8-mavzu innovatsiyalarning sohalar bo`yicha turlari reja


-rasm: Innovatsion loyihalarni korxonalar darajasida moliyalashtirish manbalari



Download 2,75 Mb.
bet38/65
Sana11.07.2022
Hajmi2,75 Mb.
#775820
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65
Bog'liq
Namangan muhandislik- texnologiya instituti (1)

17.3-rasm: Innovatsion loyihalarni korxonalar darajasida moliyalashtirish manbalari.
korxonani shaxsiy mablag‘lar, foyda, ammortizatsion ajratmalar, sug‘urtali to‘lovlar, nomoddiy aktivlarning jalb qilinmagan ortiqchalari, asosiy va aylanma mablag‘lar;
jalb qilingan mablag‘lar, aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar hamda badallar, maqsadli tushumlar va boshqalar;
har-har xil turdagi byudjet, bank va tijorat kreditlari ko‘rinishdagi qarz mablag‘lari va hakozalar.


Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Innovatsion loyihalarni asosiy maqsadi nima?
2. Ilmiy-texnik loyiha bilan axborot investiiyaviy loyihalar orasidagi farqni sharxlab bering.
3. Innovatsion loyihalarni ilmiy-texnik ahamiyati darajasi bo’yicha tasniflang.
4. Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish strategiyasini sharxlang.
18-mavzu. IQTISODIYOTDA INNOVATSION KLASTERLARNI SHAKLLANTIRISH ZARURIYATI (4 soat)

Reja:
1. Innovatsion texnologiyalarni amalga oshirishda klaster usullarni qo’llashni ahamiyati.


2. Innovatsion faoliyatni klaster usulida qo’llashda uni davlat tomonidan boshqarish.
3. Innovatsion klasterlarni rag‘batlantirish yo‘llari.


1. Innovatsion texnologiyalarni amalga oshirishda klaster usullarni qo’llashni ahamiyati
Mamlakatimizning jahondagi iqtisodiyot va sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga kirib borishining zarur sharti va mustaxkam poydevori bo’lib xizmat qiladi. Bunday vazifalarni talab darajasida amalga oshirish uchun xalq xo’jaligini turli soxalarida xalqaro standart talablariga mos bo’lgan raqobatdosh tovarlarni ishlab chiqarish uchun yangi innovatsion texnologiyalarni yaratib beradigan O’zbekiston respublikasini fani muhim ahamiyatga egadir.
Innovatsion marketing ilmiy-texnik va yangi g’oya, ishlama va texnologiyalarni hamda yaratilgan intellektual mulkni chuqur va har tomonlama o’rganib uning natijalarini zudlik bilan ishlab chiqarishga transfera qilish. Innovatsion marketing resurslari zamonaviy ilmiy-texnik axborotlar hisoblanib, ular iqtisodiy qimmat turadigan iste’mol bozori hisoblanadi. Ularni qidirish, tanish, maqsadga yo’naltirilgan ishlarni rejalashtirish, amalga oshirish va bular orqali o’z biznesini tashkil etish lozim bo’ladi.
Innovatsion marketingni asosiy o’rganadigan yo’nalishlari iqtisodiy, tashkiliy, boshqaruv, sotsial, psixologik, huquqiy faktorlari innovatsion jarayonlarga o’z ta’sirini o’tkazadi.
- ishlab chiqarish korxonalardagi innovatsion guruhlarni ishlari tezlik bilan tarqalishi innovatsion texnologik bilimlarni yuksalishiga raqobatbardosh bosimlarni boshqa klaster bo’limlarga o’tib korxona faoliyatini yuksalishiga olib keladi;
- yangi bilimlarni va texnologiyalarni tezlik bilan rag’batlantirilishi ishlab chiqarishda bo’limlarni shakllantirishga sababchi bo’ladi.
Oxirgi o’n yilliklar davrida yuqori ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo’lgan davlatlarda klaster strategiyalari rivojlanib bormoqda. Bu esa dunyo ilm-faniga yangi g’oyalarni va ishlamalarni yaratish bo’yicha katta saboq bo’lmoqda. Shuning uchun bugungi kunda ishlab chiqariladigan tovarlarni sifat ko’rsatkichlari darajasini oshirishda zamonaviy yangi nanotexnologiyalar, asbob uskunalar, laboratoriyalar uchun aniqlikni va tezlikni oshirish uchun yangi usullar va priborlar ishlab chiqilgan. Klasterlar asosan yuqori bilim darajasi, talablariga raqobatbardoshlik mezonlariga javob beradigan markazlarda tashkil topmoqda. Hozirgi vaqtda klaster talablari bo’yicha olib borilayotgan ko’p ishlar iqtisodiy tomondan rivojlangan davlatlarda kuzatilmoqda. Klaster asosan yangi g’oyali ilm-fan yutuqlarini har tomonlama mutahassislar ishtirokida tashkil etilishi mumkin bo’lgan texnologiyalar va texnikalar orqali olingan yangi assortimentdagi tovarlarni yoki xizmatlarni zudlik bilan ishlab chiqarishga tadbiq etilishini ta’minlaydigan va bozor "chuqurligini" yangi talab uchun zarur bo’lgan raqobatbardosh tovarlar bilan ta’minlab maqsadga yo’naltirilgan foydani olishga qaratilgan bo’lishi kerak. Bunday zamonaviy talablarga javob beradigan ilmiy-tadqiqot ko’rsatkichlari bilan isbotlangan va xalq xo’jaligida ishlab chiqarishga yo’naltirilgan bunday ishlarni kichik biznes sub’ektlarida amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Klaster talablari siyosatini markazida esa har tomonlama o’zaro faoliyatlar bo’yicha bog’lanish orqali qatnashuvchilarni bir-biriga xizmat yuzasidan bo’lgan e’tibori va sadoqati birgalikda bajarilayotgan ishlarni tez va muvaffaqiyatli bo’lishini ta’minlaydi. Klaster sistemasini tashkil etishda kichik va katta ishlab chiqarish korxonalar orasidagi gorizantal bog’lanish esa bozorda bir guruhga oid tovarlarni zamonaviy talablariga mosligini ta’minlaydi.
Zamonaviy klasterlar, odatda bir yo’nalishga yo’naltirilgan bir qancha ishlab chiqarish bo’laklaridagi shu sohaga tegishli bo’lgan firmalarni maqsadga yo’naltirilgan zanjirni bo’laklari hisoblanib doimo ular ma’lum bir mahsulotlar yaratishga ihtisoslashgan bo’ladi.
Zamonaviy fan va texnologiya tobora raqobatli bozor kurashiga jalb qilib borilmoqda. Fundamental bilimlar va ularning yakuniy mahsuli - ilmiy texnik mahsulot — iqtisodiyotning globallashuvi sharoitlarida davlatlarning geosiyosiy manfaatlarini amalga oshirishning muhim omiliga aylanmoqda.
Aholining turmush farovonligi o’sishi, mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’ati, ta’lim, fan va madaniyatning rivojlanishi, mudofaa qobiliyati bevosita yuqori texnologiyali kompleksni tarkibiy-texnologik qayta tuzishga bog’liq bo’lmoqda. Bu sohada yuqori malakali ilmiy, tadqiqotchi va muxandis kadrlar salohiyati katta rol o’ynaydi.

2. Innovatsion faoliyatni klaster usulida qo’llashda uni davlat tomonidan boshqarish


Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish va rag’batlantirish haqida yuqorida shakllantirilgan tezis jahon tajribalaridan kelib chiqqan holda mamlakatimizdagi vaziyatda innovatsion o’sish strategiyasini amalga oshirish ustuvor hisoblansada, bir qator sabablarga ko’ra bugungi kunda uni amalga oshirib bo’lmayapti.
Shunday qilib, ta’kidlash mumkinki, xozirgi paytda mamlakatda investitsion faoliyat amalga oshirilayotgan sharoitlar quyidagicha tavsiflanadi:

  • qonunchilik tomonidan yaqin, o’rta va uzoq istiqbollarga belgilangan milliy maqsadlar va ularga erishish bo’yicha aniq ifodalangan mexanizmlarning yaratilganligi;

  • makroiqtisodiy barqarorlik vazifalariga bo’ysundirilgan davlat strukturalari faoliyati natijalari doim ham texnologik rivojlanish va innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlash maqsadlariga mos kelavermasligi, ayrim xollarda esa unga zid kelishi;

  • mamlakatning milliy havfsizligi, iqtisodiy barqarorligi va rivojlanishi manfaatlarini ta’minlash vositasi sifatida innovatsion faoliyatga davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni amalga oshirish ehtiyojlarining hozirgi siyosiy darajada aniq ifodalanmaganligi.

Mamlakatning milliy maqsadlarini amalga oshirishga ko’maklashuvchi innovatsion siyosat o’tkazishni quyidagicha ifodalash mumkin (18.1-rasm).






Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish