Mavzu doirasida kurib chiqiladigan asosiy masalalar
9.1. Ma’muriy shartnoma tushunchasi, mazmuni va uning o’ziga xos hususiyatlari.
9.2. Ma’muriy-huquqiy shartnomalar turlari.
9.3. Ma’muriy-huquqiy shartnomalarining fuqarolik-huquqiy va boshqa shartnomalar bilan o’xshashligi va farqli jihatlari.
9.4. Ma’muriy-huquqiy shartnomalarni tuzish va ijro etishda fuqarolik qonunchiligi bilan o’rnatilgan shartnomalarning umumiy talablaridan foydalanish.
9.5. Ma’muriy-huquqiy shartnomalarni huquqiy tartibga solish.
9.6. Ma’muriy-huquqiy shartnomani o’zgartirish va bekor qilish tartibi.
9.7. Shartnoma shartlarini buzganlik uchun javobgarlik.
Ma’muriy-huquqiy shartnoma-bu ommaviy boshqaruv organining o’ziga berilgan qonuniy vakolatlari doirasida ularni samarali amalga oshirish,jamiyatning qonuniy huquq va manfaatlarini ro’yobga chiqarish maqsadida turli mulkchilik shakllaridagi yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuziladigan shartnomasi bo’lib ularga o’z funksiyalari va vakolatlariga oid ayrim boshqaruv bilan bog’liq bo’lgan ustunliklarni ta’minlanishi tushuniladi. Ma’muriy-huquqiy shartnomalar: birinchidan — ommaviy shartnomalaming bir turi bo'lib, o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi; ikkinchidan — ma’muriy-huquqiy shartnomada uning doimiy ishtirokchisi hisoblangan hamda hokimiyat vakolatiga ega bo'lgan davlat organlari va tartibga solish funksiyasiga ega bo'lmagan turli subyektlar (masalan, nodavlat korxona va tashkilotlar, fuqarolar) ishtirok etadi; uchinchidan — ma’muriy-huquqiy shartnomalami tuzishning tegishli talablari ko’rsatib qo’yilgan bo’ladi. Ma’muriy-huquqiy shartnomalarni tuzishning asosiy talablari sifatida quyidagilar nazarda tutiladi
jamiyat va davlat (ommaviy) manfaatlarini qondirish;
ma’lum bir boshqaruv vazifalari va funksiyalarni amalga oshirishning ma’muriy tartibini o'rnatish;
boshqaruv organlari tomonidan nazoratning amalga oshi rilishi;
majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan ikkinchi tomonning o'z majburiyatlarini bajarmagani yoki lozim darajada bajarmaganida, davlat organi (mansabdor shaxs)ning shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish imkoniyatiga ega bo'lishi;
vujudga kelgan nizolarni ma’muriy yurisdiksiya organlarida va sudda hal etish imkoniyatining o'matilishi va h.k.lar.