9-mavzu. Islom qimmatli qog’ozlar bozori


Ўзбекистонда ислом молияси асосидаги «сукук» қимматли қоғозларини жорий этиш режалаштирилмоқда



Download 0,49 Mb.
bet7/8
Sana01.06.2022
Hajmi0,49 Mb.
#626382
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-мавзу

Ўзбекистонда ислом молияси асосидаги «сукук» қимматли қоғозларини жорий этиш режалаштирилмоқда
Ўзбекистонда ислом молиялаштириш тамойиллари асосида «сукук» қимматли қоғозларини чиқариш, бенефициар мулк ҳуқуқини белгилаш ва сотиш соҳасида инглиз ҳуқуқи меъёрларини қўллаш режалаштирилмоқда.,
Ўзбекистонда ислом молиялаштириш тамойиллари асосида қимматли қоғозларни жорий этиш режалаштирилмоқда. Ўзбекистон президентининг бу ҳақдаги қарори лойиҳаси жамоатчилик муҳокамаси учун эълон қилинди.
Қарор лойиҳасида, Ўзбекистон ҳудудида ислом молиялаштириш тамойиллари асосида қимматли қоғозларни чиқариш, жойлаштириш ва муомалага чиқаришни тартибга солувчи давлат органи сифатида Капитал бозорини ривожлантириш агентлиги ваколатли деб белгиланиши таъкидланган.
Шунингдек, Ўзбекистонда ислом молиялаштириш тамойиллари асосида қимматли қоғозларни жорий этиш, сукук қимматли қоғозлари ҳисобига молиялаштириш ссуда фоизисиз амалга оширилиши кўзда тутилган.
Маълумот учун, сукук қимматли қоғозлари — ислом молиялаштириш тамойилларига асосан чиқарилган, мол-мулкка эгалик қилиш ҳуқуқи ва мулк ҳамда мулкий ҳуқуқдан фойдаланиш ва улардан фойдаланишдан олинадиган даромадлар, ушбу қимматли қоғозлар молиялаштирилиши мақсадида чиқарилган маълум лойиҳалар хизматлари ёки мол-мулкига бўлган бўлинмас ҳуқуқни тасдиқловчи эмиссиявий қимматли қоғозлар ҳисобланади.
Шу билан бир қаторда, ушбу турдаги қоғозларнинг чиқарилиши учун махсус молиявий компания ташкил этилади.
Қарор ижросини таъминлаш юзасидан,тегишли давлат органларига 2021 йилнинг 1 февралига қадар мамлакат ҳудудида сукук қимматли қоғозлари рисоласи, махсус молиявий компания фаолиятини ташкил этиш талаблари, сукук қимматли қоғозларини давлат рўйхатидан ўтказиш талабини кўзда тутадиган сукук қимматли қоғозларини чиқариш ва муомалага киритиш тартиби бўйича низомни ишлаб чиқиш ва тасдиқлаш юклатилди.

ISLOM MOLIYASI: MUHOKAMADA UNI O‘ZBEKISTONDA RIVOJLANTIRISH MASALASI


11 Sen. 2019 y. "TARAQQIYOT STRATEGIYASI" MARKAZI
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi tashabbusi bilan, 2017–2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida «O‘zbekiston Respublikasida Islom moliyasini rivojlantirish istiqbollari» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir BMT Taraqqiyot Dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Islom taraqqiyot banki va O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi hamkorligida tashkil qilindi.
Unda tegishli vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot markazlari, xalqaro moliya institutlari, O‘zbekistonning tijorat banklari, xalqaro ekspertlar va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, kirish qismida BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska va Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy vakili Xusan Xasanovlar ham so‘zga chiqdilar.
Bugungi kunga kelib, dunyo moliya bozorida Islomiy moliyalashtirish g‘oyatda dolzarb manbaga aylanib bormoqda. Buni islomiy moliyalash har yili 15-20% o‘sishga erishayotgani ham tasdiqlaydi. Islomiy banking jahon bo‘yicha 400 dan ortiq moliya institutlari tomonidan amaliyotda qo‘llanib kelinmoqda, uning yillik aylanmasi 800 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi.
Shu boisdan, Harakatlar strategiyasi asosida yirik islohotlarga yuz burgan mamlakatimiz milliy moliya sektorini rivojlantirishda islomiy moliyalashtirish muhim o‘rin tutadi. Xususan, O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini joriy etish, davlatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, bank mahsulotlari, islomiy qimmatli qog‘ozlar va h.k.lar kabi moliya bozorining muqobil vositalarini yaratishda islomiy moliyalashtirish muhim o‘rin tutadi.
Ammo uni tezlik bilan joriy qilish imkonsiz. Zero, shariat qonunlariga muvofiq amalga oshirilmagan milliy Qonunchilik va dunyoviy davlatning institutsional jihatdan rivojlangan mentaliteti kabi omillarni izchil o‘rganish zarur. Bu masalalar esa, tegishli bilim va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarni bir joyga jamlab, davlat uchun eng qulay va samarali yondashuvni shakllantirish orqali o‘z yechimini topishi mumkin. Shu bois, muhokama jarayonida mazkur masala yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Koronavirus pandemiyasining jahon iqtisodiyotiga ta’siriga qaramay, 2020-yilning yakunida sukuk qimmatli qog‘ozlarining joylashtirilishi 2019-yildagi hajmga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. 2020- yilning to‘qqiz oyida sukukning emissiyasi 130.5 mlrd AQSH dollarni tashkil etdi. Bu esa o‘z navbatida bu bozorga bo‘lgan talabni ko‘rsatadi. Kapitalga bo‘lgan ehtiyojni qoplashda sukuk islomiy instrumentlari ko‘pgina davlatlarda qiziqish uyg‘otmoqda va u keng yoyilmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekiston ham bu bozorga kirishga intilar ekan, Qozog‘iston ikkinchi sukuk emissiyasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Sukuk- real iqtisodiyotni moliyalashtirish manbai sifatida, iqtisodiyotimiz uchun innovatsion moliyaviy instrument hisoblanadi. Sukuk emissiyasi bir qator tayyorgarlik bosqichlarini talab qiladi. Shunday ekan, O‘zbekiston bu bozorga kirish uchun huquqiy asoslar ishlab chiqishi birinchi galdagi masalalardan biridir.
Sukuk- islomiy moliyaviy instrument bo‘lishiga qaramay, nafaqat islomiy mamlakatlarga balki dunyoning turli davlatlariga keng yoyilgan. O‘zbekiston sukuk emissiyasini amalga oshirish uchun kerakli infratuzilmani shakllantirishi zarur. Bu o‘z navbatida iqtisodiyotga yana bir imkoniyat eshigini oshadi. Albatta, moliyaviy instrumentlarning xilma-xilligi bozor raqobatbardoshligi va investorlar uchun tanlovning kengayishiga xizmat qiladi.



Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish