X-XI asrlarda qaraqalpoqlarning davlati ham tashkil etilgan. O‘z hukmdori va davlat boshqaruvi tizimiga ega bo‘lgan qaysi shahar poytaxt etib belgilangan.
A) Kadesh B) Shumanay
C) Kerder D) Mo’ynaq
Turli ko'chmanchi qabilalarning siquviga bardosh bera olmagan qoraqalpoqlarning bir qismi qaysi hududlarga kо'chib o'rnashganligiga tarix guvoh?
Volga daryosi ortlariga, janubiy rus dashtlariga
Quyi Volga va Dashti Qipchoqqa
Don va Balxash bo’ylariga
Janubiy rus dashtlari va Kavkazorti
Qoraqalpoq davlati Chingizxon hujumi natijasida qachon barham topdi?
A) XII asrning 20-yillarida B) XIII asrning 20-yillarida
C) XIII asrning 30-yillarida D) XII asrning 30-yillarida
Chingizxon Xorazmshohlar davlati poytaxti Urganch shahrini egallagach, uni suvga bostirish maqsadida Amudaryo to‘g‘onini buzdirib tashlaganligi oqibatida Amudaryoning o‘zani ham o‘zgardi. Oqibatda, suvsiz qolgan Orolbo‘yi qoraqalpoqlarining bir qismi qaysi hududlarga ko‘chib ketishga majbur bo'ldilar?
Volga va O‘rol (Yoyiq) daryolari bo‘ylariga
Sirdaryo vohalariga 3. Janubiy rus dashtlari
4. Orol bo’ylariga
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4
No`g`ay (Mang`it) xonligi qachon tashkil topgan?
A) XIV asr boshlarida B) XIV asr oxirlarida
C) XIV asr o`rtalarida D) XV asr boshlarida
Quyiagi qaysi davlatlaning chegarasi Volga daryosidan Irtish daryosigacha, Kaspiy va Orol dengizi bo`ylaridan Kama daryosigacha bo`lgan hududlarni o`z ichiga olgan?
A) No`g`ay xonligi B) Oltin O`rda xonligi
C) Mang`it xonligi D) A va C
XV-XVI asrlarda no`g`ay va qoraqalpoq xalqlari …
ittifoqqa birlashgan
o`zaro siyosiy hamkorlikda, birlashma bo`lib yashaganlar
o`zaro urushlar davom etayotgan edi
birlashmada bo`lib Xiva xonligiga qarshi kurashayotgan edi
No‘g‘ay xonligi parchalangach, qachon qoraqalpoqlar Sirdaryoning quyi etagiga kо‘chib keldilar va qozoqlaming Kichik Juz xonligi tarkibiga kirdilar?
A) 1555-yilda B) 1556-yilda
C) 1558-yilda D) 1566-yilda
Qoraqalpoqlar Kichik Juz xonligi tarkibiga kirsalarda ular poytaxti qaysi shahar bo'lgan o‘z davlatlariga ega edi?
A) Jankent B) Sig’noq
C) Kerder D)
Kegeyli
Qaysi yili Buxoro xoni Abdullaxon II ning bir yorlig’ida “qoraqalpoqlar” degan so’z qayd etilgan?
A) 1595-yil B) 1597-yil C) 1598-yil D) 1599-yil
Qachon jung‘orlar bostirib kelib, Sirdaryoning o‘rta qismini egallagach, qoraqalpoqlar yana ko‘chishga majbur bo‘lishdi?
A) 1720-yilda B) 1721-yilda
C) 1727-yilda D) 1723-yilda
Kimlarning hujumiddan keying ko‘chish oqibatida qoraqalpoqlar ikkiga bo‘linib ketdi.
A) Qalmoq B) Jung’or C) Qipchoq D) Qozoqlar
Qoraqalpoqlarning Rossiya bilan aloqa o‘rnatishga harakat qilishiga sabab nima edi?
Jung‘orlar hujumidan omon qolish juda muhim edi.
Qozoqlarning tajovuzidan omon qolish
Rossiya bilan savdoni yo‘lga qo‘yish A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,3 D) 2,3
Qachon qozoq Kichik Juz xoni Abulxayrxon Peterburgga o`z elchilarini jo`natgan?
A) 1723-yil B) 1726-yil C) 1729-yil D) 1731-yil
Qachon Rossiya elchisi M.Tevklevni Abulxayrxon huzuriga jo’natdi?
A) 1723-yil B) 1726-yil C) 1729-yil D) 1731-yil
Qoraqalpoqlarning Rossiya fuqaroligini qabul qilishi …?
ularni Eron shohi Nodirshoh hujumidan saqlab qoldi
ularni Xiva xonligi hujumidan saqlab qoldi
ularni Buxoro xonligi hujumidan saqlab qoldi
ularni Jung`orlar hujumidan saqlab qoldi
Qachon Orolbo`yi o`zbeklari va qoraqalpoqlar Xiva xonligi hokimiyatini tan olishga majbur bo`ldi?
A) 1729-yil B) 1731-yil C) 1734-yil D) 1735-yil
Qachon qoraqalpoqlar Xiva xonligiga to’la bo`ysundirildi?
A) 1809-yilda B) 1811-yilda
C) 1810-yilda D) 1812-yilda
Oydo`stbiy qo`zg`oloni qachon ro`y berdi?
A) 1826-yilda B) 1828-yilda
C) 1827-yilda D) 1829-yilda
Qachon va kim Oydo`stbiy qo`zg`olonini bostirish uchun qo’shin jo`natgan?
1828-yil 25-iyulda Olloqulixon
1827-yil 25-iyulda Olloqulixon
1827-yil 25-iyulda Rahimqulixon
1827-yil 30-iyunda Olloqulixon
Xiva xoni Said Muhammadxon qoraqalpoq xalqining qattiq bosimi ostida ularga o‘zini o‘zi boshqarish huquqini berdi?
A) 1848-yilda B) 1855-yilda
C) 1859-yilda D) 1862-yilda
Qoraqalpoqlarda har bir urug‘ yoki qabilaga kimlar boshchilik qilardi.
A) Oqsoqol B) Botirlar
C) Xo’jalar D)
Biylar
Qoraqalpoqlarda harbiy qismlarni kimlar boshqarardi?
A) Oqsoqol B) Botirlar
C) Xo’jalar D) Biylar
Ovul boshlang’ich ma’muriy bo‘g’in bo’lib, ularning butun hayotiga …. rahbarlik qilardi.
A) Yuzboshi B) Oqsoqollar kengashi
C) Biylar kengashi D) Qabila yig’ini
Qaysi lavozim ilgari urug‘ yig‘inlarida saylangan bo‘lsa, qoraqalpoqlar Xiva xonligiga bo‘ysvmdirilgach, xon tomonidan tayinlanadigan bo‘ldi?
A) Oqsoqol B) Biylar og’asi
C) Xo’jalar D) Biylar
Amudaryoning so`l tomonida qoraqalpoqlarning bosh ma`muriy markazi qaysi shahar edi?
A) Qo’ng`irot B) Chimboy
C) Xo`jayli D) Nukus
Amudaryoning o`ng tomonida qoraqalpoqlarning bosh ma`muriy markazi qaysi shahar edi?
A) Qo ng`irot B) Chimboy
C) Xo`jayli D) Nukus
XVIII asrning oxirlarida Amudaryo quyi tarmoqlarida vujudga kelgan dehqonchilik vohalarini aniqlang?
Chimboy, Qo`ng`irot
Qalliko`l, Kegayli
Nukus, Mang`it
Xo`jayli, To`rtko`l
XIX asrning o`rtalarida Amudaryo quyi tarmoqlarida vujudga kelgan dehqonchilik vohalarini aniqlang?
Chimboy, Qo`ng`irot
Qalliko`l, Kegayli
Nukus, Mang`it
Xo`jayli, To`rtko`l
Qoraqalpoqlarda mavjud bo`lgan ma`muriy mansablarni aniqlang.
1.yuzboshi 2.mirobboshi 3.qozi 4.rais A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,2,4 D) 2,3,4
Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud?
Qoraqalpoqlar qadimdan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanib keldilar. Qoraqalpoqlar
Orol bo‘ylarida, Sirdaryo va Amudaryo oralig‘idagi yerlarda dehqonchilik bilan shug‘ullanardilar
Yangi (Jana)daryo va Quvondaryo havzalarida
qoraqalpoqlar tomonidan barpo etilgan kanal va sug‘orish inshootlari dehqonchilikning yetakchi o‘rinda turganligidan guvohlik beradi.
Xiva xoni tomonidan tayinlangan Biylar og‘asiga urug‘ biylari bo'ysungan.
Said Muhammadxon qoraqalpoq xalqining qattiq bosimi ostida ularga o‘zini o‘zi boshqarish
huquqini berdi. Bu bilan Xiva xonligi tarkibida bo‘lsa-da, qoraqalpoq davlatchiligi amalda tiklandi. Butun hokimiyat Xo’jalar qo'lida to‘plandi. Uning maqomi xon maqomiga tenglashtirildi
Qoraqalpoqlar qaysi ekinlardan mo‘l hosil olganlar?
1. Bug'doy 2. Paxta 3. Arpa 4. Tariq A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4
36. Quyidagi ma’lumotlardan qaysilari to’g’ri?
Qoraqalpoqlar Rossiya fuqaroligiga qabul qilingan paytda, qoraqalpoqlarning Rossiyaga emas, Kichik Juz xonligiga yasoq to‘lashi tan olindi.
No‘g‘ay xonligi parchalangach, Qoraqalpoqlarning bir guruhi Sirdaryoning yuqori oqimi — Toshkent tomonga, yana bir guruhi Sirdaryoning quyi oqimiga borib joylashdi. Shu tariqa qoraqalpoqlar shartli ravishda „yuqori qoraqalpoqlar" va „quyi qoraqalpoqlar“ga bo‘linib ketdi
Aholi orasida ruhoniylar, shayxlar, xo'jalarning ham o‘rni katta edi.
A) 1 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 2,3
37. Quyi qoraqalpoqlar Sirdaryo bilan Amudaryo o‘rtasida bo‘sh yotgan yerlarga ham o‘rnashib, bu yerlarga qaysi daryodan suv chiqarib, dehqonchilik bilan shug‘ullandilar?
A) Janadaryo B) Quvondaryo
C) Yangidaryo D) Qozoqdaryo
Do'stlaringiz bilan baham: