Rivoyatga ko’ra Bobur Mirzo Movarounnahrni tark etayotganda ayollaridan biri o'g'il farzand ko'radi. Biroq uni olib ketmaydilar, aksincha, qimmatbaho ziynat buyumlar bilan bezatilgan beshikka belaydi va xizmatkorlardan birini bola bilan birga qoldiradilar. Bola qaysi urug’da tarbiyalanadi?
A) Ming B) Yuz C) Kenagas D) Qirg’iz
Olimxon minglar sulolasi hokimiyatining qonuniyligi e’tirof etgan rivoyatga ko’ra kim Farg'ona hukmdori bo'lgan. Davlatni esa biy unvonida boshqargan?
A) Oltinbeshik B) Tangriyor
C) Qozonxon D) Eshimxon
Olimxonga qanday unvon qo’shib yozilgan?
A) Amirlashkar B) Eshon
C) Hojibi buzruk D) Sohibqiron
Qaysi Qo’qon xoni muntazam qo’shin tuzish maqsadida harbiy islohot o’tkazgan?
A) Olimxon B)
Umarxon
C) Madalixon D) Sheralixon
Qo`qon xoni Olimxon davrida qaysi hududlar Qo`qon xonligiga qo`shib olindi?
1. Ohangaron 2. Toshkent 3. Chimkent 4. Sayram 5. Turkiston A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4
C) 1,3,4,5 D) 2,3,4
Qaysi Qo’qon xoni davrida Rossiya bilan savdo aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
A) Olimxon B) Umarxon
C) Madalixon D) Sheralixon
Qaysi Qo’qon xoni Sirdaryo o‘rta oqimining deyarli barcha o‘ng qirg‘og‘i (Qurama)ni xonlik tarkibiga qo'shib olgan?
A) Olimxon B) Umarxon
C) Madalixon D) Sheralixon
Qo’qon xonligi Buxoro amirligi bilan qayer uchun ketma-ket urush harakatlari olib borgan?
A) Chust va Axsi B) Jizzax va Norin
C) O’zgan va O’sh D) O’ratepa va Xo’jand
Kimning hukmronligi davrida xonlik hududi deyarli ikki marta kengaydi?
A) Olimxon B) Umarxon
C) Madalixon D) Sheralixon
Qaysi Qo’qon xoni kambag'al va qalandarlarga yer hamda chorva mollari berib, ularni mehnatga jalb etdi?
A) Olimxon B) Umarxon
C) Madalixon D) Sheralixon
Olimxon davrida hozirgi Qozog‘iston Respublikasi hududidagi qaysi hududlarga yurish qilinadi?
O’sh, O’zgan, Xo’jand
Turkiston, Jand, Marv
Marv, Xo’jand, Sayram
Turkiston, Chimkent, Sayram
Olimxon davrida hozirgi Qozog‘iston Respublikasi hududlarga qachon yurish qilinadi?
1800-yil iyul
1810-yilning fevral
1815-yil noyabr
1819-yil oktabr
Qaysi Qo’qon xoni Avvalo, kelgusida xonlik taxtiga xavt solishi mumkin bo‘lgan shaxslarni o‘rtadan olib tashladi. So‘ng o‘zining nomi bilan kumush dirham zarb ettirdi?
A) Olimxon B) Umarxon
C) Madalixon D) Sheralixon
„Musulmonlar amiri, Sayid Muhammad Umar sulton“ deb ataluvchi kumush va oltin pullar qachondan zarb etila boshanadi? A) 1812-yil B) 1815-yil
C) 1816-yil D) 1819-yil
Qachon Umarxon Buxoroga qaram bo’lgan Turkistonga qo’shin jo’natib uni ishg’ol qiladi?
A) 1812-yil B) 1815-yil
C) 1816-yil D) 1822-yil
Din peshvolari „Qaysi hukmdor 12 ming lashkarni kerakli qurol- yarog’ va anjomlar, otlarini esa yem-xashak bilan ta’minlasa, uni musulmonlar amiri deb atash joiz“ degan fatvoni qaysi Qo’qon xoniga nisbatan chiqarishadi?
A) Olimxon B) Umarxon
C) Madalixon D) Sheralixon
Amir al-muslimin unvonini qabul qilgan Qo’qon xoni kim?
A) Olimxon B) Umarxon
C) Madalixon D) Sheralixon
XIX asrning dastlabki choragida qaysi davlat Qo‘qon xonligining Buxoro amirligidan
to‘la mustaqil davlat ekanligini tan oldi?
Xiva xonligi
Boburiylar davlati
Usmonli turklar davlati
Durroniylar davlati
Qaysi Qo’qon xoni davrida xonlik chegarasi shimolda Rossiya chegaralaridan Ko‘xiston va Qashqargacha ulandi?
A) Olimxon B) Umarxon
C) Madalixon D) Sheralixon
Umarxon qachon vafot etadi?
A) 1820-yil B) 1825-yil
C) 1826-yil D) 1822-yil
Umarxon vafotidan keyin taxtga kim o`tirdi?
A) Xudoyorxon B) Olimxon
C) Sheralixon D)
Muhammad Alixon
Qo`qon xoni Muhammad Alixon (Madalixon) ning hukmronlik yillarini aniqlang.
A) 1822-1841-yillar B) 1835-1852-yillar C) 1810-1822-yillar D) 1823-1842-yillar
Qo`qon xonligida kimning hukmronligi davrida xonlik qo`shinlari Farg`ona janubida joylashgan, asosan tojiklar yashaydigan Qorategin, Darboz va Ko`lobni egallanadi?
A) Xudoyorxon B) Olimxon
C) Umarxon D) Muhammad Alixon
Qo`qon xonligida kimning hukmronligi davrida xon hokimiyati bilan mahalliy zodagonlar o`rtasida ittifoq mustahkamlangan?
A) Xudoyorxon B) Olimxon
C) Umarxon D) Muhammad Alixon
Qaysi Qo’qon xoni ko‘ngli tusagan ishlarni qilaverishini qo‘llab- quvvatlovchi a’yonlar ta’siriga tushib qolgan?
A) Xudoyorxon B) Olimxon
C) Umarxon D) Muhammad Alixon
Quyidagilardan Madalixon davriga oid ma’lumotlardan nechtasi to’g’ri?
Amaldorlarning ayrimlari surgun qilindi, ba’zilari qatl etildi va ba’zilari esa Xivaga qochib ketishdi.
Xon hokimiyati bilan mahalliy zodagonlar o‘rtasida ittifoq mustahkamlangan
Ammasi Oftoboyimning oilasiga ham shafqat qilmasdan jazoladi
O‘g‘li Hakimxonni qatl qildirdi
Turmush o‘rtog‘i hamda xonlikning shayxulislomini badarg’a qildi
Viloyat (beklik) hokimlari esa tez-tez almashtirib turildi.
A) 2 tasi B) 3tasi C) 4 tasi D) 5 tasi
Qachon Qo`qon xoni Madalixon o`z ukasi Sulton Maxmudxon foydasiga taxtdan voz kechadi?
A) 1840-yil B) 1841-yil
C) 1842-yil D) 1843-yil
Qo`qon xoni Madalixondan norozi bo’lgan kuchlar kimdan yordam so’raydilar?
Buxoro amiri Amir Nasrullo
Xiva xoni Olloqulixon
Afg`oniston amiri Ahmadshoh
Eron shohi Nodirshoh
Buxoro Amiri Nasrullo qachon o`z qo`shinlarini Qo`qonga qarshi safarbar etdi va Qo`qon xonligini bosib oldi?
A) 1840-yil B) 1841-yil
C) 1842-yil D) 1843-yil
Buxoro amiri Amir Nasrullo buyrug’i bilan qatl qilingan shaxslar xato berilgan javobni toping
A) Madalixon B) Sulton Mahmudxon
C) Nodirabegim D) Murodxon
Amir Nasrullo Qo`qonni bosib olganidan kеyin u yerga kimni noib qilib qoldirgan edi?
Ibrohim dodxohni
Avazbek dodxohni
Muhammad Amin dodxohni
Qoracha dodxohni
Qo`qon xonligida Amir Nasrullo zulmiga qarshi qachon qo`zg`olon ko`tarildi?
A) 1840-yil B) 1841-yil C) 1842-yil D) 1843-yil
Qo`qon xonligida Amir Nasrulloga qarshi nima uchun qo`zg`olon ko`tariladi?
Chunki, amirning Qo`qondagi noibi Qo`qon xonligi aholisini avval undirib kelinga soliqqa qo`shimcha ravishda Buxoro amirligida joriy etilgan soliqlarni ham to`lashga majbur qilgan
Chunki, amirning Qo`qondagi noibi Qo`qon xonligi aholisini Buxoro amirligi qo`shinlariga majburiy jalb qilgan
Chunki amirning Qo`qondagi noibi Qo`qon xonligi aholisini majburiy hasharlarga jalb qilgan
A va C
Buxoro amiri hukmronligiga qarshi qo‘zg‘olonni tashkil etgan mahalliy kuchlar kimlarning madadiga tayangan edilar?
A) Qozoqlar B) Qipchoqlar
C) Qirg’izlar D)
Qalmoqlar
Qo`qon xonligida Amir Nasrulloning hukmronligi tugatilganidan kеyin taxtga kim o`tqazildi?
Hojibеkning o`g`li Sherali
Norbo`tabiyning ukasi Sherali
Hojibеkning o`g`li Murodbеk
Olimxoning o`g`li Murodbek
Qo`qon xonligida Amir Nasrulloning hukmronligi tugatilganidan kеyin kimlar xonlikda katta mavqega ega bo`lib oldilar?
A) Qipchoqlar B) Qo`ng`irotlar
C) Naymanlar D) Kenagaslar
Qo`qon xonligida Sheralixonning hukmronlik yillarini aniqlang A) 1841-1843-yillar B) 1842-1845-yillar
C) 1843-1846-yillar D) 1844-1846-yillar
Buxoro Qo`qon xonligida mingboshi lavozimini egallagan kim edi?
A) Musulmonqul B) Murodbek
C) Murodxon D) Erengxon
Nima uchun Amir Nasrullo ikkinchi marta Qo`qon xonligiga bostirib kеlganida uni bosib ololmadi?
Qipchoqlar Qo`qon xonligiga katta yordam bеrgani uchun
Xiva xoni Olloqulixon Buxoro xonligiga hujum qilgani uchun
Amir Nasrullo qo`shini orasida xoinlik ro’y bеrgani uchun
Eron shohi Nodirshohning Buxoroga hujum qilgani uchun
Amir Nasrullo ikkinchi Qo‘qonga yurish qilganda Qo’qon shahrini necha kun qamal qiladi?
A) 10 kun B) 20 kun
C) 40 kun D) 100 kun
Qo`qon xonligida kimning hukmronligi davrida aholidan soliq undirish kuchaydi?
A) Madalixon B) Sheralixon
C) Murodxon D) Xudoyorxon
Soliqlarning juda og`irligidan qachon O`sh xalqi qo`zg`olon ko`taradi?
A) 1843-yil B) 1844-yil
C) 1845-yil D) 1846-yil
Qachon Isfara hokimi Samarqandda istiqomat qilib turgan Olimxonning o`g`li Murodxonni olib kelib Qo`qon xonligi taxtiga o`qazdi?
A) 1843-yil B) 1844-yil
C) 1845-yil D) 1846-yil
O`sh qo`zg`olonini bostirgandan keyin Musulmonqul qayerga boradi?
A) Namanganga B) Andijonga
C) Qo`qonga D) Farg`onaga
Musulmonqul o`z qizini kimga nikohlab beradi?
Sherlixonning o`g`li Xudoyorga
Norbo`tabiyning o`g`li Murodbеkka
Hojibеkning o`g`li Murodbеkka
Olimxonnig o`g`li Murodxonga
Musulmonqul Qo`qonga kelib, Murodxon va uni qo`llab- quvvatlaganlarni fitnachilikda ayblab, taxtga kimni o`tqazadi?
Norbotabiyni
Xudoyorxonni
Hojibekni
Madalixonni
13 yoshli Xudoyorxon taxtga o’tirishdan oldin qayerning hokimi edi?
A) Andijon B) Namangan
C) Farg’ona D) Marg’ilon
Quyidagi javoblardan Qo`qon tarixiga oid to`g`ri javoblarni belgilang.
Qo`qon xoni Xudoyorxon yosh bo`lganligi tufayli amada xonlikni qaynotasi Musulmonqul boshqarardi
Qo`qon xoni Xudoyorxon Qo`qon xonligi taxtiga o`tirishi bilan xonlikga qipchoqlar yoppasiga ko’chi kela boshladilar
Qipchoqlar sug`orish inshootlarini qo`lga kiritdilar, bundan tashqari aholi suv uchun soliq to`laydigan bo`ldi
A) 1,2,3 B) 2,3 C ) 1,3, D) 1,2
Musulmonqul qaysi rus qo’mondonligi vakili bilan maxfiy ravishda uchrashgan?
V.Uspenskiy
V.V.Velyaminov-Zernov
S.M. Skobelov
D.Manjara
Qachon Qo`qon xoni Xudoyorxon qipchoqlar qirg`inini uyushtirdi?
A) 1851-yil 21-mart B) 1852-yil 16-dekabr
C) 1852-yil 9-oktabr D) 1853-yil 21-dekabr
Qo`qon xoni Xudoyorxon qayerdan chaqirilgan qo`shin bilan qipchoqlar qirg`inini uyushtirdi?
A) Toshkent B) Samarqand
C) Buxoro D) Andijon
Do'stlaringiz bilan baham: