9-amaliy. Joy va vaqtni bilish



Download 33,5 Kb.
Sana25.02.2022
Hajmi33,5 Kb.
#464942

9-amaliy. Joy va vaqtni bilish
Kichik guruh dasturining shartlaridan biri bolalami o‘zidan oldinda (oldinga) —orqada (orqaga), chapda (chapga) — o‘ngda (o‘ngga) kabi fazoviy yo‘nalishlarni ajrata olishga o‘rgatishdir.
Fazoviy yo‘nalishlarni farq qilishda bolalarning o‘z gavda qismlarini aniq farq qilishi va o‘ziga nisbatan tomonlami aniqlashga asos boiib xizmat qiladi. Masalan: «Oldinda» deganda bola o‘zining yuzi tomonni, «orqada» (orqadan) deganda esa gavdasining orqa tomonini tushunadi.
Bolalarning yuvinishi va kiyinishi vaqtida tarbiyachi ular bilan erkin suhbatlashib, gavda va yuz qismlari nomini aytadi: «Bumingni, qulog‘ingni, engagingni yuv, peshonangni art», «Boshingga ro‘mol o‘ra», «Bo‘yningga sharf bogia». Kichkintoylami o‘zining gavda va yuz qismlarining nomini aytishga undash muhim ahamiyatga ega.
Kichkintoylar yuz va gavda qismlari qayerdaligini bilib olganlaridan so‘ng, ularga o‘zlarining turli tomonlarini aniqlash o‘rgatiladi. Tarbiyachi kichkintoydan so‘raydi: «Sening orqangda nima bor?», «Oldingdachi?» (ko‘krak, qorin, yuz) yoki «Sening o‘ming qayerda?», «Ko‘kragingchi?» «0‘ng qo‘ling qani?», «Chap qo‘ling qayerda?»
Bolalarga ayni bir vaqtda o‘zaro qarama-qarshi juft yo‘nalishlami, ya’ni yuqorida — pastda, oldinda — orqada, chapda — o‘ngda (chap-o‘ng) degan tushunchalami farq qilish mashq qildiriladi, chunki bolada ulaming biri haqida tasavvur hosil qilish ikkinchisi haqidagi tasavvurning shakllantirilishiga tayanadi.
Tarbiyachi nonushta yoki tushki ovqat vaqtida, mashg‘ulotlar va boshqa paytlarda bolalar diqqatini nima qilayotganliklari va qaysi qo‘llari bilan qilayotganliklariga bir necha daqiqa jalb etadi. Kichkintoylar qaysi qo‘llarida qoshiqni, qaysi qo‘llarida nonni, qaysinisida qalamni, mo‘yqalamni, qaysinisida esa qog‘ozni ushlab turganliklarini aytib berishlari kerak.
0‘ng va chap qo‘lni bir-biridan farq qilish va nomini aytish mashqi boshqa harakatlami bajarishda ham o‘tkaziladi. Masalan, tarbiyachi musiqa va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida bolalarga o‘ng qo‘llariga havo rang bayroqchani, chap qo‘llariga esa yashilini yoki o‘ng qo‘llariga uzun tasmani, chap qo‘lga esa kaltasini olishni taklif qiladi, kichkintoylardan qaysi qo‘llarida qanday narsa borligini so‘raydi.
0‘ng va chap qo‘lni farqlashga va nomini aytishga o‘rgatish jarayonida o‘zidagi turli tomonlami: bosh yuqorida, oyoqlar pastda ekanligini, o‘ng oyoq, chap oyoq; o‘ng quloq, chap quloq va hokazolami bilish ko‘nikmasini o‘stirishga katta ahamiyat beriladi.
Pedagog (tarbiyachi)ning ko‘rsatmasiga binoan bolalar yo‘nalish ko‘rsatkichlari bilan pastni, yuqorini, chapni, o‘ngni ko‘rsatadilar. Ular aytilishi bilan oldinga engashishni, qo‘llarini yuqoriga ko‘ta- rishni, pastga tushirishni va shu kabilami o‘rganadilar. «Bekin- machoq», «Koptokni qayerga tashladingiz» o‘yinlaridan foyda- laniladi. Bunday o‘yin mashqlarini 6—8 marta takrorlash lozim, ular uchun taxminan 4—5 minut vaqt ajratiladi.
Kichik guruhda bolalar qog‘oz betidagi har xil joyni bilish yuzasidan dastlabki ko‘nikmalarni hosil qiladilar. Mashg‘ulotlarda ularga narsalami qog‘oz betining yuqorisiga va pastiga, yuqorigi va pastki doskaga, chapga va o‘ngga joylashtirish, narsalarni chapdan o‘ngga qarab tartib bilan qator qilib qo‘yib chiqish o‘rgatiladi.
Vaqtni bilish
Kichik guruhda bolalaming ertalab, kunduzi, kechqurun va kechasi kabi vaqt oraliqlari haqidagi tasavvuri aniqlanadi. Bir kunni kichkintoylar o‘z faoliyatlari mazmunining o‘zgarishiga hamda shu vaqt oralig‘ida o‘z atroflarida bo‘lgan katta yoshli kishilar faoliyatiga qarab farq qiladilar.
Aniq kundalik tartib, bolalarning uyqudan turish, ertalabki gimnastika, nonushta, mashg‘ulot vaqtlari qat’iy belgilab qo‘yilgan- ligi va hokazolar kunning bo‘laklari haqida tasawur hosil qilish uchun sharoitlar yaratadi.
Pedagog (tarbiyachi) vaqt bo‘lagining nomini aytadi va bolalar­ning shu vaqtga mos bo‘lgan faohyat turlarini sanab chiqadi. «Hozir ertalab. Biz gimnastika qildik, yuvindik, endi esa nonushta qilamiz». Yoki: «Biz allaqachon nonushta qilib bo‘ldik, shug‘ullanib ham bo‘ldik, hozir kunduzi. Tez orada tushki ovqatni yeymiz».
Masalan, boladan quyidagilar so‘raladi: «Hozir ertalab. Sen erta bilan nima qilasan? Sen o‘mingdan qachon turasan?» va shu kabilar.
Rasmlar shunday bo‘lishi kerakki, ularda vaqt uchun xarakterli bo‘lgan belgilar aniq ko‘rinib tursin. U bolalarga savollar beradi: «Sen erta bilan nima qilding? Kunduzichi?». Yoki: «Sen qachon o‘ynaysan? Qay vaqtda sayr qilasan? Sen qachon uxlaysan?» Keyin bolalar, masalan, erta bilan, kunduzi yoki kechqurun kattalar yoki bolalar nima qilayotganliklari tasvirlangan rasmni tanlab oladilar. Bolalar asta-sekin erta bilan, kunduzi, kechqurun, kechasi so'zlarining aniq mazmunini tushunib oladilar, ularda vaqt haqida tushuncha va tasawur hosil qilinadi. Bolalar o‘z nutqlarida ulardan foydalana boshlaydilar
Download 33,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish