Beshinchidan, yoshlar Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Zamahshariy, Burxoniddin Marg‘inoniy, Motrudiy, Ahmad Farg‘oniy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Xusayin Voiz Koshifiy, Zixiriddin Muhammad Bobur kabi o‘lmas mutafakkirlar asarlarini o‘qigan, uqqan bo‘lishlari kerak;
Oltinchidan, bugungi yoshlar Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar”, Oybekning “Navoiy”, G‘ofur G‘ulomning “Shum bola”, “Sen yetim emassan”, Abdulla Qahhor, Xudoyberdi To‘htaboyevning romanlari, hikoyalari, qissalarini, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf, To‘ra Sulaymon, Mahmud Toir, Tog‘ay Murod kabi o‘nlab ijodkorlar asarlari, “Alpomish”, “Ravshan”, “Kun tug‘mish”, “Go‘ro‘g‘li” kabi dostonlarni o‘qigan bo‘lishlari zarur;
Yettinchidan, barkamol inson o‘zi yashayotgan hududdagi teatrga har xaftada hech yo‘q-sa bir marta borib turishi, oyda bitta badiiy asarni o‘qigan bo‘lishi kerak;
Sakkizinchidan, bugungi yoshlar “Axborot”, “Davr”, “Fursat”, “Poytaxt” informatsion dasturlarini, ommaviy axborot vositalari bo‘lgan kunlik gazetalardagi xabar va yangiliklardan xabardor bo‘lib borishlari kerak.
Milliy g‘oya ta’limida qo‘llaniladigan o‘qitish vositalari ichida o‘quv adabiyotlarining alohida o‘rni bor. “Biz darslik yaratishga eng ilg‘or va eng sharafli vazifa sifatida qarashimiz, yaxshi darslik yaratgan odamlarni boshimizga ko‘tarishimiz kerak. Darslikni, agar kerak bo‘lsa katta tanlov asosida yaratish lozim. Tanlov g‘oliblaridan mablag‘ni ayamasligimiz lozim”, – degan edi yurtboshimiz I.A.Karimovning 1997 yil 29 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX-sessiyasida so‘zlagan nutqida.
Aslida ta’lim turlarining xususiyatlaridan va nashr shaklidan qat’iy nazar barcha o‘quv adabiyotlari quyidagi umumiy talablarga javob berishi kerak:
davlat ta’lim standartlari (davlat talablari) asosida tayyorlanishi;
ta’lim-tarbiya jarayoniga hamkorlik pedagogikasi va o‘qitishning interaktiv uslublarini tadbiq qilishda ko‘mak berishi;
tegishli o‘quv fanining nazariy va amaliy rivojlanishida, uzoq va yaqin o‘tmishdagi boy intellektual merosimizning o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatishi;
intellektual insonparvarlik g‘oyalarining aks ettirilishi, insonning tabiat va ijtimoiy hayotda o‘ta mas’uliyatliligini anglatishga qaratilishi;
vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini shakllantirishi, mustaqil va ijodiy fikrlashga yo‘naltirishi;
ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishi, ta’lim va tarbiya uzviyligini ta’minlashi;
bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish, qiziqish uyg‘ota oladigan va mustaqil fikrlashga yo‘naltira oladigan xususiyatlarga ega bo‘lishi;
bilim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilishi, mustaqil ta’lim olishga qiziqish uyg‘otishi;
yuqori darajada umumlashtirilgan va zamonaviy ilmiy bilimlarga asoslangan ma’lumotlar (qonunlar, ayniyatlar, tasniflar va hokazo)dan tashkil topishi;
illyustratsiyalarga boy, ko‘rgazmali tasvir va badiiy-uslubiy jihatdan amaliy faoliyatga qaratilgan bo‘lishi;
bilim oluvchilarning yoshi psixo-fiziologik xususiyatlarini hisobga olishi;
bilimlarning mutloqligi va nisbiyligini yorqin ifodalashi;
ta’lim oluvchilarning bilimi, uquvi va ko‘nikmalarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
ta’lim va tarbiyani ijtimoiy hayot, unumli mehnat bilan uzviy bog‘lanishiga e’tibor berishi;
fan va texnika yutuqlarining ahamiyatini ifodalashi, ilmiy masalalarning mantiqiy ketma-ketlikda, fanning o‘quv dasturiga muvofiq bayon etilishi;
yaxlitlikni idrok qilish hissi shakllanishi uchun barcha ma’lumotlar mantiqiy bir tizimda berilishi;
matn jozibasi shaklda bayon etilishi.
Asosiy tushuncha va xulosalarning ta’riflari nihoyatda aniq va ravshan yozilishi, atamalarning umumiyligiga erishilishi.
Sanab o‘tilganlardan tashqari har bir ta’lim turining o‘quv adabiyotlariga o‘ziga xos bo‘lgan talablar qo‘yiladi.
o‘quv dasturiga to‘la mos keladigan va undagi mavzularni to‘laligicha qamrab oladigan shaklda yozish;
mavzularning soddadan murakkabga tomon o‘sishini, hamda o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash;
rasmlar, grafiklar, jadvallar, sxema va diagrammalar berilgan ma’lumotlar va tushuntirishlar bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi kerak;
darslikdagi takrorlanuvchi tushunchalarga va rioya qilinishi kerak bo‘lgan qoidalarga e’tiborni jalb etish maqsadida maxsus belgilardan foydalanish zarur;
fan, texnika va texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlarini inobatga olinishi;
O‘zbekistonning turli hududlaridagi o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan ehtiyojlarini va milliy xususiyatlar, turli madaniyatlarning hisobga olinishi;
o‘quvchilar yoshi, saviyasi va psixo-fiziologik xususiyatlarini inobatga olinishi, o‘g‘il va qizlarning qiziqishlarini teng ravishda va to‘la darajada hisobga olish kabi ongli tarzda tuzilgan misollar va dalillar mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |