Pastda qishloq, toshlarga qapishibdi zich —
Faqir uylar qaldirg’och inlari kabi.
Shoir faqir uylarni qaldirg’och inlariga o’xshatadi. Albatta, qaldirg’och inlarining o’xshatish etaloni sifatida tanlanishi Oybekning tiyrak nigohi maxrulidir. Agar faqir uylar to’lig’icha tavsiflanadigan bo’lsa, hatto bir-ikki sahifa ham kamlik qilardi va shunda ham bu o’xshatish etaloni ifodalaganiday yorqin va ta’sirli tavsif yo'zaga kelmagan bo’lardi. Faqir uylar qaldig’och inlariga bir emas, balki bir necha, ya’ni guvaladan kurilganliq kichikliq ko’rimsizliq osilganlik kabi belgilar asosida yaxlit holatda o’xshatilgan, mazkur ifoda aniqlik bilan bir qatorda ekspressiv buyokda ham ega. Mana yana bir oybekona o’xshatish:
Mana suvga tushar polvon qiz,
Tulqinlarni hech pisand qilmay...
Sochlar suvda qora ilonday
("Qizlar" she’ri).
Ko’chimlarning yana bir turi bo’lmish metonimiya tasviriy vosita sifatida nutqning ifodaliligini ta’minlashga xizmat qiladi. Narsa yoki tushunchalar o’rtasidagi muayyan aloqadorlik asosida birining nomi bilan ikkinchisining atalishi metonimiyaning mohiyatidir. Masalan, Dasturxonga qarang! jumlasidagi dasturxon so'zi metonimik qo’llan- gan, ya’ni dasturxondagi noz-ne’matlar nazarda tutilgan. Badiiy nutqdan olingan Quyidagi misollardagi metonimiya tufayli yo'zaga kelgan ifodalilikka e’tibor qiliig: Uning aytishicha, mingboshi etib borguncha qishlokning qariyb yarmi qirilib bitadi (Cho’lpon, "Kecha va kundo’z" romani). Ko’ltiqda Pasternak yo Pushkin, Hislarda uchadi dilgirlik (Oybeq "Bo’sh kunim..." she’ri). Bu erga termulib parishon dunyo To’g’rilab oladi kulda soatin (AOripov, "Kenglik nuktasi" she’ri).
Narsa yoki tushunchalar o’rtasidagi butun-bo’lak munosabati asosida birining nomini ikkinchisiga ko’chirish tarzida talqin etiladigan sinekdoxa ham ifodalilik uchun xizmat qiladi. Masalan, Bu kishi tirnoqa zor jumlasidagi tirnoq so'z sinekdoxa yuli bilan "farzand" kuchma ma’nosida qo’llangan, ya’ni nutqda "bo’lak" (tirnoq) nomi bilan "butun" (farzand) nomlangan. Ammo bu tasviriy vosita o’zbek nutqida u qadar keng tarqalgan emas, Ayrim misollar: Shop muylov o’rnidan turib ketdi: - Nafisamisan.? Voy-voy, - deb yuborganini o’zi bilmay qoldi (S.Ahmad, "Bahor qizlari" hikoyasi). Do’stlar eshigi ham taq-taq yopilgay, Fyccali qalb u yon gar kuysa qadam (A.Oripov, "Baxtiyor..." she’ri). Shunday o’tib borar umrimiz bekor... Oramizda sarson bir juft qora ko’z (A.Oripov, "Yondimu va lekin..." she’ri).
Mubolag’a va kichraytirish ham badiiy tasvir vositalaridan bo’lib, ular ham kuchma ma’noga asoslanadi. Mubolag’ada narsa, belgi-xususiyat oshirib, burttirib ifodalansa, kichraytirishda ular haddan ortiq darajada kichraytirib tasvirlanadi. Har ikki tasviriy vosita ham ifodalilikka xizmat qiladi, tinglovchi yoki o’quvchi diqqatini darhol jalb etadi. Xalq og’zaki ijodiyoti, badiiy adabiyot, so'z ustalari nutqida bu tasviriy vositalar anchayin keng qo’llanadi. Quyidagi parchalardagi mubolag’aga e’tibor qiling: Oh urarman, oh urarman, Oxlarim tutsin seni. Ko’z yoshim dars bo’lib, Baliklari yutsin seni
(Xalq kushig’i). Sovchining ko’pligidan ostonasi eyilib ketgan deydilar (Cho’lpon, "Kecha va kundo’z" romani). Ilojin topsa agar, ketmoning dastasin ham Erga qadab, termulib, ko’kartirguvchi bu xalq. Jazm etsa ko’kka buyar jahon xaritasin ham, Bugun cho’lga chiqibdi, niyati topsin barhaq (A.Oripov, "Qarshi kushig’i" she’ri). Ushbu parchalarda esa kichraytirish qo’llangan: Tariqday zaminning ustida beun Yashab utdi shundoq buyuk bir yurak (A.Oripov, "Noma’lum odam" she’ri). Shu zamon ko’zingiz oldida birdan Kichik chumolicha qolgusi Farhod... Yo'z yilda qaytibdi bunday falokat, Yo'z yil-ku tarixga — qoshning orasi (A.Oripov, "Avlodlarga maktub" she’ri).
Nutqning ifodaliligi, ta’sirchanligini oshirishda kinoya ("ironiya" ham deb ham yuritiladi, turli ko’rinishlarga ega) ham alohida o’rin tutadi. Bunda so'z yoki ibora o’z ma’nosiga tamomila qarama-qarshi bo’lgan kuchma ma’noda ishlatiladi. Kinoya so'zlovchining tasvirlanayotgan narsa yoki tushuichaga kesatikdi, pichingli, istehzoli, umuman, salbiy munosabatini ifodalash vositalaridan bo’lganligi uchun xam so'z yoki iboraning to’g’ri ma’nosiga zid, ya’ni inkor, salbiy buyokdi ma’no vokelanadi. Bunday kinoyaviy ma’noning vokelanishida nutq vaziyati, kontekst va intonatsiyaning ham alohida rol uynashini ta’kidlamoq lozim. Masalan, Bugun jug’rofiya o’qituvchisi darsga kelmadi. Xottok qilaman deb so’ridan yiqilib, oyog’ini sindiripti. Ajoyib "xushxabar"- dan keyin bir zumda sinf bo’shadi-qoldi (S.Ahmad, "Bir o’pichning bahosi" hajviyasi) parchasida xushxabar so'zi "shumxabar" tarzidagi kinoyaviy ma’noda qo’llangan. Kinoyada so'z yoki iboraning tildagi ma’nosi bilan nutqda reallashgan kuchma ma’nosi o’rtasidagi zidlik kuchli ta’kid oladi va shunga ko’ra birdaniga dikqatni jalb etadi. Quyidagi misollarda ham buni kurish mumkin: Yozuv mashinasi bo’lmagan tergovchi maxramasining mirzasi bechora protokolni juda zur dikqat va hafsala bilan ko’chirgan. Ori rost, erli halqning nomlarini yozishda u ham chalasavod bolalarning ishini qiladi, ya’ni "Akbarali" degan so'zni bir joyda "Umarali", yana bir joyda "Amir ug’li", yana bir joyda "Qambarvali" deb yuboradi (Cho’lpon "Kecha va kundo’z" romani).
Do'stlaringiz bilan baham: |