PikopHaviruslar. RNK-tutuvchi viruslarni hujayraga kirishini o‘zi virus RNK sini ozod bo‘lishiga olib keladi. Poliomielit virusida hujayra retseptorlari virusni qaytar xolida yopishtiradi. Poliomielit virusida quyidagi tartibda virus hujayraga kiradi, ya’ni hujayra retseptorlari virusni avval qaytadigan holatda hujayraga bog‘laydi. Bu jarayon virus va hujayra retseptorlaridagi har xil guruh qarama-qarshi zaryadli zarralarning elektrostatik munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Intakt virus hujayra va virus kompleksidan yuqori ion kuchi yoki past darajadagi pH hamda mochevinaning ta’sirida ajratib olinishi mumkin. Qaytalama adsorbsiyaning tezligi temperaturaga kam darajada bog‘liq bo‘ladi. Keyinchalik adsorbsiya qaytmas holatga o‘tadi, birdaniga sovutish bu jarayonni tezlik bilan pasaytiradi. Bu jarayonning qaytmasligida birinchidan virus zarrasi strukturasi o‘zgarishga uchraydi, uni yuqumliligini yo‘qolishi, antigen strukturasini spetsifikligini proteolitik fermentlarga bo‘lgan sezgirligini o‘zgarishi kuzatiladi. Intakt poliomielit virusi proteolitik fermentlarga o‘ta chidamli bo‘ladi. Virus xususiyatini o‘zgarishi virus va hujayra retseptorlari munosabatda bo‘lganda virus qobig‘ining struktura oqsilida konformatsion o‘zgarishga bog‘liq bo‘lgan kapsomerlarni qaytadan qurilishi ro‘y bergan bo‘lishi mumkin. Oxirgi stadiyada virus oqsilini proteolizi sodir bo‘ladi va virus nuklein kislotasi ajraladi.
d) Miksoviruslar. Virus hujayraga yopishgandan so‘ng pinotsitoz sodir bo‘ladi. Virusni tashqi lipoproteid qavati pinotsitik vakuolada hujayra gidrolitik fermentlari yordamida parchalanadi. YAna bir boshqa fikrlar bo‘yicha miksoviruslarni hujayraga kirishida pinotsitoz bo‘lmasligi ham mumkin bo‘lib, taxmin qilinishicha virus va hujayra orasida kontakti ro‘y berishi bilan virus va hujayra membranalari parchalanaboshlaydi. Ajralgan nukleoprteid sitoplazmaga tushadi. Bundan keyin uni qanday deproteinizatsiya bo‘lishi noma’lum, yangi “echintiruvchi fermentlarini” hosil bo‘lishiga hojat yo‘q deb hisoblanadi.
OITS virusining hujayraga kirish jarayoni r-120 oqsiliniT - xelperlarni membranasidagi T-4 retseptorlar bilan bog‘lanishidan boshlanadi. Elektron mikroskopda virus zarrasini T-hujayralar retseptorlari bilan birikib, hujayra sitoplamasi ichiga botib kirishi yaxshi ko‘rinadi. Avval hujayra membranasining protoplazma ichiga bo‘rtib chiqishi kuzatiladi va virus zarrasi vakuola bilan o‘raladi. Keyinchalik virus qobig‘i erib ketadi. Virus shu vaqtda hujayrada yo‘qoladi, uning RNK si yoki k-DNK si ham o‘ta kichik bo‘lganligidan elektron mikroskopda ham ko‘rinmaydi. Sekin-asta virus replikatsiyasi boshlanadi va kasallangan hujayra membranasida r-120 oqsili paydo bo‘ladi. Bu davrda virus hosil bo‘layotgan kasal hujayrani molekula darajasida sog‘ hujayradan farqlab aniqlash mumkin bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan elektron mikroskopda ko‘plab virus zarralarini kuzatish mumkin. Hozirga kunda kasal hujayralar membranasida r-120 oqsilini paydo bo‘lishi bu dahshatli virus bilan kurash choralarini ishlab chiqishda qo‘llanilmoqda.