Sarson giz-gizlagan olam bu. Ochilgan bahrimi o‘rmonlar, To‘kkan ko‘z yoshimi ummonlar? Ko‘ksida gar o‘tli vulqonlar, Bosh-puti muzlagan olam bu.
“Odam bo‘laman” she’ri – Kezaman ko‘p joylarni Moy tomchigan kiyimda. Ba’zan kitob titkilab, Dam olaman uyimda, Men shofyor bo‘laman, dada. – Mayli… – Tag‘in o‘ylab ko‘raman, Hammasi ham yaxshi ish. Faqat yalqov bo‘lmayman, Men... odam bo‘laman, dada. – Balli, azamat!
“Avtoqishloq” (Fantastik she’r)
Avtoqishloq quribdi Og‘aynimiz Temirjon. Mo‘jizaki, Bundayni – Ko‘rmagandim hech qachon. Qishloqchaga kiriboq Bo‘lib qoldim juda lol. Qaysar avtobolani Koyir edi avtochol: Hammasin – Aytay avtodadangga. Qachon aql kiradi Qavoq avtokallangga?
Hozirgi adabiyotimizning atoqli vakillaridan biri Anvar Obidjon sheʼrlarida poetik goʻzallik degan mavzuda qisqacha soʻz yuritishdan avval, men badiiy adabiyotning uch yoʻnalishi: poeziya, nasr va dramaturgiyada barakali ijod qilayotgan, salmoqli asarlar yaratayotgan sanʼatkorning muvaffaqiyatlari sababi nimada degan savolni qoʻyib, gapni bu sir asosan uning tarjimai holida ekanligiga alohida toʻxtalib oʻtmoqchiman.
Shu kungi adabiyotimiz va umuman XX asrdagi adabiyotimizni ham qoʻshib qaraganda, tarjimai hol nuqtai nazaridan nihoyatda boy, rang-barang va, hatto, maʼlum maʼnoda mashaqqatli yoʻlni bosib oʻtgan Anvar Obidjon darajasidagi ijodkorni topish qiyin, nazarimda. Eʼtibor bering: oʻn besh yoshlar atrofida koʻchma kinochiga shogirdlik; koʻp oʻtmay, tirikchilik sabab, maktabdagi oʻqishni kunduzgi boʻlimdan kechki boʻlimga oʻtkazish; soʻng paxta tayyorlash zavodida traktorchilik, qazilma boylik konida burgʻilovchilik qilish; qishloq kutubxonasida ishlash (eʼtibor bering: shoir asta-sekin hayoti va taqdirini belgilaydigan dunyoni topib kelyapti); moliya texnikumidagi tahsil; harbiy xizmat; qaytgach, jamoa xoʻjaligida tabelchilik; klub mudiri; tuman gazetasida muxbirlik; soʻng Toshkentdagi Yogʻ-moy kombinatida bogʻbonlik (shunday ish joyi topilganiga ham shukur deydi shoir); universitetning sirtqi boʻlimida talabalik; radiodagi xizmat; nashriyotlar va teleradioda muharrirlik va, nihoyat, poytaxtdagi nashriyotlardan biriga rahbarlik.
Men nima uchun bularni sanab oʻtyapman? Shuning uchunki, nazarimda, mana shunday xilma-xillikka boy, oʻziga xos zahmatli yoʻllarsiz hozirgi adabiyotimizning sevimli va zabardast vakili asarlaridagi muvaffaqiyatlarning yuzaga chiqishi qiyin boʻlar edi. Har bir bosqich, har bir nuqta Anvar Obidjon ijodiga tarovatli, hayobaxsh nur ato etdi.
Adib oʻzining “Ona Yer”, “Masxaraboz bola”, “Juda qiziq voqea” kabi kitoblaridagi sheʼr va dostonlari; “Olovjon va uning doʻstlari”; “Oltin yurakli Avtobola” toʻplamidagi hikoya va qissalari; “Bezgakshamol”, “Akang qaragʻay Gulmat”, “Yerliklar”, “Oltiariq hangomalari”, “Kezargon Boychechak” nomli kitoblaridagi oʻtkir yumor va hajvlari; yosh tomoshabinlar uchun yozilgan “Qoʻngʻiroqli yolgʻonchi”, “Pahlavonning oʻgʻirlanishi”, “Meshpolvon” kabi dramatik asarlari bilan bugungi oʻzbek adabiyotini boyitdi, xususan, bolalar adabiyotini yangi bosqichga koʻtardi.
Anvar Obidjonning bundan oʻttiz yil oldin nashr etilgan “Juda qiziq voqea” nomli salmoqli kitobi nainki kichik yoshdagi sheʼrxonlar, balki umuman adabiyotimiz ixlosmandlari va mutaxassislari ichida katta shov-shuvga sabab boʻlgani yodimda. Ushbu toʻplamni kitob doʻkonlaridan izlab, surishtirib yurganlariga guvohman. Soʻng shoir yana oʻnlab yangi, bir-biridan goʻzal kitoblar yaratdi va ular hech shubhasiz, oʻzbek bolalar adabiyotida yangi sahifalar ochdi. Oʻzbek sheʼriyatida meva-chevalarga bagʻishlangan sheʼrlar oz emas. Lekin Anvar Obidjonning “Uzum”iga oʻxshagan namunalar faqat oʻzbek bolalar sheʼriyatidan tashqari umuman keng miqyosdagi bolalar adabiyotini bezay oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |