8-mavzu: Qurilish qorishmasi. Umumiy ma’lumotlar Reja



Download 1,28 Mb.
bet2/4
Sana09.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#764702
1   2   3   4
Bog'liq
8-mavzu (2)

a – bir qatorli; b – ikki qatorli; v – to‘p-to‘p xolida

Beton qoruvchi qurilmalarni joyida va masofadan turib avtomatik boshqarish mumkin. Joyida boshqarilganda miqdorlovchi teshiklari qo‘l bilan ochib, yopiladi, yuklovchi asbobning xolati o‘zgartiriladi, ya’ni suriladi. Turli turdagi asboblarda barcha elektrodvigatellar alohida boshqarish pultiga ega. Masofadan avtomatik boshqarish, elektrodvigatellarni ishga tushurish va ishdan to‘xtatish, shuningdek texnologik jarayonni reja asosida moslash pul’t bilan olib boriladi. Beton qoruvchi sexlar yoki beton zavodlari tarkibiga sement va to‘ldiruvchilar omborxonasi, qo‘shimcha tayyorlovchi moslamalar, materiallarning operativ zaxirasini hosil qiladigan sarflovchi bunkerlar, transport vositalari, tarkibiy qism (komponent)larni miqdorlab beruvchi apparatlar, qoruvchi moslamalar, beton qorishmasini uzatuvchi moslamalar, avtomatik boshqarish va nazorat qilish moslamalari, yordamchi moslamalar (energetik xo‘jaligi, isitish sistemalari va boshqalar) kiradi. Kam quvvatli temir-beton zavodlarining beton qoruvchi sexlari yillik ishlab chiqarishi 50 ming m3 beton, o‘rtacha va katta quvvatda -100 va 250 ming m 3 betonga va tovar beton zavodlari 250 ming m 3 va undan ortiq quvvatga ega.


Beton qorishmasi komponentlarini miqdorlash

Miqdorlash – bu, qoruvchiga tushirish davrida xom ashyoning miqdorini o‘lchash jarayonidir. Beton qorishmasi komponentlarini miqdorlash betonning loyihadagi zaruriy xususiyatlarini ta’minlaydigan darajada aniqlik bilan bajarilishi shart. Miqdorlash usuli bilan beton qorishmasi tayorlanganda komponentlar vazni bilan, suv va suyuq qo‘shimchalar ham vazni, ham hajmi bilan miqdorlanadi. Hajmi bilan miqdorlanadigan to‘ldiruvchilar faqat katta bo‘lmagan beton qorishmasi tayorlanganda ruxsat etiladi. Hajmli miqdorlashda sochiluvchan materiallarning hajm og‘irliklari turlicha bo‘lishlari bilan tushuntiriladi. Sement, suv va qo‘shimchalarning miqdor aniqligi hisobdagi miqdordan chetga chiqishi 2%, to‘ldiruvchilar 2,5%dan oshmasligi kerak. Bu shartlarni 80% dan kam bo‘lmagan o‘lchovlar qoniqtirishi shart.



rasm. AVDI-1200 rusumli to‘liduvchilarni tarozida miqdorlovchi uskuna
1 – g‘ilof; 2, 27 – osqilar; 3 – ilgaklar; 4, 17 – yuk ko‘taruvchi richaglar; 5 – osma moslamalar; 6, 29, 30, - uzatma (peredatochnыe)richaglar; 7, 15, 21 – pnevmatik silindrlar; 8, 14 – voronkalar; 9, 11, 13 – elektrpnevmatik klapanlar; 10, 12, 22 – oxirgi o‘chiruvchilar; 16 – rama; 18, 19 – sektorga kirituvchi zatvorlar(muruvvatlar); 20 – tarozili bunker; 23 – chiqaruvchi zatvor (muruvvat); 24 – siferblatli ko‘rsatkich; 25 – dempfer (moy bilan ishlovchi mo‘tadillashtiruvchi); 26 – maydoncha, 28 – boshqariluvchi vint; 31 - tortqi

rasm. Masofadan massani belgilovchi moslama
1 – strelka; 2 – bayroqchali ekran; 3 –uzgartiruvchilar (preobrazovateli); 4 – tirqishlar; 5 – belgilovchi strelkalar; 6 – valiklar; 7 – shturvallar; 8 – tishli disk; 9 – shesternalar; 10 – o‘q bo‘shlig‘i


rasm. Hajmiy-tarozili miqdorlovchi sxemalari
a – doimiy hajm bilan; b – sharnirli devorchali; v – harakatlanuvchi dvorchali; g – teleskopik; d – sektorli ta’minlovchi; 1 – ta’minlovchi bunker; 2 –miqdorlovchi;, 3 – to‘siqcha,; 4 – richag, 5 – ta’minlovch; 6 – harakatlanuvchi devorcha; (I – birlamchi boshlang‘ich xolat; II – ikkilamchi tugal xolat; 7 – yakuniy o‘chiruvchi; 8 – uzatma; 9 – sektorli ta’minlovchi; 10 – taqsimlovchi voronka



rasm. Mayda to‘ldiruvchi namligini inobatga olgan xolda avtomatik ravishda suv miqdorini korreksiyalovchi uskunaning prinsipial sxemasi
1- neytronli datchik; 2 – elektronli; korrelyator; 3 – sanoq-hisoblash moslamasi; 4 – boshqaruv pulti; 5 – amalga oshiruvchi blok; 6 – suv miqdorlovchi; 7 – mayda to‘ldiruvchini miqdorlovchi; 8 – yirik to‘ldiruvchi miqdorlovchi; 9 – sement miqdorlovchi; 10 – yig‘uv bunkeri; 11 – betonqorishtirgich

Miqdorlovchilar ishini xarakteriga qarab klassifikatsiyalanadi: siklli va beto‘xtov harakatlanuvchi, ishlash prinsipiga qarab hajmli, vaznli va aralash, boshqarishga qarab qo‘l bilan, yarim avtomat va avtomat boshqarishga bo‘linadi. Miqdorlovchi turini beton qoruvchi moslamaning komponovkasiga, beton qoruvchining turiga, qorishma markasining soniga va boshqa faktorlarga qarab aniqlanadi. Siklli vaznli miqdorlovchilar keng tarqalgan. YArim avtomat miqdorlovchilarda yuklash va material vaznini o‘lchash, avtomat usulda bajariladi. Operator ularni beton qoruvchiga uzatish vazifasini bajaradi. Avtomat miqdorlovchilarda zarur vazifalarni operatorsiz bajariladi. Tarozli miqdorlagich vazinni miqdorlaydigan bunker o‘lchagichdan, yuk ortiriladigan moslamadan, tarozli mexanizm va boshqarish mexanizmlardan tashkil topadi. YUk ortadigan moslama tamba ko‘rinishida tayorlangan bo‘lib, uning yordamida material oqimi ochiladi va oqim tartibga solib turiladi. Ta’minlovchilar (tarnov yoki vintli konveyer) yordamida materiallar ortiladi. Ta’minlovchilar miqdorlovchini ravon yuklanishini ta’minlaydi. Avtomat miqdorlovchilar asosan 2 turda ishlab chiqariladi: AVD va DB. AVD turdagi miqdorlovchilar siklli beton qoruvchilarda materiallarni miqdorlashga imkon beradi (rasm). Miqdorlanadigan materialning turiga qarab miqdorlovchilar quyidagilarga bo‘linadi: AVDS-sement uchun, AVDI- to‘ldiruvchilar uchun, AVDJ-suyuqlik uchun.


Miqdorlovchining tarozli asbobi siferblat ko‘rsatgichli massani beruvchi bilan qurollangan (rasm). Massa beruvchi kontaktli (simobli, magnit simobli) va kontaktsiz (fotoelektrik) turlarga bo‘linadi. Oldingilari ancha sodda, lekin ishonchni oqlamaydigan. Miqdorlanayotgan material kerakli vaznga ega bo‘lganda siferblatning strelkasi datchikdan o‘tadi va ta’minlovchi yoki uzatmaga signal beradi. Miqdorlovchini tarozli sig‘imida vazn richag sistemasi bilan moslashtiriladi. Keyingi yillarda anchagina ishonchli va aniq richagsiz vazn o‘lchaydigan moslamani ixtiro qilinayapti, bu moslama asosan tenzometrik massa datchiklidir. Material sarfini hisobga olish uchun miqdorlovchiga registratsiya asbobi o‘rnatilgan. To‘ldiruvchilar uchun miqdorlovchi bir va ko‘pfraksiyali bo‘lishi mumkin. Ko‘pfraksiyali miqdorlovchi to‘ldiruvchining bir necha fraksiyalarini galma-gal miqdorlash imkoniga ega. AVD turdagi miqdorlovchining texnik xarakteristikasi jadvalda keltirilgan.
G‘ovak to‘ldiruvchilarni miqdorlash uchun hajm-vaznli miqdorlovchidan foydalaniladi (rasm). Hajm-vaznli miqdorlovchini konstruktiv tuzilishi ikkita alohida bunkerdan iborat. Miqdorlanayotgan material sarflaydigan bunkerdan tambaning holatiga qarab birinchi va ikkinchi bunkerga tushadi. Tenzorezistor yopishtirilgan 2-ta kuch o‘lchaydigan aylana turidagi elementga tayanadi. Har bir tarozli bunkerda satx ko‘rsatkichi o‘rnatilgan. Miqdorlagichdagi tartibga soluvchi moslama o‘lchangan hajm va vazinni yozib qo‘yadi.
Betonning talab qilinadigan xususiyatiga erishishning asosiy sharti suv va sement munosabatini doimiy ravishda saqlashdir.

AVD turidagi miqdorlagichning texnik xarakteristiksi



Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish