8-ma`ruza
Termokonduktometrik gazoanalizatorlarning montaji va sozlash
ishlari. Nazorat gazlarini tayyorlash usullari
Reja:
1.
Gazlar tarkibini analiz qilishning mavjud usullari va
qurilmalari tahlili 2.Termoximiyaviy gaz analizatorlari.
3.
Ionizatsion gaz analizatorlari
4.Termokonduktometrik gaz analizatorlar montaji va sozlash ishlari
1. Gazlar tarkibini analiz qilishning mavjud usullari va qurilmalari tahlili
Gaz analizatorlari tekshirilayotgan gaz aralashmasidagi komponent yoki
komponentlar
yig’indisi kontsentratsiyasi haqidagi ma’lumot beradigan
qurilmalardir. Gaz analizatorlari sanoatning barcha soxalarida
va ilmiy-tadqiqot
ishlarida keng ishlatiladi. Gazlarning tarkibini uzluksiz avtomatik nazorat qilish
asosida metallurgiyada, koks-ximiya sanoatida, neftni qayta ishlash gaz sanoatida
va boshqa joylarda gaz hosil qilish uchun va undan foydalanish bilan bog’liq
bo’lgan ximiyaviy-texnologik protsesslarni avtomatik boshqarish amalga
oshiriladi. Masalan, issiqlik elektr stantsiyalarida organik yoqilg’ilarni
yoqishda
yonish protsessini nazorat qilish va kerakli havo miqdorini (ortiqcha miqdorini)
aniqlash uchun avtomatik gaz analizatorlari ishlatiladi. Texnologik ob’ektlarning
xavfsiz ishlashini ta’minlovchisistemalarda ishlatiladigan gaz analiz qilish
asboblari ham katta ahamiyatga ega. Keyingi yillarda atrof-muxitni muxofaza
qilishga katta e’tibor berilayotganligi munosabati bilan sanoat korxonalari ishlab
chiqarish xonalari va atmosferadagi zarali qo’shilmalar miqdorini nazorat qilishga
mo’ljallangan gaz analizatorlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanish keskin
kengaydi. Axoli yashaydigan punktlar xavosining sifatini nazorat qilish uchun
xavoni
ifloslantiradigan is gazi, azot qo’sh oksid, chang va boshqa shu kabi
moddalar kontsentratsiyasi o’lchanadi.
Texnologik protsesslarni nazorat qilishda va avtomatlashtirishda turli
sharoitlarda bo’lgan (temperaturalari, bosimlari va xakazolari turlicha bo’lgan)
aralashmalarni analiz qilishga, gaz analizatorlarining turli-tuman xillarini
aniqlashga to’g’ri keladi.
Sanoatda ishlatiladigan avtomatik gaz analizatorlarining ko’pchiligi gaz
aralashmalaridagi bitta komponentning kontsentratsiyasini o’lchash uchun
mo’ljallangan. Bu holda gazlarning aralashmalari
binar deb qaralib, undagi
aniqlanadigan
komponent
o’lchanayotgan aralashmaning fizik-ximiyaviy
xossalariga ta’sir qiladi, qolgan komponentlar esa, ularning tarkibi va
kontsentratsiyasidan qat’iy nazar, ularning xossalariga ta’sir qilmaydi va
aralashmaning ikkinchi komponenti hisoblanadi. Ko’p
komponentli gaz
aralashmalarining turli tashkil etuvchilarini analiz qilish uchun mo’ljallangan gaz
analizatorlari ham mavjud.
Gaz analizatorlari ishlash printsipi (analiz qilish usuli), analiz qilinayotgan
muxitning xossalari, aniqlanadigan komponent soni, ishlanish turi, chiqish
signalini unifikatsiyalash usuli va o’lchash natijalarini berish usuli kabi belgilarga
ko’ra klassfikatsiyalanishi mumkin.
Eng oddiy holda namunani o’zgartirmasdan analiz qilish mumkin, bunda analiz
qilinayotgan aralashma tarkibi to’g’risida o’lchanayotgan
parametrga qarab
bevosita xulosa chiqariladi. Analiz qilishda namunani o’zgartirish analitik o’lchash
tanlanuvchanligini oshirish imkonini beradi. Namunani o’zgartirish uchun fizik
usullardan ham, ximiyaviy usullardan ham foydalanish mumkin. Agar namunaga
ta’sir qilish uning fizik xossalarini tubdan o’zgartirib yuborsa, bunday o’zgartirish
fizik o’znartirish deb ataladi. Agar namunaga qilish uning tarkibining tuyudan
o’zgarishiga olib kelsa, u ximiyaviy o’zgartirish deb ataladi.
Gaz analizatorlari hajmiga nisbatan % larda, g/m
3
, mg/l larda darajalanadi.
Birinchi birlik ancha qulaydir, chunki gaz aralashmalari komponentlarining
protsent hisobidagi miqdori temperatura va bosim o’zgarganida doimiyligicha
qoladi.
Gaz analizatorlari komplektiga datchik va chiqish signallarini o’lchagichdan
tashqari, asbobning normal ishlashini ta’minlovchi bir qancha uzellar ham kiradi.
Asosiy yordamchi uzellar gaz aralashmasi
namunasini tanlovchi, tozalovchi,
uzatuvchi va analizga tayyorlovchi qurilmalardir.
Gaz analizatorlarilarining mavjud klassfikatsiyasi aralashmaning aniqlanadigan
komponentlarining kontsetratsiyasini o’lchashga asos qilib olingan fizik –
ximiyaviy xossalarga asoslanadi.
Gazlarni avtomatik analiz qilish uchun quyidagi usullar qo’llaniladi:
(klassfikatsiya GOST 13320-94 bo’yicha): namunani oldindan o’zgartirmasdan –
termokonduktometrik, termomagnit, absorbtsion – optik (infraqizil va ultrabinafsha
nur yutiladi), pnevmatik usullar: namuna oldindan o’zgartiriladin usullar –
elektroximiyaviy (konduktometrik, kulonometrik, polyagrafik, potentsiometrik)
termoxiyaviy, fotokolorimetrik, alanga – ionlashuv, aerozol – ionlashuv,
xromatografik, massaspektrometrik usullar.