1-rasm. 2015-2019 yillar davomida dunyo miqyosida sukuklarning chiqarilishi, mlrd AQSH dollarida 3
Yuqoridagi rasm ma’lumotlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, so‘nggi besh yil ichida sukuklar bozori o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib, 2019-yil eng yuqori darajani ko‘rsatdi. 2017-yil xalqaro sukuklarning emissiyasi 37.648 mlrd AQSH dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilda bir oz pasayganligini ko‘rishimiz mumkin. 2019-yil xalqaro sukuklar joylashtirilishi 38.476 mlrd AQSH dollardan iborat bo‘ldi. Bu esa 2018-yilga nisbatan 5.49 mlrd AQSH dollarga ya’ni 16.63 foizga o‘sgan. Mahalliy sukuklarning emissiyasi 2018-yilda 90.162 mlrd AQSH dollar, 2019-yilda esa 107.226 mlrd AQSH dollarni tashkil etgan bo‘lib, keskin o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin.
1-jadval 2015-2019 yillar davomida dunyo miqyosida umumiy sukuklarning chiqarilishi, mlrd AQSH dollarida
Quyidagi jadvalda sukuklarning o‘sish dinamikasi foizlarda aks ettirilgan. Jadval ma’lumotlariga k‘ora, 2015-yil oldingi yilga nisbatan 36.8 % keskin kamayish ko‘rsatkichiga ega bo‘lganligiga qaramay, 2016-yil sukuk moliyaviy instrumentining umumiy qiymati 29.4% ga ya’ni 19.9 mlrd AQSH dollarga oshgan. 2019-yil 145.702 mlrd AQSH dollarlik umumiy sukuklar joylashtirildi va bu 2001-yildan beri eng yuqori qiymatga ega bo‘ldi. 2001-2019 yillar davomida umumiy sukuklarning jami qiymati 1.247 trln AQSH dollarga teng bo‘ldi. (1-jadval) 2019-yili emissiya qilingan mahalliy sukuklarni 54.00 mlrd AQSH dollari Malayziya ulushiga to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rinda Saudiya Arabistoni 18.90 mlrd AQSH dollari, Indoneziya 17.30 mlrd AQSH dollar, Turkiya 8.80 mlrd AQSH dollarlik mahalliy sukuklarni joylashtirdi.
2-rasm. Sukuklarni jami emissiyasining hududlar bo‘yicha taqsimlanishi, million AQSH dollarida (2019-yil)
Yuqoridagi rasmni tahlil qiladigan bo‘lsak, 2019-yil davomida jami joylashtirilgan sukuk instrumentining 63.627 mlrd AQSH dollari ya’ni 43.67 foizi Malayziyaga, 28.475 mlrd AQSH dollari ya’ni 19.5 foizi Saudiya Arabistoniga, Indoneziyaga esa 13.3 foizi, Turkiyaga 9 foizi, BAAga 6.4 foizi, Qatarga 3.4 foizi, Bayrainga 1.9 foizi, Pokistonga 0.7 foizi to‘g‘ri keladi. Birlashgan Arab Amirliklari sukuk bozorida xalqaro sukuk emissiyasi bilan qatnashgan bo‘lsa, Pokiston faqatgina mahalliy sukuklarni joylashtirganligini ko‘rishimiz mumkin.
2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, sukuk qimatli qog’ozlari emissiyasi va joylashtirilishi bo‘yicha yetakchilikni Malayziya davlati egallaydi. 2004-yilda Germaniya sukuk islom instrumentini emissiya qildi va bu musulmon bo‘lmagan mamlakatda chiqarilgan birinchi suveren sukuk bo‘ldi [10]. Bugungi kunda Afrika kabi mintaqalar ham o‘zlarining bozor ulushini bosqichma-bosqich oshirib bormoqda.
MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib, Qozog‘iston islom moliyaviy instrumentlariga qiziqish bildirdi va 2012-yilda qiymati 77 million AQSH dollar bo‘lgan sukuk-“murabaha” instrumentini emissiya qildi va muvaffaqiyotli joylashtirdi
Bugungi kunda O‘zbekiston ham sukuklar bozoriga kirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mamlakatimiz asosan sukuk qimmatli qog‘ozining “yashil” obligatsiyalar deb nomlangan turiga qiziqish bildirmoqda. Yashil obligatsiyalar bozori 2007-yilda paydo bo‘lganidan beri, butun dunyoda tez sur’atlarda o‘sib bormoqda. “Yashil” obligatsiyalar-ekologik barqaror loyihalarni, energiya va resusrlarni tejashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |