9-mavzu: Oʻzbek xonliklarning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi. Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakati. Jadidchilik.
Asosiy tushuncha va iboralar: avtarkiya; bosib olish; mustamlakachilik; mustamlaka; metropoliya; protektorat; jadidchilik; temiryoʻl tizimi; telegraf; telefon; konka.
9.1. Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyoni bosib olish uchun istilochilik harakatlarining boshlanishi Rossiya Imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olish harakatlari XVIII asr boshlaridan boshlanadi. Dastlabki harakatlar Pyotr I zamonida, 1714-1717-yillarida boshlangan edi. Shu maqsadda 1714-yili Preobrajinskiy polkining poruchigi knyaz Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida yuborilgan ekspeditsiya Kaspiy dengizining sharqiy qirg‘oqlarini o‘rganib, Krasnovodsk qo‘ltig‘ida istehkom qurishi, Xiva xonligiga yetib borib xonni rus fuqaroligiga o‘tishga undashi, undan Buxoroga o‘tib Amirni ham Rossiya panohiga o‘tishga ko‘ndirishi kerak edi. Amalda ekspeditsiya Krasnovodsk qo itig ‘ida 3 ta istehkom qurdi. Rus askarlarining ko‘pchiligini bezgak kasalligi bilan qirilib ketishi natijasida ekspeditsiya 1716-yili Astraxanga qaytib ketishga majbur bo‘ldi.
1717-yilda Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida yangi tuzilgan ekspeditsiya Orol dengizining G‘arbiy sohili bo‘ylab Amudaryo orqali Xivaga yetib, Sherg‘ozixon bilan muzokaralar olib boradi. Sherg‘ozixon hiyla ishlatib ekspeditsiya a’zolarini qirib tashlaydi. Shunday qilib, Pyotr I ning O‘rta Osiyoni bosib olishdagi maqsadlari uning umri davrida amalga oshirilmaydi. Shu davrdan boshlab O‘rta Osiyoga boradigan asosiy yo‘llar bo‘ylab harbiy qal’alar qurila boshlanib, Rossiya Imperiyasi chegarasi xonliklarga yaqinlashib bordi. 1718-yilda Irtish daryosi bo‘yida bunday istehqomlardan yettitasi qurib qurildi.
Rossiya Imperiyasining keyingi hukmdorlari to XIX asming ikkinchi yarmigacha asosan o‘zining elchilarini, josus-sayohatchilarini yuborish orqali O‘rta Osiyoning tabiatini, boyliklarini, harbiy va iqtisodiy imkoniyatlarini o‘rganishga kirishadi. Birgina Nikolay I (1825-1855) va Aleksandr II podsholigi (1855-1881) davrida Qozog‘iston hududlarida 103 ga yaqin harbiy qal’alar, tayanch punktlari qurildi.
1840-yilning noyabrida Orenburg gubematori general mayor V. A.Perovskiy 2 ta zambarak, 40 ta arava, besh ming tuyadan iborat harbiy qism bilan Xivaga qarshi yurish boshlaydi. Biroq, cho‘ldagi qattiq sovuqlar, kiyim-kechak, suv yetishmasligi natijasida kasallik ko‘payadi va bu yurish ham natijasiz tugaydi. Bundan buyon Rossiya xonliklar bilan josuslik yo‘lida diplomatik va savdo aloqalarini kuchaytirishga harakat qila boshlaydi.
Bu davrda yirik mustamlakachi davlat hisoblangan Angliya ham O‘rta Osiyo hududiga qiziqish bildira boshlaydi. Angliya hukumati Buxoro, Xiva va Qo'qon xonliklarini Rossiyaga qarshi ittifoqqa uyushtirishga harakat qildi. Shu maqsadda 1825-1845- yillarda Angliya hukumati tomonidan Hindistondagi Ost-Indiya kompaniyasi orqali bir necha missiyalar yuborildi. Ular Xiva xoni va Buxoro amiri huzurida bo'lib, Rossiya tajovuzidan saqlanish uchun uchala xonlik bir-birlariga yordamlashishini, kuchlarni birlashtirishni, ittifoq tuzishni taklif qilib, rus qo'shinlariga qarshi kurashish uchun qo'shin bilan yordam berishga va’da qiladilar.
Inglizlaming O'rta Osiyoda jiddiyroq siyosat yuritishiga Afg'oniston xalaqit berardi. Buyuk Britaniyaning O'rta Osiyoga kirish va uni egallashga intilishi Rossiyani tashvishga soldi. U xonliklarga bevosita chegaradosh bo'lganidan foydalanib, harbiy harakatlarni boshlab yubordi. Rossiya Imperiyasining O‘rta Osiyoni tezroq egallashdan asosiy maqsadlari quyidagilar edi:
1. Bu davrda Rossiya G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va AQSh dan iqtisodiy jihatdan orqada qolayotgan edi: 1860-yili Rossiya Fransiyadan 7,2 barobar, Germaniyadan 9 barobar, Angliyadan 18 barobar kam sanoat mahsuloti ishlab chiqarardi. Shu sababli rus tovarlari Yevropa bozorida raqobatga bardosh bera olmas edi.
2. 1853-1856-yillardagi Qrim urushida Rossiyaning mag‘lubiyatga uchrashi natijasida Bolqon va Kichik Osiyo yo‘nalishida mustamlakachilik siyosatini vaqtinchalik to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Bu esa mustamlaka ob’ekti sifatida O‘rta Osiyoning ahamiyatini yanada oshirdi. Ikkinchi tomondan, urushda Angliyaning Turkiya tomonidan turib Rossiyaga qarshi urushganligi uchun O‘rta Osiyoni bosib olish orqali Hindiston chegaralariga yaqinlashish hamda Angliyaga siyosiy ta’sir etish.
3. 1861-1865-yillardagi fuqarolar urushi natijasida Amerika paxtasining Yevropa va Rossiyaga kelmay qolishi Rossiya yengil to‘qimachilik sanoatini qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Natijada Rossiyaning tajovuzkorlik harakati tezlashdi.