№ 9 – dars.
متصله Egalik affikslari (zamoyere mo‘ttasele)
Fors tilida egalik affikslari otlarning oxiriga qo‘shilib narsaning qaysi shaxsga tegishli ekanligini ko‘rsatadi. Bu affikslar o‘zi qo‘shilgan so‘z bilan birga bir so‘z tarzida talaffuz qilinadi.
Egalik affikslari
جمع
|
ko‘plik
|
مفرد
|
birlik
|
shaxs
|
مان
|
emon
|
م
|
am
|
۱
|
تان
|
eton
|
ت
|
at
|
۲
|
شان
|
eshon
|
ش
|
ash
|
۳
|
Egalik affikslari urg‘u olmay, balki undandan oldingi bug‘inga tushadi.
مادرم modaram – onam, مادرت modarat – onang, مادرش modarash – onasi , مادرمان modaremon – onamiz, مادرتانmodareton oangiz, مادرشان modareshon – onalari.
Egalik affikslarining imlosi
1. Egalik affikslari undosh bilan tugagan otlarga qo‘shib yoziladi va bir so‘z kabi talaffuz qilinadi. کتابم ketobam – kitobim, دوستم dustam – do’stim.
2. So‘z "e" qisqa unlisi yoki "i" cho‘ziq unlisi bilan tugagan bo‘lsa, egalik affikslari oldidan birlikda ا alif, ko‘plikda esa ء hamza belgisi qo‘yiladi. Talaffuzda birlikda ot bilan egalik orasida kichik pauza, ko‘plikda esa bir "y" tovushi orttiriladi.
خانه ام xoneam – uyim, خانه ات xoneat – uying, خانه ات xoneash – uyi, خانه مان xoneyemon – uyimi , خانه تان xoneyeton – uyingiz, خانه شان xoneyeshon uylari.
3. So‘z آ "o" yoki و "u " cho‘ziq unlilari bilan tugasa egalik affikslari oldidan bir ی "y" orttiriladi. رویم ruyam – yuzim, رویت ruyat – yuzing, رویش ruyash – yuzi. رویمان ruyemon – yuzimiz, رویتان ruyeton – yuzingiz, رویشان ruyeshon – yuzlari.
Egalik affikslarining imlosi
Undosh. so‘ng
|
"e" va "i" unlisi. so‘ng
|
"o" va ‘‘u" unlisi. so‘ng
|
م am
|
ام am
|
یم yam
|
ت at
|
ات at
|
یت yat
|
ش ash
|
اش ash
|
یش yash
|
مان e mon
|
ءمان yemon
|
یمان yemon
|
تان e ton
|
ءتان yeton
|
یتان yeton
|
شان eshon
|
ءشان yeshon
|
یشان yeshon
| 35- mashq. Quyidagi gaplarni o‘qing va yozing.
پنجره شا ن باز است. جانه ام اينجاست. مادرت مهندس است؟ پنجره مان باز نيست. پدرش در تهران است. پسرتان تِشنه است؟ دخترتان خانه نيست. پسرمان زمينشناس است. آشنايشان نويسنده است. پيراهنم سبز است. ميزت سياه است. دوستمان در تهران است. پتويتان نُو است؟ اُستادشان ايرانی است. مادرم مهربان است. اين نويسنده در مشهد است. خانه مان بد نيست. اين چهار تا مدادتان سرخ است. پنج تا سيبتان آبدار است. چرا پسرتان خانه نيست.
36- mashq.Quyidagi gaplarni fors tiliga tarjima qiling.
Mening qizim mehribon. Sizning tanishingiz yozuvchi. Mening do‘stim yershunosdir. Bizning uyimiz yomon emas. Sening tanishing muhandisdir. Siz mening akam bilan do‘tmiz? Ularning o‘qituvchisi uyida yo‘q. Bu ko‘ylak yangidir. Bu bizning derazamiz. Mening opam talabadir. Sizning dahlizingiz uzundir. Sening eronlik talabang Mashhadda. Sizning talabangiz dahlizdadir. Mening xatim shu erda. Uning qizi uyda. Uning derazasi ochiqdir. Bizning shahrimiz yaxshidir. Sening otang o‘qituvchi.
Uyga vazifa:
Topshiriqni bajaring.
Jadvalni yod oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |