8.6. Aholi daromadini indeksasiya qilish tartibi.
Aholi daromadini indeksasiya qilish deyilganda, aholi iste’mol buyumlari va maishiy xizmatlarning qiymatlashgan bir qismini yoki to’la qismini qoplash uchun fuqarolarning daromadini oshirish tushuniladi.
Indeksasiya – bu fuqarolarni ijtimoiy ximoya qilish bo’yicha davlat umumsiyosatining bir turi bo’lib, aholining, ayniqsa qashshoq qatlamdagi fuqarolar (pensionerlar, nogironlar, ko’p oilalilar, shuningdek, yoshlar)ning pul daromadlarini va ularning sotib olish qobiliyatini saqlab qolishga qaratilgan tadbir bo’lib hisoblanadi.
Indeksasiya bir yo’lakay beriladigan ish haqi, nafaka, stipendiya va boshqa turdagi daromadlarning darajalarini qayta qayta ko’rish yo’li bilan ham bajarilishi mumkin. quyidagilar indeksasiya obyekti bo’lib hisoblanadi:
pensiyalar;
stipendiyalar;
ijtimoiy nafaqalar (ko’p bolali oilalarga, ishsizlarga, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganlarga va boshqalar);
mulk shaklidan qat’iy nazar barcha korxona, muassasa va tashkilotlarda band bo’lgan xodimlarning ish haqi;
xalq bankiga qo’yilgan omonat pullar;
davlat zayomlari, turli qimmatli qog’ozlar va boshqalar.
Jahon amaliyotida asosan ikki usulda indeksasiya qilish ma’lum: avtomatik va yarim avtomatik (shartnoma asosida) usullar.
Avtomatik usulda – ish haqi baho indeksasiyasining o’sish suratiga qarab mutanosib ravishda oshiriladi va aholining zarar ko’rgan daromad qismi to’la qoplanadi. Ammo bu usul ish haqining samarali tashkil qilinishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, chunki bunda ish haqining oshishi mehnat unumdorligi bilan bog’lanmagan holda oshiriladi.
Jahon umumiy bozorida qatnashuvchi mamlakatlarida yarim avtomatik indeksasiya usuli qo’llaniladi. Bu usulning mohiyati quyidagidan iborat: bahoning oshishi hisobga olgan holda ish haqini qanchaga oshirish uchta tomon ishtirokida (davlat, kasaba uyushmalari va ishlovchilar) shartnoma tuzish yili bilan yechiladi
Indeksasiyani amalga oshirishda «Iste’mol savatchasi» tarkibini aniqlash zaruriyati tug’iladi. Bu zarur bo’lgan oziq-ovqat, sanoat mollari va xizmatlarning tirikchilik uchun kifoya qilinadigan hajmi «Iste’mol savatchasi» deb ataladi.
Bunda gap eng zarur talablarni bir amallab qondirish va kuchni tiklash haqida boradi, ya’ni shu narsalarsiz inson odamlardek hayot kechirishi amrimaxol bo’lib qoladi.
Ayrim xollarda aholi daromalarini «muzlatish» orqali ham aholi pul daromadlarini o’sishini sekinlashtirish yoki tuxtatib qo’yilishiga erishiladi. Bu siyosat ikki maqsadni ko’zlaydi:
Pulning bozor muomalasiga tushushini susaytirish orqali inflyasiyaga qarshi turish;
Aholini daromadini o’stirmay davlat, korxona, tashkilotlar daromadini oshirib, qo’shimcha jamg’arma xosil qilish va shu yo’l bilan investisiya uchun imkon berib iqtisodning o’sishini ta’minlash.
Demak, daromadlarni «muzlatish» inflyasiyaga qarshi chora ko’riladigan tadbirlar jumlasiga kiradi.
Ma’lumki 1992 yilgacha bo’lgan davrda omonatga qo’yilgan aholining mablag’lari «muzlatib» qo’yilgan edi. Natijada Respublikada 5 mln. kishining omonati qadrsizlanib, o’z harid qobiliyatini yo’qotgan edi. 1995 yilda esa bu adolatni tiklash maqsadida ana shu qadrsizlangan daromadlar indeksasiya qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |