5.O’quvchilarni baholash, darsni yakunlash: O’quvchilar darsdagi faolligiga qarab baholanadi
6.Uyga vazifa berish: Qoida va formulalarni yodlash
MMIBDO’: _______ N. Rahmatova
8-sinf Fizika Sana: Darsning mavzusi: Tokning magnit maydoni. Elektromagnitlar
Darsning maqsadi :
Talimiy maqsad: O’quvchilarga tokning magnit maydoni, elektromagnitlar haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini uyg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,nutq madaniyatini o’stirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi Dars uslubi: Aralash
Darsning borishi 1.Tashkiliy qism:O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Davomad aniqlash. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish. 2. O’tilgan mavzuni takrorlash:Takrorlash
3.Yangi mavzuning bayoni: Magnit maydonning elektr toki bilan bog'liqligini tajribada birinclii bo'lib 1820- yilda daniyalik fizik Xans Kristian Ersted (1777-1851) aniqladi.
Ersted tajribasini o'zimiz ham o'tkazib ko'rishimiz mumkin. Buning uchun 137- rasmda tasvirlangan zanjirni yig'aylik.
O'tkazgich simlaridan bin janubdan sliimolga tomon tarang tortilgan bo'lsin. Magnit strelkasini rasmda ko'rsatilgandek shu simning ostiga qo'yaylik. Bunda strelka simning yo'nalisliida turgan bo'ladi.
Endi kalitni ulab, o'tkazgichdan tok o'tkazaylik. Shu zahoti tok o'tayotgan sim ostidagi magnit strelkasi 90° ga burilib, simga perpendikular joylashib qoladi (138- rasm).
Ersted tajribasi tok o'tayotgan o'tkazgich atrofida magnit maydon bor ekanligini ko'rsatdi. Elektr toki o'tayotgan o'tkazgich atrofida magnit maydon mavjudligini quyidagi tajribada ham isbotlash mumkin.
Plastmassadan yasalgan plastinaning o'rtasidan teshib, ingichka metall steijenni o'tkazamiz. Plastmassa ustiga temir kukunlarini socliib, steijendan tok o'tkazaylik.Tokning magnit maydoni ta'sirida temir kukunlari steijen atrofida aylanalar bo'ylab joylasliib qoladi. Bu aylanalar magnit kuch chiziqlarini tavsillaydi (139- rasm).
Tajribani davom ettirib, tok o'tayotgan sterjen atrofiga mayda magnit strelkachalarni qo'yaylik. Shu zahoti strelkachalar magnit kuch chiziqlarining yo'nalishida tartibli joylasliib qoladi (140- rasm).
Stcrjcndagi tok yo'nalisliini o'zgartiraylik. Shu zahoti barcha magnit strelkalari 180°ga buriladi (141- rasm).
Demak, tokning magnit kuch chiziqlari yo'nalishi o'tkazgichdagi tokning yo'nalishiga bog'liq. To'g'ri tok atrofida hosil bo'ladigan magnit maydon kuch chiziqlari yo'nalisliini parma qoidasi orqali quyidagicha topish mumkin (142- rasm):
Agar parmaning ilgarilanma harakati yo'nalishi o'tkazgichdagi tokning yo'nalishida bo'lsa, parma dastasining aylanish yo'nalishi shu tok magnit kuch chiziqlarining yo'nalishini ko'rsatadi. Ersted tomonidan tokli o'tkazgichning magnit maydoni kashf etilishi elektromagnetizm sohasidagi tadqiqotlarga turtki bo'ldi. Shu yiliyoq, ya'ni 1820- yilda fransuz fiziklari Andre Mari Amper (1775-1836) va Dominik Fransua Arago (1786-1853) o'tkazgich simni yog'och o'zakka o'rab g'altak yasadilar. Undan tok o'tka- zib, to'g'ri tok maydonidan ancha kuclili bo'lgan magnit maydonni hosil qildilar.
Metall simdan spiral yasab, undan tok o'tkazaylik. Spiralning ikki tomoniga ikkita magnit strelkachani yaqinlashtiraylik (143- rasm). Ikkala strelkacha spiral o'qi tomon buriladi. Bunda strelkalarning qutblari bir xil yo'nalishda bo'lib qoladi.
Metall simni spiral shaklida qilib organik sliisha orqali o'tkazaylik. Uning ustiga temir kukunlarini sochaylik va magnit strelkachalarni qo'yaylik. Simdan tok o'tkazilsa, spiral shaklidagi tokning magnit kuch chiziqlari yo'nalishi qanday bo'lisliini kuzatish mumkin (144- rasm).
Odatda, g'altak plastmassali o'zakka o'raladi. G'altakni gorizontal shaklda ipga osib, undan tok o'tkazilsa, u magnit strelkasi kabi Yerning janubiy va shimoliy qutblari bo'ylab buriladi (145- rasm).