1.Islom moliyasi mohiyati.
“Islom moliyasi” va “Islom iqtisodiyoti” tushunchalari o‘tgan asrning
50-yillarida muomilaga kirib kela boshladi. Birinchi marta bu atama hind iqtisodchisi Abul A'lo Mavdudiy tomonidan foydalanildi. Bu borada dastlabki ilmiy ishlar, ilmiy izlanishlar Hindiston, Pokiston va Misrda olib borildi. 1975 -yilda “Islom taraqqiyot banki” va “Dubay islom banki” birinchi islom banklari sifatida tashkil etildi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda islom moliyasi bo‘yicha bir qator adabiyotlar o‘zbek tiliga tarjima qilindi va chop etildi. “Islomiy moliya asoslari” va “Islomiy moliyalar va bank tizimi” adabiyotlari shu jumladan. “Islomiy moliya asoslari” kitobining muallifi E.Baydaulet bo‘lib, kitob tarjimasi Botirxo‘ja Jo‘rayevga tegishlidir. Kitobda islomiy moliyalashtirish asoslari, islom moliyaviy vositalar va mexanizmi haqida ma’lumotlar berilgan bo‘lib, kitobning beshinchi bobida “Islom taraqqiyot banki”ning O‘zbekistondagi vakili Husan Hasanov muallifligida O‘zbekiston Respublikasida islomiy moliyalashtirishning dastlabki va joriy holatlari yoritib o‘tilgan.
O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirishga asosan loyihalarni amalga oshirish 2004-yildan boshlangan va bu O‘zbekistonning 2003-yil sentyabrda Islom taraqqiyot bankining a’zoligiga qo’shilishi bilan bog’liq. 2004 -yilda Islom taraqqiyot banki tomonidan energetika va sog’liqni saqlash sohasida loyihalarni moliyalashtirish uchun “ijara” va “murobaha” shartnomalaridan foydalanilgan .
“Islomiy moliyalar va bank tizimi” kitobida islo miy iqtisodiy tizimning asosiy tartiblari, islomiy bank tizimining rivojlanishi, vazifalari va tamoyillari, islomiy moliya bozorlari hamda islomiy sug‘urtalash tizimi haqidagi ma’lumotlar berilgan. Professor Ibrohim Vardning “ Jahon iqtisodiyotida islomiy moliya” kitobida islomiy moliyalashtirishning nazariya va amaliyoti, zamonaviy islom moliya evolyutsiyasi, islomiy moliya va taraqqiyot, islom moliyaviy instrumentlar va ularning turlari tushunchalari yoritilgan bo’lib, bir qancha davlatlar kesimida islomiy moliyalashtirishning afzallik va muammoli tomonlari tahlil qilingan .