Gruntlarning deformatsiyalanish xususiyatlari unga ta’sir etuvchi tashqi kuch ta’siri ostida o’zgarish holatini xarakterlaydi. Bu xususiyat- lar deformatsiya moduli va Puasson koeffitsiyenti orqali ifodalanadi. Gruntlarning deformatsiyalanish xususiyatlari, inshootlami tog’ jinslari muhitida ishlash sharoitini takrorlovchi model yordamida aniqlanadi. Ko‘p hollarda gruntlarning deformatsiyalanish xususiyatlari statik bosim ta’siri ostida aniqlanadi. Lekin yo'llar va zilzilaga qarshi quriladigan inshootlar uchun gruntlarning bu xususiyatlari vibratsion yoki o'zgaruvchan bosim ta’siri ostida o’rganiladi. Qoyatosh va donador jinslarning deformatsiyalanish xususiyatlari bir xil emas. Qoyatosh jinslarning deformatsion xususiyatlariga baho berishda deformatsiya moduli (Ye), egiluvchanlik moduli (Yec) va umumiy deformatsiya moduli (Ye.,m.) dan foydalaniladi. Donador jinslarning asosiy deformatsion xususiyatlariga undagi g’ovaklaming, suv vagazlaming siqilishi, jins-zarralari orasidagi maso- faning qisqarishi hisobiga o‘z hajmini kamaytirishi kiradi. Suvga to'yin- gan gruntning zichlanishi uning g‘ovaklaridan suvning siqib chiqarilishi bilan bog‘liq bo'lib, gruntning namligi kamayib boradi. Suvga to‘yin- magan gruntlar zichlanganda uning namligi ma’lum darajadagi bosim- gacha o'zgarmaydi. Zichlanish jarayoni vaqt mobaynida tashqi bosim ta’siri ostida sodir bo'ladi. Shuning uchun, gruntlarning siqiluvchanli- gini aniqlash maqsadida tashqi doimiy bosim ta’siri ostida aniqlanadi- gan so'nggi deformatsiya va vaqt birligi ichida o‘zgaradigan deformatsiya ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Birinchi guruh ko’rsatkichlariga zichlanish koeffitsiyenti (a), kom- pressiya koeffitsiyenti (a k) zichlanish moduli (Yep), ikkinchi guruhga esa konsolidatsiya moduli (S„) kiradi. Bu ko’rsatkichlar laboratoriya sharoitidagi zichlanish jarayonida yon tomoniga kengayish imkoniyati bo’lmagan sharoit uchun aniqlanadi. Ya’ni, deformatsiya bir yo’nalishda rivojlanadi. Gruntlami yon atrofga kengaymasdan sinovdan o'tkazish — kompressiya deyiladi.
Kompressiya egri chizig'i yordamida zichlanish koeffitsiyenti aniqlanadi. Gruntlarda tashqi bosim ta’sirida sodir bo‘ladigan deformatsiya vaqt birligi ichida sodir bo‘ladi. Hatto qumlar va suvga to‘liq to'yinmagan gilli jinslarda deformatsiya bir lahzada tugamay, tashqi bosim berilishi tezligi bilan bog‘liq vaqt ichida rivojlanib boradi. 18.1-j a d v a 1 Gruntlarning zichlanish moduli bo‘yicha toifalari (N.N.Maslov ma'lumoti bo'yicha)