8-МАВЗУ. FANNI O’QITISHDA INTERNET TARMOG‘I VOSITALARI ELEKTRON POCHTA, RO‘YXATDAN O‘TISH VA FANNI O’QITISHDA UNDAN FOYDALANISH. (2 SOAT AMALIY)
Reja
Ta’lim jarayonida Web texnologiyalardan foydalanish
Ochiq matematik ta’lim resurslari
Ta’limda jarayonida qо‘llaniladigan axborot va telekommunikatsiya texnologiyalar bilan tanishish, о‘rganish va kerakli texnikaviy imkoniyatlarga ega bо‘lgan kompyuter va dasturiy majmuani yaratish bо‘yicha ishlar. Masofaviy ta’lim uchun о‘quv uslubiy materiallarini yaratishga oid ishlar. Masofaviy ta’limda qо‘llaniladigan о‘quv materiallari texnologiyasini о‘rganish va uni joriy qilish bо‘yicha ishlar. Qurilayotgan jamiyat XXI asrda axborot jamiyatiga aylanib borishi kerak. Bu yо‘lda axborot savodxonlik targ‘iboti iqtisodiy va huquqiy savodxonlikni о‘zida qamragan holda ma’naviy jamiyatimiz kishilari orasida keng yoyiladi. Bunda interaktiv ta’lim kuchga kiradi va binobarin, mazkur ta’limning pedagogikasi shakllanadi.
Interaktiv ta’lim о‘qitishning, muloqotning distant uslubida, qolaversa, bu usulni amalga oshiruvchi bir qancha interaktiv (audio, Видeo, elektron anjumanlar, tele va ovoz kommunikatsiyalari, yerning sun’iy yо‘ldoshlari orqali о‘zaro aloqa va b.) va nointeraktiv texnologiyalar vositasida olib boriladi. Kelajakda umumrivojlanishning yetakchi jabhalaridan bо‘lib qoluvchi interaktiv masofaviy ta’limning ommaviylashishida Internet «on-line» ning roli, telekommunikatsiyalarning о‘rni, barcha insonlarning Internetga barobar ochiq tashrif eta olishi uchun ajoyib yо‘lak WWW (Web) texnologiyasini yaratgan olim Tim Berners Li ning xizmati beqiyosdir.
Dunyoda interaktiv ta’limning kо‘plab bazalari vujudga kelayapti, jumladan, Britaniya Ochiq Universitetiga qarashli masofaviy ta’lim Umumjahon markazining ma’lumotlar bazasini misol qilib keltirish mumkin. Distant uslubida о‘qitishning Xalqaro Kengashi faoliyat kо‘rsatyapti, «E-Learning» — masofaviy ta’lim olayotgan tinglovchilarning soni kun sayin ortib borayapti.
Masofadan turib о‘qitish uslubining tafsiloti, uning ta’limdagi ijodiylik, mustaqil о‘rganish imkoniyati, ilm olish uchun vaqtni taqsimlashdagi erkinlik kabi kо‘plab afzalliklari mamlakatimizdagi yirik olimlarning pedagogik izlanishlarida aks ettirilgan, risolalarida keng yoritilganini e’tirof etish joiz.
Shunisi quvonarliki, mamlakatimizda ziyolilarning, jumladan, pedagoglarning, уаngi avlodning tarbiyasiga e’tiborli barcha kishilarning, ayniqsa, tinglovchi yoshlarning zamonaviy kompyuter va telekommnikatsiya texnologiyalari vositasidagi interaktiv ta’limga, xususan, on-line ta’limiga, Internetga qiziqishi va intilishlari katta.
Yurtimiz О‘zbekiston kuchli iqtisodiyotga ega bо‘lgan, ezgu istiqbolli huquqiy davlat qurar ekan, xalqimizning axborot savodxonligini hamda huquqiy madaniyatini oshirish hayot va zamon talabidir. Bu talabni — maqsadni rо‘yobga chiqarishda asoslari endi shakllanayotgan interaktiv ta’lim xizmatga kirishishi kerak. Masofaviy о‘qish ta’lim berishda ikki asosiy yondashishni izohlab beradi — bular kengaytirish va transformatsiya modellaridir. Kengaytirish modelida о‘qitish texnologiyasi hozirgi ana’naviy usuldan deyarli, farq qilmaydi.
Transformatsiya modeli о‘qituvchi va tinglovchi hamkorligi uchun axborot — kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini о‘zida mujassam qiladi. Masofaviy ta’limning bu zamonaviy usul va texnologiyalari nazariy va amaliy ta’lim pedagogikasiga virtual sinf, о‘quv telekommunikatsiya loyihalari, koordinator, teskari aloqa, moderator, muloqot texnologiyasi, kompyuter aloqasi, telekonferensiya kabi уаngi tushuncha va terminlarni olib kirdi. Bu texnologiya deyarli raqamli aloqaga asoslangan bо‘lib, о‘z ichiga multimediya dasturlari va gipermediyalarni olib, bu esa о‘quvchiga axborot massivlarini о‘zlashtirish tartibini nazorat qilish usullarini kuzatib borish imkonini beradi.
Masofaviy о‘qishning kо‘p muhitliligi о‘quv dasturlarini rejalashtirish va kurslarini ishlab chiqish tamoyillarida о‘z aksini topadi. Masofaviy ta’lim tinglovchilarni talablarini qondirishga yо‘naltirilib, texnologiyalarni turli — tumanliligiga ustivorlik beradi.
Hozirgi kunda masofaviy ta’lim AQShda mukammal shakllangan bо‘lib, uning vujudga kelishi 1970 yillar oxiriga borib taqaladi. Avvalida masofaviy ta’lim sohasida о‘quv muassasalari yakka holda faoliyat olib bordilar. 1980 yillarda yо‘ldosh telekо‘rsatuvlar rivojlanib borishi bilan, bu о‘quv kurslari ustida bir necha о‘quv muassasalari hamkorlikda ish olib bordilar. Global kompyuter tarmoqlarining shiddat bilan rivojlanishi inson faoliyatining hamma sohasiga, shu jumladan, ta’lim olish sohasiga ham katta ta’sir kо‘rsatdi. Shu tufayli ayni damdagi masofaviy ta’lim zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar, jumladan, internet tarmog‘i imkoniyatlaridan keng foydalangan holda olib borishga asoslanadi. AQSh ta’limi tarixida masofaviy о‘qitish milliy universitetlari, masofaviy ta’limyordamida olingan уаngi mutaxassisliklar, ilmiy darajalar vujudga kelgan. Misol qilib, Kolorada shtati davlat universitetining mamuriy ish yurituvchi magistri, Chikago davlat universiteti informatika, Jorj Vashington Universitetining ta’limni boshqarish, Penselviya davlat universitetining akustika magistri va Merilend Universitetining yadro fizikasi bakalavri darajalarini kо‘rsatish mumkin.
Masofaviy ta’lim respublikamizda ta’limtizimiga уаngi kirib kelayotgan usul bо‘lib, hozirgi kunda bu jarayonga jiddiy e’tibor berib kelinmoqda va uning asoslari yaratilmoqda. Barcha oliy о‘quv yurtlarida kompyuter sinflari tashkil etilgan bо‘lib, ularning kо‘p qismi internet global tarmog‘iga ulanish asosida faoliyat kо‘rsatmoqda.
Dunyoning mashhur kompaniyasi Google ham ishchilarining diplomiga qarab emas, qobilyatlariga qarab ishga olar ekan. Shunday kasblar borki, ularni oliy ma’lumotli bо‘lmasdan ham egallash mumkin. Hatto oliy ma’lumotli kishilardan kо‘ra yaxshiroq pul ishlab topish mumkin. Ilm olish uchun turli о‘quv maskanlariga yoki chet davlatga chiqish ham shart emas. Buning uchun insonda yetarlicha qobiliyat va ishtiyoq, ingliz yoki rus tillarini bilish, internetga ulanish va, albatta, kompyuter yoki planshet kerak bо‘ladi. Ta’lim uchun pul sarflashingiz shart emas, faqat internet uchun tо‘lagan pulingizni hisobga olmasak.
Quyida keltirgan saytlar orqali tekinga bilim olishingiz, malakangizni oshirishingiz va oxirida sertifikatga ham ega bо‘lishingiz mumkin. ZiyoNET ta’lim tarmog‘i. Ziyonet.uz subdomenlarida 12 ta ochiq resurslar joylashgan bо‘lib, ular quyidagilar:
1. http://sites.ziyonet.uz/uzc – Saytlar restri;
2. http://lang.uz/ru/site/hello – xorijiy tillarni о‘rganish;
3. http://audio.ziyonet.uz/uzc – audio kitoblar;
4. http://library.ziyonet.uz/uzc - ziyonet kutubxonasi;
5. http://ask.ziyonet.uz/uzc – savol-javoblar xizmati;
6. http://games.ziyonet.uz/uzc- ta’limiy о‘yinlar jamlanmasi
7. http://institutions.ziyonet.uz/uzc – ta’lim muassasalari katalogi;
8. http://abiturient.ziyonet.uz/uzc - Respublika oliy ta’lim muassasalaridagi barcha mutaxassisliklar bо‘yicha ma’lumotlar va testlar;
9. http://sport.ziyonet.uz/ - sport sohasiga doir ma’lumotlar bazasi;
10. http://blogs.ziyonet.uz/uzc - sayt stelitlari;
11. http://arboblar.uz/ – О‘zbekiston arboblari;
12. http://army.ziyonet.uz/uzc - О‘zbekiston Respublika Qurolli kuchlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |