Irodaviy fazilatlarni shakllantirish
Iroda muammosiga bag‘ishlangan bundan oldingi sahifalarda ta‘kidlab o‘tilganidek,
shaxsning irodaviy harakatlari murakkab psixologik mazmun, mohiyat, ma‘no kasb etishi
bilan tavsiflanadi. Shuni ham eslash o‘rinliki, shaxsda motivlar kurashining paydo
bo‘lishi uchun unga mas’uliyat, javobgarlik hissining yuklatilishi, irodaviy harakatni
amalga oshirish zaruriyati tug‘ilishi, mazkur vaziyatda shubhalanish, ikkilanish
uyg‘onishi favqulodda unda irodaviy zo‘r berishlar vujudga kelishi lozim. Bu voqelikni
tushuntirish yoki izohlash uchun psixologik nuqtai nazardan iroda aktining tarkiblaridan
iborat ekanligini aniqlanish uchun uning unsurlari, bo‘linmalari, tuzilishi to‘g‘risida
mulohaza yuritish joiz.
Insonning miyasida tug‘iladigan maqsadga erishish tufayligina irodaviy harakat
amaliyotga tatbiq etiladi. Ushbu fikr boshqacharoq ifodalanganda, shaxs u yoki bu
harakat yordami bilan qo‘yilgan maqsadiga erishish yo‘llarini anglab etadi, ya‘ni harakat
bilan maqsad, o‘rtasidagi uyg‘unlik insonga tobora yaqqollashadi, anglashiniladi.
Holbuki shunday ekan, shaxs o‘zining ruhiy holatini o‘zgartirishga qaror qiladi,
qondirilishi lozim bo‘lgan ehtiyojlarini muayyan tartibga keltiradi, ularni birlamchi va
ikkilamchi darajalarga ajratishni lozim topadi. Xuddi shu yo‘sinda irodaviy harakatni
amalga oshirishning tarqoq va yig‘iq tarkiblari (unsurlari) maqsadga yo‘naltiriladi. Ushbu
jarayonga inson shaxsini undayotgan, ham anglanilgan, ham anglanilmagan ruhiy
tayyorgarlik motivdan iborat bo‘lib, maqsadga intilish va unga erishish majburiyatini
tushuntirishga xizmat qiladi.
Irodaviy aktning boshlanishi maqsadga erishish yo‘l-yo‘riqlari haqiqatdan ham aniq
istaklarning ushalishiga xizmat qilishi to‘g‘risida oqilona qarorga kelishda o‘z ifodasini
topadi. Insonda vujudga kelgan kuchli, shijoatli intilishlarni yo‘qolishiga harakat qilinadi.
Biroq qabul qilingan qaror (yoki qarorga kelish)ning axloq-odob prinsiplariga javob bera
olishini (mutanosibligini), ijtimoiy ahamiyat kasb etish imkoniyatini anglashning o‘zi
shaxs uchun murakkab ishni «o‘lik» nuqtasidan siljitishga, qo‘zg‘atishga etarli darajadagi
omil bo‘lib xizmat qila olmaydi.
Irodaning individual xususiyatlari va fenomenlari mavjud bo‘lib, inson faoliyatining
maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirishni ta‘minlaydi. Iroda shaxs faoliyatining
ichki qiyinchiliklarini engishga qaratilgan ongli tuzilmadan iborat bo‘lib, u o‘zini o‘zi
boshqarish sifatida dastavval o‘ziga, o‘z hissiyotiga va xatti-harakatlariga hukmronlik
qilishda aks etuvchi psixologik hodisadir. Irodaning kuchi yoki kuchsizligini aks
ettiruvchi holatlar uning individual xususiyatlarini namoyon qiladi. Ana shu atamalardan
kelib chiqqan holda irodasi kuchli va irodasi sust (kuchsiz) odamlar hamda ularning ijobiy
va salbiy fazilatlari, sifatlari, xislatlari, illatlari to‘g‘risida mulohaza yuritiladi.
Irodasi sustlikning patologiyasi mavjud bo‘lib, ular abuliya (yunoncha abulia-
qat’iyatsizlik degan ma‘noni anglatadi) va apraksiya (yunoncha apraxia-harakatsizlik
ma‘nosini bildiradi) atamalari bilan ifodalanadi. Abuliya- bu miya patologiyasi negizida
vujudga keladigan faoliyatga intilishning mavjud emasligi, harakat qilish, uni amalga
oshirish uchun qaror qabul qilish zarurligini anglagan tarzda shunday qila olmaslikdan
iborat inson ojizligidir. Masalan, shifokor ko‘rsatmalariga rioya qilish zarurligini to‘g‘ri
fahmlagan abuliya kasali bilan shikastlangan bemor biror narsani bajarishga o‘zini
mutlaqo yo‘llay olmaydi. Apraksiya-miya tuzilishining shikastlanishi tufayli yuzaga
keladigan harakatlar maqsadga muvofiqligining murakkab buzilishidan iborat
psixopatologik holatdir. Nerv to‘qimalarining buzilishi miyaning peshona qismlarida yuz
bersa, u holda xatti-harakatlarni erkin to‘g‘rilashda buzilish namoyon bo‘ladi, natijada
iroda akti bajarilishi qiyinlashadi. Abuliya va apraksiya-psixikasi og‘ir kasallangan
insonlarga xos, nisbatan noyob, fenomenal psixopatologik hodisalardir. Lekin pedagogik
faoliyatda uchraydigan irodaning sustligi miya patologiyasi bilan emas, balki noto‘g‘ri
tarbiya mahsuli bilan tavsiflanadi.
Iroda sustligining yaqqol (tipik) ko‘rinishlaridan biri-bu yalqovlik hisoblanib,
shaxsning qiyinchiliklarini engishdan bosh tortishga intilishi, irodaviy kuch-g‘ayrat
ko‘rsatishni qat’iy ravishda istamasligida o‘zini aks ettiruvchi illatdir. Yalqovlik-shaxs
ojizligi va irodaviy sustligining, uning hayotga layoqatsizligining, shaxsiy va ijtimoiy
faoliyatga (hamkorlikka) loqaydligining ifodasidir. Yalqovlik-shaxsning ruhiy qiyofasi
bo‘lib, uzluksiz tarbiyaviy ta‘sir va o‘zini o‘zi tarbiyalash orqali bartaraf etish imkoniyati
mavjud ruhiy nuqsondir.Shundan keyin u qayirilgan tumshuqlarini sindirguncha toshga
uradi.
Irodaning tadqiqoti uzoq tarixga ega bo‘lib, inson ongining mohiyatini kashf qilish
jarayonidan boshlab, muayyan bilimlar to‘planishi tufayli shaxsning irodasi tabiatini
tushunishga ilmiy yondashuv vujudga kelgan. XVII asrdayoq Gobbs va Spinozalar
ta‘kidlab o‘tganlaridek, faollik manbai bemahsul sohaning paydo bo‘lishi deb tushunish
mumkin emas, chunki uni shaxsiy kuch- quvvatini hissiy intilish bilan uzviylikda
qaramoqlik lozim. Spinozaning fikricha, iroda bilan aql aynan bir narsadir. Unga bunday
tasdiqiy munosabatning tug‘ilishi irodani ilmiy nuqtai nazardan tushunishni
shakllantirgan bo‘lsa, ikkinchi bir tomondan u mustaqil substansiya sifatida tan olindi
ham. V. Vundtning mulohazasicha, irodaning negizida appersepsiya aktining sub‘ekti
tomonidan ichki faollik uniki ekanligini his etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi
emotsional yoki affektiv nom bilan psixologiya faniga kirib keldi. U. Djemsning tan
olishicha, irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga qorishtirib bo‘lmaydigan
birlamchi xususiyatga egadirlar. Har qanday g‘oya dastlab dinamik tendensiyaga ega
bo‘lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami bilan bir g‘oyaning boshqasi
ustidan ustuvorligini ta‘minlashdan iboratdir.
V. K. Kalin irodaviy sifatlarni tasniflashga (klassifikatsiyalashga) qaror qiladi.
Uning nuqtai nazaricha, bazal irodaviy sifatlar irodaviy jarayonlar asosida vujudga keladi,
ammo bunda uning intellektual va ahloqiy jabhalari ishtirok etmaydi. U bazal sifatlarni
aniqlash uchun ongning quyidagicha namoyon bo‘lishini tanlaydi:
A) faollik darajasining ortishi;
B) zarur bo‘lgan faollik darajasini quvvatlash;
V) faollik darajasining pasayishi.
Ana shulardan kelib chiqqan holda tadqiqotchi quyidagi sifatlarni mulohaza uchun
tavsiya qiladi; g‘ayratlilik, chidamlilik, vazminlik. Agarda bu jarayonda intellektual negiz
ishtirok etmasa, shu narsani tushunib bo‘lmaydi, qaysi hal qiluvchi qurilma hisobiga
vaziyat baholanadi va harakatni kuchaytirish, quvvatlash, pasaytirish to‘g‘risidagi
komanda beriladi.
V. K. Kalin bazali tizimga kirmagan irodaviy sifatlarni ikkilamchi deb nomlaydi,
chunki ularda bilimlar, ko‘nikmalar, emotsiya va intellektning paydo bo‘lishi
mujassalashadi. Muallif qat’iyatlikni ikkilamchilar qatoriga kiritadi, vaholanki uning
fikricha, u o‘ziga mahliyo qiladigan his-tuyg‘ularni engishdan, shuningdek, rad etilgan
variantlardan, ishonchsizlikni to‘sishdan tashkil topadi. U tirishqoqlikni ham ikkilamchi
sifatlar tarkibiga kiritadi,
Xulosa
Psixologiyada ixtiyorsiz harakatlar anglanilgan yoki etarli darajada anglanmagan
istak, xohish, tilak, mayl, ustanovka va shu kabilarning ichki turtki ta‘sirida paydo
bo‘lishi natijasida ro‘yobga chiqariladi. Mazkur istak va uning boshqa shakllari impulsiv
(lotincha impulsus ixtiyorsiz qo‘zg‘olish ma‘nosini anglatadi) xususiyatiga ega bo‘lib,
inson tomonidan anglanilmaganligi uchun ma‘lum ob‘ektga qaratish yuzasidan
rejalashtirilmagan, hatto ko‘zda tutilmagan bo‘ladi. Insonning favquloddagi vaziyatda
yuzaga keladigan sarosimalik affekti, dahshat, hayajonlanish, ajablanish, shubhalanish va
shunga o‘xshash boshqa mohiyatli, har xil shakldagi xatti-harakatlari ixtiyorsiz
turkumdagilarga yorqin misoldir. Undagi atamalar ma‘nosi, aks etish imkoniyati bundan
oldingi hissiyot to‘g‘risidagi ma‘lumotlarda keng ko‘lamda bayon qilingan.
Boshqa kategoriyada taalluqli harakatlar ixtiyoriy harakatlar deb nomlanib, ular
maqsad ko‘zlash, maqsadni anglashni va uni amalga oshirishni ta‘minlovchi
operatsiyalar, usullar va vositalarni shaxs o‘z miyasida tasavvur qilishni, samaradorligini
taxminan baholashni taqozo etadi. O‘zining mohiyati bilan tafovutlanib turuvchi ixtiyoriy
harakatlarning alohida guruhini irodaviy harakatlar deb ataluvchi turkum tashkil qiladi.
Psixologik ma‘lumotlarga asoslangan holda ularga quyidagicha ta‘rif berish mumkin:
«Maqsadga erishish yo‘lida uchraydigan qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish jarayonida
zo‘r berish bilan uyg‘unlashgan, muayyan maqsadga yo‘naltirilgan ongli harakatlar
irodaviy harakatlar deyiladi».
Barkamol avlod shaxsining psixologik xususiyatlari markaziy rolining motivatsiya
doirasi bajaradi va u ehtiyojlar, qiziqishlar, e‘tiqodlar va ma‘naviy his-tuyg‘ularda o‘z
aksini topadi. Shaxslarning hayoti va faoliyatida, shuningdek, ijtimoiy tarbiyasiga asta-
sekin ustuvor va barqaror motivlar vujudga kela boshlaydi, ular inson ijtimoiy shartlangan
yo‘nalganligi va hayotiy pozitsiyasini qat’iy belgilash uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |