qilish va prakurorning mazkur shartnoma va uning ijrosi ustidan protesti-ma’muriy sudlar tomonidan, ularning tashkil etilishiga qadar esa, tegishli sudlar (masalan, iqtisodiy sudlar) tomonidan ko’rib chiqilishi lozim.
Shartnomalarda, jumladan ma’muriy-huquqiy shartnomalarining ham fuqarolik qonunchiligi bilan ham o’rnatilgan shartnomalarning umumiy talabidan kelib chiqib shartnoma shartlarini o’zgartirish hamda uni bekor qilish talablaridan foydalaniladi.
Ma’muriy-huquqiy shartnomada shartnoma munosabatlari ishtirokchilarining biri tomonidan majburiyatlar bajarilmagan yoki yetarli darajada bajarilmaganida, ijro etuvchi hokimyat organi shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilishi va aybdor tomonga nisbatan mazkur sharnomada nazarda tutilgan iqtisodiy va boshqa sanksiyalarni qo’llash vakolatiga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |