9- mavzu: Oʻzbek xonliklarning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi. Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakati. Jadidchilik


 Turkiston xalqlarining Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatiga qarshi milliy-ozodlik harakati



Download 39,3 Kb.
bet5/7
Sana09.07.2022
Hajmi39,3 Kb.
#761594
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sIZgDFqQZfXrVq4us7gRNe113UeELZWI0M7B9nlf

9.5. Turkiston xalqlarining Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosatiga qarshi milliy-ozodlik harakati
Turkistonni Rossiya Imperiyasi tomonidan bosib olingach, uning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy hayotida ma’lum o`zgarishlar amalga oshirildi. Rossiya Imperiyasining mustamlakachilik siyosati unga qarshi xalqning noroziligi oshib borishiga, isyon va qozgʻolonlar koʻtarilishiga sabab boʻldi. 1880-1883- yillarda Xoʻjand, Oʻratepa, Namangan, Oʻsh va Chustda koʻtarilgan qozgʻolonlar bunga misol bola oladi. Manbalarda 1885-1892- yillarda Fargʻona viloyatida mahalliy xalqning 205 marta norozilik chiqishlari qayd etilgan. Qozgʻolonlarning harakatlantiruvchi ijtimoiy asosini dehqonlar, shahar hunarmand-kosiblari, kambagʻallar tashkil etdi. Bu harakatlarda mahalliy ruhoniylar, ziyolilar va ba’zi boy zamindorlar ham ishtirok etdilar.
1892- yilning yozida Turkiston markazi Toshkentda tarixga “Vabo isyoni” yoki “Toshotar voqeasi” sifatida kirgan qozgʻolon boʻldi. 1892- yilning iyun oyida Toshkentda vabo tarqaldi. Shahar ma’muriyati shoshilinch choralar koʻrdi. Mustamlaka ma’muriyati tibbiyot nuqtai nazaridan togʻri boʻlgan tadbirlar haqida aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib bormadi, musulmonchilik odatlari, marosim, qonun-qoidalarini hisobga olmadi. Va’da qilingan 4 ta yangi qabriston oʻrniga faqat bittasi ochildi. Shaharning taniqli kishilaridan hisoblanmish Aziziyor Eshon, Abdulqosim xoʻja, bozor oqsoqoli Ziyomuhammad boshchiligidagi mingga yaqin kishi shahar boshligʻi polkovnik S.R. Putinsev va eski shahar oqsoqoli Muhammad Yoqub oldiga adolat talab qilib bordilar. Ammo ushbu amaldorlarning xalq talablarini mensimasligi, keskin norozilikka sabab boʻldi.
Mashhur “Toshotar” voqeasi boshlanib ketdi. Oqsoqol otdan tushib hokimning idorasiga qochib yashirindi. Polkovnik Putinsev esa oʻzining xalqni tinchitishga urindi. Xalq undan oqsoqolni berishni talab qildi. Putinsev ham muzokara oʻrniga kuch ishlatishni afzal koʻrib, toʻpponchasini gʻilofdan chiqarib dagʻdagʻaga oʻtdi. Sabr kosasi toʻlgan olomon, uzoq oylab oʻtirmay, hokimga hujum boshladi. Qurollangan soldatlar etib kelgach, isyonni bostirdilar. Natijada koʻp kishilar halok boʻldi yoki yaralandilar. Qoʻlga olingan 60 kishi turli muddatlarga qamoq jazosi va surgunga hukm qilindi.
Turkistonda koʻtarilgan ozodlik harakatining yana biri 1898- yilgi Andijon qozgʻolonidir. Qozgʻolonga Andijon yaqinidagi Mingtepa qishlogʻida yashovchi Muhammad Ali Eshon boshchilik qildi. Qozgʻolonchilar Andijondagi mustamlakachilarning harbiy gornizoniga bostirib kiradi va bu yerdagi qurol-yarogʻlarni egallashadi. Yordamga yetib kelgan qoʻshinlar shaharni oʻrab olib, qoʻzgʻolonni harbiy kuch bilan shafqatsizlarcha bostiradi.
Jazo qoʻshinlari Muhammad Ali Eshonni tutish uchun Mingtepaga bostirib kirdilar, uch soatcha otishma va tintuv oʻtkazdilar. Nihoyat, Eshon Arslonbob yaqinidagi Toshkoʻprikda qoʻlga tushirildi. Eshon va uning muridlari, tanish-bilishlari, maslakdoshlariga nisbatan dahshatli qatagʻon uyushtirildi. Dukchi Eshon osib oʻldirildi, uning 45 nafar yordamchilari qatl etildi, 208 kishi Sibirga surgun qilindi. Dukchi Eshon qozgʻoloni izsiz ketmadi. Butun Fargʻona vodiysida mustamlakachilarga qarshi harakat davom etdi. Yakkatut, Namangan, Beshariq, Margʻilon va boshqa tuman, qishloqlarda mustamlakachilarga qarshi harakatlar boʻldi.
Rossiya imperatori Nikolay II 1916- yil 25- iyunda Turkiston, Sibir va Kavkazdagi 19 yoshdan 43 yoshgacha boʻlgan erkaklarni front orqasidagi xizmatlar uchun safarbar qilish togʻrisida farmon chiqardi. Turkiston general-gubernatoriga zudlik bilan farmonni amalga oshirish buyurilib, Sirdaryo viloyati zimmasiga 87 ming, Samarqandga 38 ming, Fargʻona zimmasiga 50 ming kishi yuborish majburiyati yuklandi.
Oʻlkada safarbar qilinuvchilarning roʻyxatlari tuzila boshlandi. Xalq bu tadbirga “mardikorlikka olish” deb nom berdi. Mahalliy ma’muriyat mardikorlikka chaqirishni boylik orttirish vositasiga aylantirdi. Boylarning oʻgʻillari pul bilan qutulib qolar, hambagʻal oilalar esa yolgʻiz ogʻildan, boquvchisidan ayrilar edi. Bu hol xalqning kuchli noroziligiga olib keldi. Iyul oyida Xojand shahrida norozilik namoyishi boshlanib ketdi. Unga dehqonlar, mardikorlar, chorakorlar, ayollar-jami 3000 dan ortiq kishi qatnashib, namoyish “Mardikor bermaymiz!” shiori ostida oʻtdi. Politsiya namoyishni bostirishga kirishdi, ular ustiga tosh yogʻildi. Harbiy qismdan soldatlar etib kelib politsiyachilar bilan birgalikda namoyishni bostirdi. Samarqand uezdining Urgut qishlogʻida gʻazabga kelgan 2000 kishilik dehqonlar olomoni volost boshqaruvining mahkamasi oldiga toʻplandi. Mahkama xodimlari kaltaklandi. Oʻsha kuni Samarqand uezdining Siyob, Mahalla, Xoʻja Ahror va Angor volostlarida ham namoyishlar boʻlib oʻtdi.
11- iyulda Toshkentda hunarmandlar, ishchilar, shahar hambagʻallari va shahar atrofidagi dehqonlar Beshyogʻochdagi politsiya boshqarmasi tomon yoʻl oldilar. Namoyishchilar «bolalarimizni bergandan kora ozimiz olganimiz yaxshiroq, podshoh oʻ lib ketsin» deya maydonni larzaga keltirib qichqirdilar. Mahalliy aholi faollaridan Yolchi Ibrohimov (konchi), Gʻulom Kamolov (gʻisht teruvchi), ishchi ayol Zuhrabibi Musaeva va boshqalar xalqni podshoh hukumatiga qarshi qat'iy kurash boshlashga da’vat etdilar.
Tez orada jazo qoshini etib keldi. Natijada ular 5 kishini otib oldirishdi, 15 kishi yarador boʻldi. Noroziliklar Fargʻona vodiysida tobora kuchaya boshladi. Gʻalayonlar Qoʻqon shahri, Kattaqorgʻon, Rishton qishloqlarida ham boʻlib otdi. Ularning barchasi ayovsiz bostirildi. 9 iyul kuni Andijon jome masjidida podshoh farmoni oqib eshittirildi. Aholi yashin tezligida maydonni toldirdi. Xalq safarbarlikni bekor qilishni talab etdi. Politsiya va kazaklarga hujum boshlandi. Jazolovchilar qozgʻolonchilarga oʻt ochib 3 kishini oldirib, 12 kishini yarador qildilar.
1916- yildagi qozgʻolonning eng kuchli nuqtasi Jizzaxda boʻldi. Shahar aholisi 13- iyul kuni safarbarlikka chaqirilganlar royxatini talab qilib oqsoqol va mingboshi mahkamasiga toplandilar. Oqsoqolni oʻldirib, mingboshi mahkamasini vayron qildilar, royxatni topib olib yondirib tashladilar. Iyul oyiga kelib butun Turkiston oʻlkasida harbiy holat e'lon qilindi. Jazo otryadlari va mustamlakachi ma’murlarga juda katta huquq berildi. Qozgʻolonchilar safi kengayib bordi. 18 iyul kuni Nazirxoʻja Eshon boshchiligida yangi shahar tomon yurdilar. Jazo otryadi bilan qozgʻolonchilar oʻrtasida boʻlgan toqnashuvda ikkala tomondan ham qurbonlar boʻldi.
Turkiston general-gubernatori Jizzax qozgʻolonini bostirish uchun polkovnik Ivanov boshchiligida oltita top va 13 ta rota askar, 300 kishilik kazak otryadi va 3 rota sapyorlarni safarbar etdi. Jazo I otryadi qozgʻolonni shafqatsizlarcha bostirdi. Omon qolgan Jizzax aholisi jazirama choʻlga haydaldi. Jizzax ishi boʻyicha 1000 dan ortiq kishi hibsga olindi, 151 kishi sud qilinib, turli muddatlarga qamaldi. 1916- yilgi qozgʻolon butun Turkistonga yoyildi, dehqonlar va kambagʻallar qozgʻolonni harakatga keltiruvchi asosiy kuch boʻldi. Qozgʻolon bostirilgan boʻlsa-da, mustamlakachilar ham anchagina kuchlaridan ajraldilar. Shuning uchun ham, A. F. Kerenskiy “Urush frontlariga yangi bir front-Turkiston fronti qoʻshildi”, - deb vaziyatga jiddiy baho bergan edi. 1916- yil qozgʻoloni oʻlkadagi Rossiya Imperiyasi mustamlakachilik tizimining yemirilayotganidan darak berardi.

Download 39,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish