jadval
Ko‘rsatkichlar
|
Miqdorlagichlar
|
AVDS-425D
|
AVDS-1200D
|
AVDS-2400D
|
AVDI-425D
|
AVDI-1200D
|
AVDI-2400D
|
AVDJ-1200D
|
AVDJ-2400D
|
Maksimal yuk, k.N.
|
15
|
30
|
70
|
60
|
120
|
130
|
20
|
50
|
Minimal yuk, k.N.
|
3
|
10
|
30
|
8
|
20
|
25
|
1
|
5
|
Miqdorlashdagi chetlanish, %
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
2
|
O‘lchash siklining maksimal davri,s
|
45
|
45
|
45
|
45
|
45
|
45
|
45
|
45
|
Siferblat ko‘rsatkichi bo‘linmalari qiymati, kN
|
0,025
|
0,05
|
0,1
|
0,1
|
0,2
|
0,2
|
0,02
|
0,05
|
Tarmoqdagi havo bosimi, kN/sm2
|
0,6
|
0,6
|
0,6
|
0,6
|
0,6
|
0,6
|
0,6
|
0,6
|
Gabaritlari, mm:
uzunligi
kengligi
balandligi
Massasi, kg
|
1706
960
1680
495
|
1706
960
2095
520
|
-
-
-
-
|
2060
1175
1910
570
|
2060
1175
2660
600
|
1555
1130
2660
586
|
1290
960
1945
241
|
1560
1100
2600
479
|
Suv-sement nisbotini zaruriy barqaror bo‘lish sharti -to‘ldiruvchilarning namligini hisobga olish, qaysiki hatto yaxshi sharoitda ham 10 da 15% gacha, noxush sharoitga ega 20 dan 30%gacha bo‘lishi mumkin. To‘ldiruvchilarning namligini har xil usul bilan aniqlash mumkin. Asosan korhonalarda to‘ldiruvchilar namligi 1 kecha kunduzda namuna 1-2 marta quritilib aniqlanadi. Biroq bunday usul bilan namlikni aniqlashda tarkibni operativ tuzatish uchun ma’lumotlar olib bo‘lmaydi.
To‘ldiruvchilarning namligini tinimsiz va etarli aniqlik bilan aniqlash hozirgi davrda elektrometrik usul asosida, qaysiki kelajakda keng qo‘llaniladigan neytron usuli bilan hal qilinadi. U to‘ldiruvchilarning namligini 1,5-10% intervalda to‘xtovsiz 0,2-0,3% aniqlik bilan nazorat etish imkonini beradi. SHuningdek boshqa qiyosiy sodda va etarli aniq to‘xtovsiz nazorat usuli ishlab chiqilgan, masalan to‘ldiruvchilarning tok o‘tkazuvchanligi uning namligiga bog‘liqligi. Avtomat ravishda suvning miqdorini korreksiyalash qurilmasi sxemasi ishlab chiqilgan, S/S ning doimiyligini ma’lum darajada ta’minlash imkonini beradi (-rasm). Beton qoruvchida to‘ldiruvchilarning ko‘rsatilgan parametrlarini bevosita aniqlashda zichlik va namligi hisobidagi suvni miqdorlash korreksiyasi sxemasi anchagina takomillashgandir.
Siklli miqdorlovchilardan farqli, beto‘xtov harakatlanadigan miqdorlovchilar materiallarni uzluksiz miqdorlashni avtomat ravishda ta’minlaydi. Bunday miqdorlovchilarni zavodlarda uzluksiz harakatdagi beton qoruvchilarda qo‘llaniladi. Ular to‘g‘ri ta’sirli va to‘g‘ri ta’sirli bo‘lmagan miqdorlovchilarga bo‘linadi.
To‘g‘ri ta’sirli miqdorlovchilarda bir agregatda miqdorni o‘lchash va miqdorlangan materialning uzatilishini o‘zgartiradigan moslama joylashtiriladi, to‘g‘ri ta’sirli bo‘lmagan miqdorlovchilarda ikkita mustaqil agregat joylashgan bo‘ladi. Ko‘proq qo‘llaniladigan miqdorlovchilar mayatnikli uzluksiz xarakatdagi miqdorlovchilardir (rasm), tarkibiga ta’minlovchi voronka, uzatma bilan tarozli konveyer va richag sistemasini o‘z ichiga oladi. Torozli konveyer richag sistemasi orqali zaslonka (qopqoq) bilan bog‘langan bo‘lib, konveyer lentasida material qatlami balandligini kerakli massa bo‘lguncha qadar o‘zgartiradi.
rasm. SB-26A rusumli to‘ldiruvchilarni miqdorlash
a - miqdorlovchi sxemasi; b - muvozanat holatdagi miqdorlovchi; v - miqdorlanuvchi materialning kerakli miqdordan kam bo‘lgandagi miqdorlovchi holati; 1 - ta’minotchi voronka; 2 - ilgaklar; 3 - prizmali (ko‘p qirrali) tayanchlar; 4 - qimirlamaydigan qopqoq; 5 - qimirlaydigan qopqoq; 6 - yuklar. 7 - vintlar; 8 - tortilgan baraban; 9 - lenta; 10 - uzatuvchi baraban; 11 - yulduzcha; 12 - zanjirli uzatish; 13 - konveyer ramasining yon qismi; 14 -variator; 15 - richag
Do'stlaringiz bilan baham: |