8.5. Hududiy (mintaqaviy) indekslar.Omilli tahlil.
Indeks uslubi orqali har xil turdagi iqtisodiy-ijtimoiy xodisalarni faqatgina dinamikada taqqoslamasdan, balki shu iqtisodiy xodisalarni shu davrdagi (masalan, ishlab chiqarilgan maxsulotlarning hajmi, mehnat unumdorligi darajasi, sotish bahosining darajasi va hokazo) hudud (mintaqa)lar bilan ham taqqoslanishi mumkin. Shu holatlarni hisobga olgan holda hududiy (mintaqaviy) deb ataluvchi indekslardan foydalaniladi.
Demak, murakkab iqtisodiy xodisalarning hudud (korxona, tashkilot, tuman, viloyat, mamlakatlar)lar bo’yicha hisoblangan ko’rsatkichlar nisbati statistikada hududiy indekslar deb yuritiladi. Bu indekslar ham alohida, ham umumiy ko’rinishda bo’lishi mumkin.
Alohida hududiy indekslar taqqoslash nisbiy miqdorlariga o’xshash bo’lib, muayyan ko’rsatkich (masalan, bahoning, tannarxning, mehnat unumdorligining, xosildorlikning va hokazo) ning vaqt bo’yicha (zamonda) o’zgarishi emas, balki hududlar bo’yicha (makonda) bo’lgan nisbatni tavsiflaydi (100-jadvalga qarang).
100-jadval.
Alohida hududiy indekslarni hisoblash tartibi.
t/r
|
Indeks turlari
|
Hududlar
|
Alohida hududiy indekslar
|
A
|
B
|
1
|
Baxo indeksi
|
pA
|
pB
|
; .
|
2
|
Tannarx indeksi
|
zA
|
zB
|
; .
|
3
|
Mehnat unumdorligi indeksi
|
tA
|
tB
|
; .
|
4
|
Xosildorlik indeksi
|
UA
|
UB
|
; .
|
5
|
Mahsuldorlik indeksi
|
qA
|
qB
|
;
|
Bu jadval shuni ko’rsatib turibdiki, ushbu indekslarni hisoblashda hyech qanday kiyinchiliklarga duch kelinmaydi. Chunki, bu yerda vazn masalasini aniqlashdek muammo yo’q. Masalan, «A»-hududda paxta xosildorligi 36,0 s., «B»-hududda esa 30,0 s. ga teng bo’lsa, u holda birinchi hududni ikkinchi ikkinchi hudud bilan taqqoslash orqali 1,20 (36,0:30,0) nisbiy ko’rsatkichga ega bo’lamiz, ya’ni «A»-hududning xosildorligi «B»-hududning xosildorligiga nisbatan 1,2 marta ko’pligini ko’rsatadi.
Umumiy hududiy indekslarni hisoblash jarayonida vazn masalasini aniqlashda ancha-muncha qiyinchiliklarga duch kelinadi. Bu yerda ayniqsa taqqoslash bazasi va vazn qilib qaysi bir obyekt (hudud)ni tanlash to’g’riligini xal qilish juda muhimdir. Bu, albatta, birinchi navbatda kuzatish oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarga qarab yechiladi. Masalan, ikki tumanning kolxoz bozorlarida sotilgan tovarlarning bahosini taqqoslamoqchi bo’lsak, qaysi bir tumanda sotilgan miqdorlarini vazn sifatida qabul qilish to’g’ri bo’ladi degan savol tug’iladi (101-jadvalga qarang):
101-jadval.
Ikkita tuman kolxoz bozorida bir oyda sotilgan «X» va «U» maxsulotning miqdori va bahosi to’g’risidagi ma’lumotlar.
Maxsulot turlari
|
«A»- tuman
|
«B»-tuman
|
Viloyat
|
Sotildi (t)
|
1kg maxsulot bahosi (so’m hisobida)
|
Sotildi (t)
|
1kg maxsulot bahosi (so’m hisobida)
|
Sotildi (t)
|
1kg maxsulot bahosi (so’m hisobida)
|
A
|
qA
|
rA
|
qB
|
rB
|
qB
|
rB
|
«X»
|
25
|
150
|
30
|
130
|
500
|
140
|
«U»
|
15
|
110
|
40
|
90
|
450
|
100
|
«A» tumani «B» tumaniga nisbatan X vaU maxsulotlaridagi o’rtacha baho qanday darajada bo’lgan? Bu savolga javob berish uchun bahoning umumiy hududiy indeksini quyidagicha hisoblaymiz:
yoki 117,4 % ni tashkil etadi.
Demak, «A»-tumanida sotilgan X va U maxsulotlarning o’rtacha bahosi «B»-tumaniga nisbatan – 17,4 (117,4-100,0)% ga yuqori ekan.
«B»-tumandagi o’rtacha baho «A»-tumandagiga nisbatan qanday darajada? Bu savolga javob berish uchun quyidagi ko’rinishdagi bahoning umumiy hududiy indeksni hisoblaymiz:
yoki 84,3 % ni tashkil etadi.
Bu degan so’z «B»-tumanda X va U maxsulotlardagi baho «A»-tumandagiga nisbatan – 15,7 (84,3-100,0) % ga pastdir.
Ko’rinib turibdiki, birinchi indeksimizda taqqoslash bazasi qilib «B»-tumandagi o’rtacha baho, vazn vazifasini bajarish uchun esa «A»-tumandagi maxsulot hajmi qabul qilinib olinadi. Ikkinchi holda esa, aksincha, taqqoslash bazasi qilib, «A»-tumandagi o’rtacha baho, vazn vazifasini bajarish uchun esa «B»-tumanidagi maxsulot hajmi qilib olinadi. Ikkinchi holda esa, aksincha, taqqoslash bazasi qilib, «A»-tumanidagi o’rtacha baho, vazn vazifasini bajarish uchun esa, «B»-tumanidagi maxsulot hajmi qabul qilinib olinadi.
Ayrim xollarda hududiy indekslarni hisoblashda vazn vazifasini bajarish uchun umumiy hudud (Respublika, viloyat) ga taalukli bo’lgan o’rtachalar ham qo’llaniladi:
,
bunda,
rA va rB – turli tumanlardagi bir turdagi maxsulotning bahosi;
q – viloyat, respublikada shu turdagi maxsulotning miqdori.
Yuqoridagi misollarimizda:
yoki 118,0 % ni tashkil etadi.
Demak, viloyatda sotilgan maxsulot miqdorini vazn qilib qabul qilingan «A»-tumandagi maxsulot bahosi «B»-tumandagiga nisbatan 17,4 % ga emas, balki 18,0 (118,0-100,0) % ga tengligini ko’rish mumkin.
Hududiy indekslarni hisoblashda vazn vazifasini bahoning o’rtacha darajasi ham bajarishi mumkin:
,
bunda,
Jq – ishlab chiqarilgan maxsulotlarning tabiiy hajmi indeksi;
qA va qB – taqqoslanayotgan obyektlarda ishlab chiqarilgan maxsulot miqdorlari;
– o’rtacha baho ( )
Ushbu misolimizda:
so’m.
so’m.
yoki 59,8 % ni tashkil etadi.
Demak, «A»-tumanda «B»-tumanga nisbatan «X» va «U» maxsulotlari – 40,2 (59,8-100,0) % ga kam ishlab chiqarilgan.
Ba’zi xollarda vazn vazifasini bajarish uchun optimal (qulay) tuzilma nisbiy miqdorlari ham qabul qilib olinishi mumkin. Masalan, ikki xo’jalikda g’alla ekinlari bo’yicha xosildorligi taqqoslanayotgan bo’lsa, u holda vazn uchun qaysi bir xo’jalikning xosildorligi yuqori bo’lsa, shu tumandagi ekin maydoni tuzilmasini qabul qilib olish maqsadga muvofiqdir (102-jadvalga qarang):
102-jadval
Ikkita xo’jalik bo’yicha ekin maydonlari (P) va xosildorligi (U) to’g’risidagi ma’lumotlar.
Ekin turlari
|
«A»- xo’jalik
|
«B»-tuman
|
PA (ga)
|
UA (s/ga)
|
UAPA
|
PB (ga)
|
UB (s/ga)
|
UBPB
|
Kuzgi bug’doy
|
520
|
30
|
15600
|
420
|
22
|
9240
|
Bahorgi bug’doy
|
120
|
20
|
2400
|
80
|
16
|
1280
|
Jami
|
640
|
28,1
|
18000
|
500
|
21,0
|
10520
|
Endi, ushbu jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida aniqlaymiz:
Hududiy o’zgaruvchan tarkibli o’rtacha xosildorlikning umumiy indeksini:
yoki
133,81 % ni tashkil etadi.
2. Hududiy o’zgarmas tarkibli xosildorlikning umumiy indeksini:
yoki 134,45 % ni tashkil etadi.
3. Hududiy tuzilmaviy siljishli ekin maydonlarning umumiy indeksini:
yoki 99,52 % ni tashkil etadi.
Endi, yuqorida hisoblangan hududiy indekslarning bir-biriga bog’liqligini ko’rib chiqamiz:
Demak, «A»-xo’jalikda o’rtacha xosildorlik «B»-xo’jalikka nisbatan – 33,81 (133,81-100,00) % ga ko’p bo’lib, buning o’zgarishiga ikkita omil ta’sir etgan:
Birinchidan, shu xo’jaliklardagi xosildorlikning o’zgarishi hisobiga 33,45 (134,45-100,00) % oshgan bo’lgan bo’lsa, ikkinchidan, ekin maydonlarning tuzilmaviy siljishli o’zgarishi hisobiga esa 0,48 (99,52-100,00) % ga kamayganligini ko’rish mumkin.
Endi indeks yordamida natijaviy belgiga ta’sir qiluvchi bir necha omillarning ta’sir kuchini ko’rib chiqamiz. Masalan, korxona bo’yicha quyidagi ma’lumotlar keltirilgan (103-jadvalga qarang).
103-jadval.
Omilli tahlil etish uchun dastlabki ma’lumotlar.
Ko’rsatkichlar
|
Bazis davr
|
Joriy davr
|
1. Yalpi maxsulot – ming so’m
|
6348,72
|
7132,48
|
2. Xodimlarning ro’yxatdagi o’rtacha soni
|
960
|
1000
|
3. Shu jumladan, ishchilar soni
|
780
|
820
|
4. Ishchilarning ishlagan ish kunlari – kishi-kuni
|
219,07
|
191,88
|
5. Ishchilarning ishlagan ish soatlari – kishi-soat
|
1511,5
|
1485,1
|
6. Shu jumladan, ish vaqtidan tashqari ishlagan soatlar
|
43,8
|
3,8
|
Berilgan ma’lumotlarga asoslanib, mehnat unumdorligi va ish vaqtidan foydalanish ko’rsatkichlarini hisoblab chiqamiz (104-jadvalga qarang).
104-jadval.
Ish vaqtidan foydalanish ko’rsatkichlarini hisoblash tartibi
Ko’rsatkichlar
|
Belgi-lar
|
Bazis davr
|
Joriy davr
|
Dinamika ko’rsat-kichlari
|
Soatbay unumdorlik (so’m hisobida)
|
a
|
4,2
|
4,8
|
1,143
|
Asosiy ish vaqtning kunlik uzunligi-soatda
|
b
|
6,70
|
7,72
|
1,152
|
Ish vaqtidan tashqari soatlar hisobiga uzaytirilgan ish kuni koeffisiyenti
|
v
|
1,030
|
1,003
|
0,976
|
Bitta ishchiga to’g’ri kelgan o’rtacha ishlangan ish-kunlari
|
g
|
281
|
234
|
0,833
|
Ishchilarning barcha xodimlar sonidagi salmog’i
|
d
|
0,8125
|
0,8200
|
1,009
|
Bitta xodimga to’g’ri kelgan yalpi maxsulot (so’m hisobida)
|
abvgd
|
6613,25
|
7132,48
|
1,079
|
Agarda, oltinchi omil sifatida ro’yxatdagi o’rtacha xodimlarning sonini qabul qilib olsak, («ye»), u holda yalpi maxsulot hajmining umumiy o’zgarishi quyidagi omillar ta’siri ostida bo’ladi:
yoki 112,35 % ni tashkil etadi, ya’ni yalpi maxsulot – 12,35 (112,35-100,00) %. yoki – 783,76 (7132,48-6348,72) ming so’mga oshgan.
Endi har bir omil ta’sirini hisoblashga o’tamiz:
yoki 114,28 %
ni tashkil etadi, ya’ni yalpi maxsulot hajmi «a» omil hisobiga – 14,28 (114,28-100,00) % ga yoki – 891,4 (7131,6-6240,2) ming so’mga oshgan (a1-a0)∙b1v1g1ye1
yoki 115,22 % ni tashkil etadi, ya’ni yalpi maxsulot hajmi «b» omil hisobiga – 15,22 (115,22-100,00) % ga yoki – 824,5 (6240,2-5415,7) ming so’mga oshgan (b1-b0)∙a0v1d1ye1
yoki 97,38 % ni tashkil etadi, ya’ni yalpi maxsulot hajmi «v» omil hisobiga – 2,62 (97,38-100,00) %ga yoki–145,8 (5415,7-5561,5) ming so’mga kamaygan (v1-v0) ∙a0b0g1d1ye1
yoki 83,27 % ni tashkil etadi, ya’ni yalpi maxsulot hajmi «g» omil hisobiga – 16,73 (83,27-100,00) % ga yoki – 117,0 (5561,5-6678,5) ming so’mga kamaygan (g1-g0)∙a0b0v0d1ye1
yoki 100,92 % ni tashkil etadi, ya’ni yalpi maxsulot hajmi «d» omil hisobiga – 0,92 (100,92-100,00) % ga yoki – 61,0(6678,5-6617,5) ming so’mga oshgan (d1-d0)•a0b0v0g0ye1
yoki 104,23 % ni tashkil etadi, ya’ni yalpi maxsulot hajmi «ye» omil hisobiga – 4,23 (104,23-100,00) % ga yoki – 268,78 (6617,50-6348,72) ming so’mga oshgan (ye1-ye0)•a0b0v0g0d0
Shunday qilib, yuqorida hisoblangan omillar ta’sirini quyidagicha umumlashtirish mumkin (290-betdagi 86-jadvalga qarang):
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 783,0 ming so’mlik qo’shimcha o’sgan yalpi maxsulotning 269,0 ming so’mi xodimlar sonining o’zgarishi hisobiga amalga oshgan. Qolgan 514,0 ming so’mi esa bitta ishlovchiga to’g’ri kelgan maxsulotning, ya’ni mehnat unumdorligining oshishi hisobiga bo’lgan. Bu o’rinda soatbay unumdorlikning oshishi kuchli ta’sir ko’rsatgan.
105-jadval
Omillar ta’sir kuchini tavsiflovchi mutlaq va nisbiy miqdorlar
Omillar
|
Belgilar
|
Yalpi maxsulot hajmining o’zgarishi
|
Ming so’m hisobida
|
% da
|
Soatbay unumdorligining o’zgarishi hisobiga
|
A
|
+891,4
|
+14,28
|
Asosiy ish vaqtida kunlik ish uzunligining o’zgarishi hisobiga
|
B
|
+824,5
|
+15,22
|
Ish vaqtidan tashqari ishlagan soatlar hisobiga uzaygan ish kunlarining o’zgarish hisobiga
|
V
|
-145,8
|
-2,62
|
Bitta ishchiga to’g’ri kelgan ish kunlarining o’zgarishi hisobiga
|
G
|
-1117,0
|
-16,73
|
Ishchilar salmog’ining o’zgarishi hisobiga
|
D
|
+61,0
|
+0,92
|
Xodimlar sonining o’zgarishi hisobiga
|
Ye
|
+268,78
|
+4,23
|
Jami
|
-
|
+782,88
|
+12,3
|
Do'stlaringiz bilan baham: |