8-mavzu: viruslar reproduksiyasi viruslarning reproduksiyasi Virus va hujayra orasidagi munosabat


Virus nuklein kislotasini hujayraga kirishiga ba’zi misollar



Download 0,76 Mb.
bet11/30
Sana02.06.2023
Hajmi0,76 Mb.
#948125
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
8-mavzu(1)

Virus nuklein kislotasini hujayraga kirishiga ba’zi misollar.
a) T-juft faglar. Birinchi stadiya bu fag o‘simtasidagi fibrillarni maxsus hujara devorining retseptorlariga yopishishi. Fag adsorbsiyasining tezligi temperaturaga deyarli bog‘liq bo‘lmasa ham, ammo hujayra suspenziyasidagi muhit tarkibiga juda sezgir bo‘ladi. Muhitning boshqa tarkibiy qismlari adsorbsiya jarayoniga sezilarli ta’sirga ega. Ba’zi bir faglarning shtammlari hujayraga triptofan aminokislotasi bo‘lsagina yopishadi. Taxmin qilinishicha triptofan aminokislotasi fag o‘simtasidagi fibrillarini ayrim aktiv konfiguratsiyaga ega bo‘lishi uchun zarur. Fibrillarni aktiv konfiguratsiyaga ega bo‘lishida fol kislotani hosilalari rol o‘ynaydi, agar ular kimyoviy modifikatsiya qilinsa ham fagni hujayraga yopishishi buziladi.
SHu stadiyada fag zarrasi o‘zini oltita fibrillari bilan hujayra devoriga yopishadi, fag o‘simtasidagi bazal plastinka hujayra devoridan 1000 A uzoqlikdagi masofaga joylashadi. Fibrillar ma’lum egiluvchanlikka ega bo‘lsa kerakki, o‘zini hujayra devori bilan birikkan bo‘lishiga qaramasdan, u fag zarrasini ma’lum masofada harakatchanligiga imkon yaratib beradi. Bu harakatlar broun kuchlari hisobiga amalga oshadi oqibatda fag zarrasini hujayra devoriga 100 A cha masofaga yaqinlashtiradi. Fag zarrasini fiksatsiyalanishini ta’minlash bazal plastinkaning o‘simtalari orqali mahkamlanadi. Taxmin qilinishicha fibrillarni distal uchlaridagi retseptorlar kabi bazal plastinkanin o‘simtalarini uchlari ham retseptorlarga ega bo‘lishi mumkin. Demak fag zarrasi bir emas ikki tipdagi retseptorlarga ega deyish mumkin.
Endi fag zarrasini modifikatsiyasi boshlanadi. Bu modifikatsiyaning ko‘rinadigan modifikatsiyasi bazal plastinka konfiguratsiyasini o‘zgarishidan bilinadi. Agar fag zarrasini intakt (asl) holatida oltiburchakli ko‘rinishga ega bo‘lsa, modifikatsiyalangan bazal plastinkani ko‘rinishi endi oltiburchakli yulduz ko‘rinishiga ega bo‘ladi. SHu bosqichda yoki sal kechroq plastinkaning markazidagi “tiqin” yo‘qoladi, uning funksiyasi sterjen kanalini berkitishdan iborat bo‘lsa kerak deb taxmin qilishadi.
So‘ngra fag o‘simtasining po‘sti qisqaradi. Uning qisqarishi mexanizmiga qanday faktor signal bo‘lishi noma’lum. Signallik vazifasini o‘simtadan ajralgan ba’zi moddalar bajarishi mumkin, degan fikrlar mavjud, stimul bo‘lib bazal plastinkasining konfiguratsiyasini o‘zgarishi bo‘lishi mumkin. Po‘stning qisqarish mexanizmi etarlicha o‘rganilmagan. Boshqa fikrlar bo‘yicha o‘simta po‘stining qisqarishiga, taxmin qilinishicha oqsil subbirliklarini o‘zaro joylashishini o‘zgarishi sabab bo‘lishi mumkin. Yana boshqa fikrlar bo‘yicha po‘stning oqsillari mushak oqsillari bilan o‘xshash bo‘lishi mumkin. Po‘st xuddi mushak oqsillari qisqargandek ATF (va boshqa nukleozidtrifosfatlar) tutishi mumkin, ular mushaklar qisqargandagidek energiya manbai vazifasini bajarishi mumkin. Hisoblar ko‘rsatishicha, bitta subbirlikga bir molekula nuklezidtrifosfat to‘g‘ri kelar ekan. Fagning qisqarish oqsillari mushak oqsillaridek ATF- aza aktivligiga ega bo‘lishi mumkin. Bazal plastinkaga fiksirlangan po‘stning qisqarishi fag bosh qismini bazal plastinkaga yaqinlashtirishi mumkin. Endi bazal plastin hujayra devoridan birmuncha uzoqlashadi (370 A ga yaqin masofaga), natijada tikanlarni birmuncha cho‘zilishiga olib keladi, tikonlar qisqa fibrillarga o‘xshab ketadi. Tikanlarni cho‘zilishi chegaralangan bo‘lgani uchun po‘stning qisqarishi bosh qism va unga birikkan sterjen-o‘zakni hujayra devoriga yaqinlashtiradi va oqibatda sterjen-o‘zak hujayra devorini teshadi.
Aytilgan stadiyalarni birortasida yashiringan fag lizotsimi ajralib chiqib mukopeptiddan tuzilgan hujayra devorining eng ichki qismini parchalaydi. Ichki qavat ancha pishiq bo‘lganidan lizotsim uni parchalab nuklein kislotani hujayraga kirishini engillatadi. Jarayonning eng oxirgi stadiyasi fag DNK sini hujayraga in’eksiyasidir. Bunda fag DNK si fag zarrasining bosh qismidan sterjenning ichki bo‘sh qismiga bosib o‘tkaziladi (xuddi shpritsdagi suyuqlikni qisib chiqarilganidek). Bunda 7.105 A uzunlikga, diametri 20 A ega yopishqoq DNK ni bir minut davomida 800 A uzunlikdagi diametri 25 A lik sterjenni ingichka kanalidan o‘tishi ancha qiyin. Balki bunda fag bosh qismi po‘sti oqsillarini bosimi natijasida ro‘y berishi mumkin.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish