8-mavzu: viruslar reproduksiyasi viruslarning reproduksiyasi Virus va hujayra orasidagi munosabat


) Virus DNK sini sitologik usullar orqali



Download 0,76 Mb.
bet16/30
Sana02.06.2023
Hajmi0,76 Mb.
#948125
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Bog'liq
8-mavzu(1)

7) Virus DNK sini sitologik usullar orqali. Virus bilan kasallangan hujayrada DNK ni joylashishi (lokalizatsiyasi)ni o‘rganiladi. Hujayra DNK si asosan yadroda joylashgan bo‘ladi, sitoplazmada DNK miqdorini oshishiga qarab virus DNK si sintezini ko‘rsatadi. Bu yangi sintezlangan DNK ni o‘rganish gistoximiya va avtoradiografiya usullarida amalga oshiriladi. Bu asosan hayvon va odam viruslarida yaxshi natija beradi.


Virus DNK si sintezining substratlari
Virus DNK si ham xuddi hujayra DNK si kabi to‘rtta asosiy nukleotiddan tarkib topgan (d-AMF, d-TMF, d-SMF, d-GMF). Bunday hollarda virus DNK si sintezi uchun hujayra DNK si uchun ishlatiladigan dezoksiribonukleozidtrifosfatlar ishlatiladi (d-ATF, d-TTF, d-STF, d-GTF). Ammo ba’zan ba’zi viruslar tarkibiga hujayra DNK sida uchramaydigan nukleotidlar kiradi. M., T-juft bakteriofaglar tarkibiga d-SMF o‘pHiga dezoksi-5-oksimetilsitidinmonofosfat (d-OMSMF), Bacillus subtilis ni ba’zi faglari DNK sida d-TMF o‘pHiga boshqa odatdan tashqari nukleotid – dezoksimetiluridinmonofosfat (d-OMUMF) uchraydi. Bunday anomal nukleotidlarni tutgan virus DNK sining sintezi uchun ularga mos nukleozidtrifosfatlar zarur bo‘ladi (d-OMSTF, d-OMUTF ). Virus bilan kasallangan hujayrada bunday noyob substratlarni hosil bo‘lishi quyidagicha bo‘ladi.
Ba’zi viruslarni DNK si glyukozilirlangan bo‘ladi. DNK ni glyukozilirlash uchun glyukozani aktiv formasi uridindifosfat-glyukoza ishlatiladi. Qator xollarda Virus DNK siga kiruvchi nukleotidlar metilirlangan bo‘ladi. Metil gruppasining manbai bo‘lib S-adenozilmetionin bo‘lishi mumkin.
Virus DNK sining sintezida qatnashadigan substratlarni hosil qilishda ishlatiladigan fermentlar.
T-juft faglar bilan kasallangan hujayrada DNK sintezida qatnashadigan substrat d-OMSTF ni paydo bo‘lishini kuzatadigan bo‘lsak, fag bilan kasallanmagan hujayrada bu modda umuman uchramaydi. Hujayra fag bilan kasallanishi bilanoq hujayra 5-oksimetilsitozin hosilalarini sintezlash qobiliyatiga ega bo‘laboshlaydi. Hujayra kasallanishini birinchi minutidanoq hujayrada yangi ferment - d-SMF oksimetilazasi paydo bo‘ladi. Bu ferment quyidagi reaksiyani katalizlaydi:
+ SN2O
d- SMF———————> d-OMSTF
oksimetilaza

Bu fermentni hujayrani kasallantiradigan fag olib kiradi degan taxminlar ham bor bo‘lib, ammo fag zarrasida mazkur ferment uchramaydi. Tadqiqodlar ko‘rsatishicha agar fag zarrasi olib kirganda bir mikrob hujayrasida hosil bo‘ladigan oksimetilazani miqdori fag miqdoriga teng bo‘lar ekan, unda fag zarrasi faqat oksimetilaza fermentidan iborat bo‘lishi kerak edi. Tajribalar ko‘rsatishicha oksimetilaza fag bilan kasallangunicha noaktiv formada biror hujayradagi ingibitor yordamida bo‘ladi va fag uni aktiv holatga o‘tkazadi deyiladigan fikpHi quyidagi tajriba yordamida tasdiqlanmaganligini ko‘ramiz, ya’ni normal hujayra ekstraktini olib fag bilan kasalllangan oksimetilazali hujayra ekstraktiga qo‘shilganda uni aktivligi pasaymaydi, o‘zgarishsiz qoladi, demak fag bilan kasallanmagan hujayrada ham bu ferment ingibitori yo‘q ekan. Demak, oksimetilaza fag bilan kasallangan hujayrada yangidan hosil bo‘ladi (bir sekundda 9 molekula oksimetilaza hosil bo‘ladi). Endi keyingi savol - oksimetilaza fermentinig genetik axboroti fag genomida yoki hujayra genomida kodlashtirilganligi haqidagi savolga olimlar quyidagi tajriba bilan aniqlik kiritadilar. Oksimetilaza fermentini hosil qilmaydigan mutant faglar ishlatilishi va boshqa qator ekperimentlar yordamida oksimetilaza fermentining geni aniqlandi. U fag xromosomasida joylashgan bo‘lib, fagning genetik xaritasida 42 gen hisoblanadi.


Muallifni ta’kidlashicha mazkur fermentga chuqur to‘xtalib o‘tishni boisi boshqa fermentlarni ham hosil bo‘lishi shunga o‘xshashdir. Bu fermentlar infeksion jarayonning birinchi yarmida hosil bo‘lib, ular virus qismlarini hosil qilishda ishtirok etadi, ammo etilgan virus tarkibiga kirmaydi. Bu fermentlar virus induksiya qilgan fermentlar bo‘lib ularni “ertagi fermentlar” yo “ertagi oqsillar”(rannie ferment) deb ataladi.
Virus DNK si substratinig sintezida ishtirok etadigan boshqa qator fermentlari T-juft fagi bilan kasallantirilgan ichak tayoqchasi hujayrasida yaxshi o‘rganilgan.
Infeksion jarayon davrida d-STF ni d-SMF gacha defosforirlaydigan yangi fosfataza katta ahamiyatga ega. d-SMF ni keyingi o‘zgarishlari boshqa yangi paydo bo‘ladigan fermentlar vositasida boradi: oksimetilaza ta’sirida u d-OMSTF ga o‘tadi, boshqa ferment - dezaminaza d-SMF ni d-UMF ga, d-UMF timidilatsintetaza fermenti ishtirokida d-TMF ga o‘zgaradi. Virus induksiyalagan bu ikki guruh fermentlar ishtirokida fag uchun kerak bo‘lmaydigan d-STF chetlatiladi hamda fag DNK si sintezi uchun o‘tmishdoshlar hosil bo‘ladi. Undan tashqari kasallangan hujayrada dezoksiribonukleozidtrifosfatlar - to‘g‘ridan-to‘g‘ri fag DNK si sintezida qatnashadigan substratlar hosil bo‘lishida qatnashadigan fermentlar hosil bo‘ladi. Keyinchalik nukleozidtrifosfatlarni fosforirlaydigan yangi kinazalar hosil bo‘ladi(19-rasm).

8-rasm.T-2 fagi bilan kasallangan E.coli hujayrasidagi dezoksiribonukleozidtrifosfatlarni sintezlanish sxemasi
To‘q qora strelkalar bilan fag induksiyalagan fermentlar katalizlaydigan reaksiyalar ko‘rsatilgan. 1 – d-STF ning pirofosfatazasi; 2) d-SMFning oksimetilazasi; 3) d-SMF ning dezaminazasi; 4) d-SMF ning timidilatsintetazasi; 5) kinaza(1)
Quyida endi Bacillus subtilis ni kasallantiradigan ba’zi faglarni DNK si sintezida ishlatiladigan substrat d-OMUTF ni hosil bo‘lishi bilan tanishamiz.
Bu holatda ham d-SMF ni d-UMFga o‘zgartiradigan dezaminaza fermenti paydo bo‘ladi. Bundan tashqari bu faglar ham o‘z hususiyatlari bilan T-juft faglarni oksimetilazasidan farq qiladigan oksimetilaza fermentini induksiya (hosil) qiladi: Bacillus subtilis ni oksimetilazasi d-UMFni d-OMUMF ga o‘zgartiradi. O‘ziga mos kinaza bilan d-OMUMF ni fosforirlab
d-OMUTF hosil qiladi. Qo‘shimcha ravishda mazkur fag hujayraning timidilatsintetaza fermentini aktivligini yo‘qotadigan oqsil ingibitorini hosil qiladi. IngibitopHing bo‘lishi fag uchun kerak bo‘lmaydigan d-TMF ni d-UMF dan hosil bo‘lishini to‘xtatadi. Fagning DNK si d-TMF o‘pHiga d-UMF dan iborat bo‘lsa noyob substratlarni hosil bo‘lishi ancha oson bo‘ladi. Unda asosiy reaksiya d-STF ni dezaminirlashdan iborat bo‘ladi.
Aytish joyizki, agar virus DNKsi tarkibi hujayra DNK si tarkibidan farq qilgan holdagina yangi fermentlar, faqat noyob substratlar kerak bo‘lgandagina hosil bo‘lmasdan, balki hujayrada shu fermentlar bo‘lsa ham virus induksiya qiladigan fermentlar aktivligi oshishi mumkin. M., DNK-tutuvchi hayvon viruslari (ospovaksina, oddiy uchuq va h. kasallantirgan hujayralarda timidinkinaza (timdin) va timidilatkinaza (timidil kislotalarni fosforirlovchi ) fermentlar aktivligi oshadi.
Mazkur virus induksiyalagan fermentlarni hujayra fermentlaridan termostabilligi, Mixaelis konstantasi, pH ga nisbatan aktivligi va antigen xususiyatlari farq qilishi aniqlangan.
Fermentativ reaksiyani ketishi uchun hujayra fermentiga qaraganda virus induksiyalaydigan ferment substratni past konsentratsiyasida ham keraklik tezlikda reaksiyani amalga oshiradi.
Virus DNK si sintezi uchun kerakli substrat bo‘lib hujayra DNK si ham ishlatilishi mumkin. Hujayra DNK si dezoksiribonukleotidmonofosfatgacha va dezoksiribonukleozidlargacha gidrolitik parchalanadi va ular keyin trifosfatlargacha fosforirlanadi.
Virus DNK asi uchun substrat manbasi bo‘lib hujayra ribonukleotidlari ham ishlatilishi mumkin.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish