Prosodik xarakteristikalarning shakllanishi [11-15, 66]. Prosodik xaraktiristikalarga talaffuz qilishning tonli, aksentli va ritmikli xaraktiristikalari kiradi. Ularning fizik analoglari: asosiy tonning chastotasi, energiyasi va davomiyligi hisoblanadi. Nutqda talaffuz qilishning prosodik haraktiristikalari nafaqat uni tashkil etuvchi soʻzlari bilan, balki u qanday ma’noni anglatadi va qaysi turdagi eshituvchilar uchun moʻljallanganligini, gapiruvchining emosional va fizik holati hamda boshqa koʻpgina faktlari bilan aniqlanadi. Bu faktlarning koʻpchiligi ovoz chiqarib oʻqish davomida ham oʻzining qiymatini saqlab turadi, negaki inson odatda oʻqish jarayonida matnni interpretasiyalaydi va qabul qiladi.
Matnga ovoz berish uchun kerak boʻlgan prosodik xarakteristikalarning shakllanishi uchta asosiy bloklar bilan amalga oshiriladi:
- sintegmatik chegaralarni(toʻxtashlarni) joylashtirish bloki;
- ritmik va aksent xarakteristikalarni yozish bloki (davomiyligi va energiya);
- tonli xarakteristikalarni yigʻish bloki (asosiy ton chastotasi).
Sintagmatik chegaralarni qoʻyishda talaffuz qilishning boʻlimlari (sintagmalar) aniqlanadi, uning tarkibidagi energetik va tonli xarakteristikalar oʻzini bir turda koʻrsatadi va ularni inson bir nafas olgancha talaffuz qilinishi mumkin. Bundan tashqari, matnni fonemli transkripsiyasida ham sintagmatik chegaralarni qoʻyish mavjud. Bunda eng oson yechim punktuasiyali diktovka qilganda chegaralarni qoʻyishdan iboratdir. Yanada oddiyroq holatlar uchun, agar punktuasiya belgilari mavjud boʻlmasa, u holda xizmatchi soʻzlarni qoʻllashga asoslangan usulni qoʻllash mumkin. Aynan bu usullar Pro-Se-2000, Infovox–5A–101 va DECTalk sintez qilish tizimlarida qoʻllaniladi, yana oxirgi prosodik moʻljallangan lugʻat xizmatchi soʻzlardan tashqari, fe’l shakllarini oʻzida mujassamlashtirgan.
Tonli xarakteristikalarni yozish masalasi odatda yetarlicha qisqa qilib qoʻyiladi. Nutqni sintez qilish tizimlarida qoidadagidek gapga oʻrtacha talaffuz yoziladi. Yanada balandroq darajadagi talaffuzlarni modellashtirishga urinishlar qilinmagan, ya’ni nutqni emotsional bezash, negaki bu ma’lumotlarni matndan ajratib olish qiyin, ayrim hollarda esa umuman mumkin emas.
Misol tariqasida, Moskva Davlat Universitetida yaratilgan “Gapiradigan sichqoncha” ovozli qurilmasini koʻrib chiqamiz. Nutqiy sintez asosida qoida boʻyicha konkatenasiya va sintez usullarini moslashtirish gʻoyasi yotadi. Konkatenasiya usuli kompilyasiyani bazali elementlarining adekvatli naborida nutqiy signalning sifatli spektral xarakteristikalarining talaffuzini ta’minlaydi. Sintezning boshqa usullari ham mavjud, ular yanada egiluvchan, lekin hozircha matnga tabiiy ovoz berishmoqda. Bu avvalo qoidalar boʻyicha nutqning parametrik (formantli) sintezi yoki chet el mutaxassislariga qator rivojlanayotgan tillar kompilyasiyasi asosidagi usullar kiradi. Lekin bu usullarni amalga oshirish uchun statistik koʻrsatmali akustik – fonetik ma’lumotlar bazasi va unga mos kompyuter texnologiyasi (hozirda hammaning bunga erishish imkoniyati mavjud emas) zarur [11-15, 66].
Do'stlaringiz bilan baham: |