Qo‘shiq:
Boshlovchi: Ayolning mehr-muhabbati, nazokati, latofati, ipakdek nafisligini, fidoyiligini e’zozlab yashayotgan o‘zbek o‘g‘lonlari omon bo‘lishsin.
Boshlovchi: O‘ynar, sumbul soyalarini,
Bir sehri bor Sanamjonning.
Chimiradi qoshlarini,
Bir siri bor Sanamjonning.
O‘t chaqnaydi ko‘zlarida,
Nigohida ibosi bor.
Kulgu o‘ynar yuzlarida,
Qalbida bir nidosi bor.
Tovlanadi tovus kabi
Marg‘ilonning atlasida.
Bamisoli Kumush bibi,
Bek yigitlar havasida
.
Sahna ko‘rinish:
Boshlovchi: Sukutda yuraman, ko‘nglimda bahor,
Bahorni kuylaydi tansiq boychechak.
Tasviri - haqiqat, sevgiga u yor,
Ko‘klamdan nashida, uchqun boychechak.
Aziz ayollar, davramiz qatnashchilari! Sizlarni xalqaro xotin-qizlar bayrami 8-mart bilan yana bir bor tabriklaymiz, sizlarga sihat-salomatlik, o‘qishda, mehnatda, ijodda, shaxsiy hayotda omad tilaymiz. Shu bilan bayram dasturimiz nihoyasiga etdi, xayr sog‘ bo‘linglar.
“Muqaddas ayol” qo‘shig‘i.
Tuzuvchi: X.Bazarova
G. Mavlyanova
Do'stlaringiz bilan baham: |