8-mavzu: Usmoniylar imperiyasi (Turkiya) yangi davrda: tarixiy rivojlanishning asosiy voqealari va jarayonlari. (2 soat) Reja


Mavzu bo’yicha qisqacha xulosalar



Download 202 Kb.
bet9/9
Sana19.04.2023
Hajmi202 Kb.
#930088
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu

9.Mavzu bo’yicha qisqacha xulosalar.
O’rta asrlarda qudratli davlat hisoblangan Usmoniylar imperiyasi Yangi davrga kelib o’zining harbiy va iqtisodiy qudratidan mahrum bo’lib bormoqda edi. Aholining uchdan bir qismini turklar tashkil qiluvchi bu ulkan imperiya iqtisodiy jihatdan ham, harbiy jihatdan ham, siyosiy jihatdan ham mustahkam emas edi. Sulton armiyasining asosiy zarbdor kuchi hisoblangan va harbiy-len tizimi asosida tashkil qilingan sipohiylar qo’shini ham o’zining avvalgi shuhratini va qudratini yo’qotib bo’lgan edi. Sipohiylarning ko’pchiligi endilikda harbiy xizmatdan ko’ra o’z yer mulkida shug’ullanishni afzal ko’rardi. Sulton gvardiyasi hisoblangan Yanicharlar qo’shini ham harbiy va ma’naviy jihatdan aynib, endilikda saroy to’ntarishlarini amalga oshiruvchi kuchga aylanib bormoqda edi.
Turk sultonlarining Yevropa davlatlariga bergan kapitulyatsiya yorliqlari Yevropa davlatlarining Usmoniylar imperiyasiga kirib kelishiga keng yo’l ochib berdi. Natijada XVIII asr oxiriga kelib Yevropa davlatlari Usmoniylar imperiyasida muhim savdo mavqeiga ega bo’ldilar.
XVIII asr oxiriga kelib Usmoniylar imperiyasi bilan bog’liq holda “Sharq masalasi” paydo bo’ldi. Angliya, Fransiya, Rossiya va Avstriyaning hukmron sinflari tomonidan Usmoniylar imperiyasi tarkibidagi strategik, iqtisodiy va siyosiy muhim hududlarni bosib olishga intilish va bu imperiya tomonidan asoratga solingan xalqlarning turklar zulmiga qarshi milliy mustaqillik va mustaqil davlat tuzish uchun olib borgan kurashlari “Sharq masalasi”ning tarkibiy qismlari edi.
Turkiyaning hukmron doiralari imperiyani inqirozdan olib chiqish va imperiyaning yaxlitligini saqlab qolish uchun bir necha marta islohotlarni amalga oshirishga intildilar. Sulton Salim III, buyuk vazir Mustafo poshsho Bayrokdor, sulton Mahmud II tomonidan boshlangan islohotlar hukmron doiralarning qarshiligiga uchrab, yakunlanmasdan qolib ketdi.
XIX asr o’rtalariga kelib Usmoniylar imperiyasida konstitutsiya joriy qilish tarafdorlari bo’lgan “Yangi usmonlilar”ning faoliyati kuchaydi. Natijada sulton 1876 yilda Usmoniylar imperiyasi konstitutsiyasini joriy qilish to’g’risida farmon chiqardi. lekin bu konstitutsiya faqat qog’ozda qolib ketdi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan Usmoniylar imperiyasining chet davlatlarga qaramligi yanada kuchaydi. Chet davlatlarga qarshi olib borilgan urushlar va imperiyadagi ozodlik kurashlari iqtisodiy va siyosiy inqirozni yanada kuchaytirdi. Sulton hukumati 1878 yilda o’zini bankrot deb e’lon qildi. Natijada kredit bergan chet davlatlar vakillaridan iborat Ottoman davlat qarzi boshqarmasi tuzilib, u imperiya moliyasi ustidan o’z nazoratini o’rnatdi. Usmoniylar imperiyasini moliyaviy jihatdan asoratga solish yakunlandi.
Turkiyada XIX asr oxirlarida mamlakatni chet elliklar qaramligidan ozod etish va imperiya bir butunligini saqlab qolishga intilgan siyosiy kuch – “yosh turklar” harakati paydo bo’ldi. Ular asosan Usmoniylar imperiyasini bir butun holda saqlab qolish va konstitutsion monarxiya o’rnatish tarafdorlari edilar. Yosh turklar 1908-1909 yillarda inqilobni amalga oshirib, hokimyatga keldilar. Lekin “yosh turklar” hokimyatining siyosati avvalgi reaktsion tuzumlardan uncha farq qilmasdi.
Birinchi jahon urushi boshlanib ketgach, sulton hukumati Germaniya bilan yaqinlashish yo’lidan bordi va 1914 yil oktabrda Germaniya bloki davlatlariga qo’shilib, Antantaga qarshi urush boshladi. Lekin bu urush Usmoniylar imperiyasi uchun halokatli tus olib, uning mag’lubiyati bilan yakunlandi.
Savol va topshiriqlar
1.Usmonlilar davlati qachon vujudga keldi.
2. Usmonlilar davlatida yer egaligi munosabatlari.
3. Tanzimot islohati nima.
4. Sulaymon qonuniy islohatlarini yoriting.
5. Usmonlilar davlatining inqirozi sabablarini sanang.
Download 202 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish