8-mavzu: Usmoniylar imperiyasi (Turkiya) yangi davrda: tarixiy rivojlanishning asosiy voqealari va jarayonlari. (2 soat) Reja



Download 202 Kb.
bet5/9
Sana19.04.2023
Hajmi202 Kb.
#930088
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu

5.Turkiyada Tanzimot davri.
Sulton Mahmud II 1826 yil Yanicharlar korpusini tugatgach, 1828-1829 yillardagi rus-turk urushidan keyin feodallar o’rtasidagi urushlarni to’xtatish, markaziy hokimiyatni mustahkamlashga qaratilgan bir qator islohotlarni amalga oshirishga harakat qildi. U o’z siyosatida yangi tipdagi pomeshchiklarga, amaldorlarga va ofitserlarning bir qismiga tayandi. U urush arafasida Anatoliyalik yirik amaldorlarning qarshiligini sindirishga va ularni bo’ysundirishga erishgan edi. Urushdan keyin len tizimini batamom tugatishga kirishildi, len mulklari davlat fondiga o’tkazildi. Sipohiylar tovon (kompensatsiya) tarzida har yili nafaqa oladigan bo’ldilar. Dehqonlar va boshqa ijarachilar o’z to’lovlarini bevosita davlatga to’laydigan bo’ldilar.
Ba’zi ichki bojlar tugatilib, yangi ma’muriy bo’linish joriy qilindi. Viloyat hukmdorlari markaziy hokimiyat tomonidan tayinlanar va unga bo’ysunar edi. Istambulda harbiy meditsina bilim yurti ochildi. 1832 yildan boshlab birinchi turk rasmiy gazetasi – “Taqvimi-voqea” (Voqealar kundaligi) chiqa boshladi. 1833 yilda “Tarjima o’dasi” (“Tarjimaxona”) ochilib, frantsuzcha biladigan ma’murlar tayyorlash dasturi ishlab chiqildi. Yevropacha maktablar ochilib, majburiy boshlang’ich ta’lim joriy qilindi. Sulton soqol-mo’ylovini oldirib, Yevropacha shamoyilga kirdi.
Mahmud II 1839 yilda vafot etgach taxtga uning 16 yoshli o’g’li Abdul Majid o’tirdi. Uning hukmronligi davrida yangi va ancha jiddiyroq islohotlar o’tkazishga xarakat qilindi. Bu vaqtga kelib islohotlar tayanishi mumkin bo’lgan qatlamlar ancha kengaydi. Sulton amaldorlari ichida uncha katta bo’lmagan ma’rifatli ziyolilar qatlami paydo bo’ldi. Kuchayib borayotgan komprador burjuajiya ham o’zining shaxsiy va mulkiy manfaatlarini, huquklarini feodallar o’zboshimchaligidan himoya qiladigan islohotlardan mafaatdor edi. Xalq ommasi noroziligining o’sishi, sinfiy kurashning keskinlashuvi, ezilgan xalqlar milliy-ozodlik harakatining yuksalishi, turk-misr urushi va chet davlatlarning ichki ishlarga aralashuvi hukmron sinfning ancha uzoqni ko’ra oluvchi vakillarini yuqoridan turib yana bir marta islohotlar o’tkazish uchun harakat qilishlariga olib keldi. Islohotlar tarafdorlariga taniqli turk siyosiy arbobi va diplomati Rashid poshsho rahbarlik qildi.
Yangi sulton Abdul Majid tomonidan tashqi ishlar vaziri qilib tayinlangan Rashid poshsho islohotlar dasturini ishlab chikdi. Turk qo’shinlarining mag’lubiyati tufayli qiyin ahvolda qolgan sulton. darhol islohotchilar taklifini qabul qildi. 1839 yil 3 noyabrda tantanali vaziyatda sultonning islohotlar to’g’risidagi reskripti (yorlig’i) “Gulxonai hatti sharifi” e’lon qilindi. Unda yangi tartiblarni hayotga tadbiq qilish orqali quyidagilarni ta’minlash va’da qilingan edi.
1. Qaysi dinga e’tiqod qilishlaridan qa’tiy nazar imperiyada yashovchi barcha fuqarolarning or-nomusi va mulkiy daxlsizligini ta’minlash.
2. Otkup tizimini bekor qilib, soliqlarni muntazam taqsimlash va undirib olishni amalga oshirish.
3. Harbiy xizmatga chaqirishda adolat o’rnatish, harbiy xizmat muddatini belgilab qo’yish.
“Gulxonai hatti sharifi” Turkiyada Tanzimot (o’zgarish, islohot) davrini ochib bergan Rashid poshsho tomonidan ishlab chiqilgan islohotlarning umumiy dasturi va boshlanishi edi.
Islohotlar siyosati hukmron sinf vakillari ko’pchiligining bu islohotlarga qarshi chiqib, qattiq kurash ketayotgan bir paytda amalga oshirildi. Sulton Abdul Majid Tanzimotga majburiy holda yon berish deb qarardi. Rashid poshsho bir necha marta tashqi ishlar vaziri va bosh vazir lavozimidan olinib yana qayta bu lavozimga tiklandi. Shunga qaramasdan 1839 yilda sulton yorlig’i e’lon qilingach, bir qator o’zgarishlar sodir bo’ldi. Yangi qonunlarni ishlab chiqish va ularni bajarilishini nazorat qilib borish uchun “Yustitsiya oliy kengashi” ta’sis etildi.
Savdo yo’llari va savdo qonunchiligi joriy qilindi, pul islohoti o’tkazildi. Amaldorlarga aniq mikdordagi maosh belgilandi. Armiyada ham bir qator islohotlar amalga oshirildi. Xalq ta’limi sohasida ham islohotlar o’tkazilib, dunyoviy ta’lim beradigan o’rta maktablar ochildi. Lekin islohotlar o’tkazishga bo’lgan urinish yuzaki xarakterda edi. 1839 yil yorlig’idagi va’dalarning ko’pchiligi qog’ozda qolib ketdi.
Yevropa davlatlari islohotchilik siyosatiga dushmanlik ko’zi bilan qaradilar. Hukmron feodal sinfning ta’siri kuchli guruhlari Rashid poshsho tomonidan e’lon qilingan bu cheklangan yangiliklarga ochiq va yashirin holda qarshilik ko’rsatib, uni amalga oshishiga to’sqinlik qilishdi. Tanzimot Turkiyaning mustaqilligini mustahkamlashga, uning Yevropa davlatlarining o’ziga nisbatan olib borayotgan agressiv siyosatiga qarshilik ko’rsatishning kuchayishiga yordam bermadi.
1856 yil fevralda sulton manifest chiqarib, unda 1839 yil e’lon qilingan islohotlarni qayta tiklab, uni bajarilishini e’lon qildi. Bu manifest 1839 yildagi yorliqdan farq qilib, u ko’proq Turkiya ustidan o’z taziyqini kuchaytirishga intilgan ingliz-frantsuz diplomatiyasining ishtirokida ishlab chiqilgan edi. 1856 yildagi manifest 1839 yil e’lon qilingan musulmon va nomusulmon aholining teng huqukligini tasdiqladi. Turk millatiga mansub bo’lmagan burjuaziyaning huquqlarini kengaytirdi. Chet elliklar yerga va ko’chmas mulkka ega bo’lish huquqini oldilar.
60 yillarda tsex reglamentatsiyasi bekor qilinib, ma’muriy sohada islohotlar o’tkazildi. Boshlang’ich, o’rta va oliy maktablar ochish davom qildirildi. Maktablarga rahbarlik qilish uchun maorif vazirligi tashkil etildi. 60 yillar o’rtalarida dunyoviy ta’lim beradigan boshlang’ich maktablarda 600 mingga yaqin o’quvchi bor edi. O’rta maktablar soni 10 dan oshmasdi. Shu bildan birga machitlar qoshidagi maktablar ham saqlanib qolgan edi. Boshlang’ich dunyoviy maktablarda esa o’quv vaqtining yarmi din uchun ajratilgan edi. 1869 yil 3-4 yillik umumiy ta’lim to’g’risida qonun qabul qilindi. Tanzimotning ikkinchi davridagi (1856-1870) islohotlar Usmoniylar imperiyasi ahvolini sezilarli darajada o’zgartira olmadi. Umumiy holda tanzimot siyosati muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Tanzimot mamlakatda sanoat rivojlanishi uchun sharoit yaratib bera olmadi.
XIX asrning 60 yillarida Turkiyada Yevropaning burjua tartiblari, burjua mafkurasi bilan tanishgan turk ziyolilari ichida ma’rifatparvarlik va liberal-konstitutsion harakat yuzaga kela boshladi. Ular ichida yozuvchi va publitsist Ibrohim Shinosiy, Nomiq Kamol va boshqalar bor edi. Ular tomonidan tashkil qilingan “Ma’rifatparvarlik jamiyati”, “Kitobxonlar jamiyati” ziyolilar va o’quvchi yoshlar orasida ma’rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib qila boshladi. Ibroxim Shinosiy, Nomiq Kamol va boshqalar o’zlarining siyosiy qarashlari bo’yicha Turkiyani konstitutsion monarxiyaga aylantirish tarafdorlari edilar. 1865 yilda Istambulda ular ishtirokida “Yangi usmonlilar” nomli yashirin siyosiy tashkilot tuzildi. Bu tashkilotning asosiy maqsadi Turkiyada konstitutsion tuzum o’rnatish edi. Ular fitna uyushtirish yo’li bilan sulton Abdulazizni (1861-1876) konstitutsiya berishga majbur qilmoqchi edilar. Lekin 1866 yil fitna fosh bo’lib, uning ko’pchilik a’zolari qamoqqa olindi.

Download 202 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish