O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
Qo’l yozma huquqida
UDK: 000,000,0
MAVLYANOVA SHAXNOZA MUXTAROVNA
Mexanikaviy ishlov berish texnologik tizimining xolati togrisida axborot olish
5A320201 – Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari (Mashinasozlikda)
Magistr
akademik darajasini olish uchun yozilgan
dissertatsiya
|
Ilmiy rahbar:
dots., t.f.n X.U. Akbarov
|
|
|
ANDIJON – 2020
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
Fakultet: Mashinasozlik
texnologiyasi
Kafedra: Mashinasozlik
texnologiyasi
Oquv yili: 2019-2020
|
|
Magistratura talabasi: Mavlyanova SHaxnoza Muxtarovna
Ilmiy rahbar: dots., t.f.n. X.U. Akbarov
Mutaxassislik: 5A320201-“Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari”
|
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI
Mavzuning dolzarbligi: Mashinasozlikda ishlov berishdagi aniqlikni oshirish muammosi yechimiga va kelgusida raqamli dasturda boshqariladigan dastgohlarda ishlov berish jarayonlarining samaradorligini oshirishga bog’liqliligi hozirgi vaqtda ushbu muammo dolzarb bolib kelmoqda
Ishning maqsadi va vazifalari: Ishlab chiqarishning moslanuvchan tizimlari sharoitlarida tokarlik ishlov berish aniqligini avtomatik tizimlar qo’llash yordamida oshirish.
Tadqiqot ob’ekti va predmeti: Tadqiqot obekti bo’lib raqamli dasturda boshqariladigan tokarlik dastgohi xizmat qiladi.
Tadqiqot uslubiyati va uslublari: Nazariy tadqiqotlar mashinasozlik texnologiyasi, kesish nazariyasi, ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, nazariy mexanika, elastiklik nazariyasi fanlariga asoslangan holda amalga oshirilgan. Eksperimental tadqiqotlar raqamli dasturda boshqariladigan tokarlik dastgohida o’lchov birliklari, eksperimentni rejalashtirish usullari yordamida bajarilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy yangilik darajasi:
Kesish jarayoni xolati haqida ma’lumot olish uchun bevosita dastgohning detallari olingan.
Tokarlik dastgohlari uchun ishlov berishning aniqliligini avtomatik boshqarish ikki konturli tizimi yaratilgan.
Tokarlik ishlov berishning matematik modeli tuzilgan.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati: Raqamli dasturda boshqariladigan tokarlik dastgohlarini kesuvchi asboblarini sozlashga ketadigan vaqtni bir necha marta qisqartiradi, ishlov berish aniqligini tasodifiy va sistematik xatoliklarini kompensatsiyalash yo’li bilan oshiradi.
Ish tuzilishi va tartibi: Kirish, uchta bob va xulosadan tashkil topgan. Dissertatsiya 69 betdan iborat bo’lib, o’z ichiga rasm, jadval, adabiyotlar ro’yxatini o’z ichiga oladi.
Bajarilgan ishning asosiy natijalari:
Ishlov berish jarayonida hosil bo’ladigan xatoliklar strukturasi tahlil qilindi.
Raqamli dasturda boshqariladigan tokarlik dastgohlarining ishlash sharoitlari o’rganib chiqildi.
Eksperimental tadqiqotlar natijasida tokarlik ishlov berishning va xatoliklarining matematik modellari tuzildi.
Ikki konturli avtomatik tizimning kesish kuchlarini stabillashtirilgan konturi uchun o’lchov vositalarining konstruktsiyalari yaratildi.
Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi: Raqamli dasturda boshqariladigan tokarlik dastgohlarida ishlov berish aniqligini o’rganish bo’yicha o’tkazilgan tajribalar asosida raqamli dasturda boshqariladigan tokarlik dastgohlari uchun ikki konturli tizim yaratildi. Avtomatik tizim barcha turdagi raqamli dasturda boshqariladigan qurilmalari bilan jihozlangan tokarlik dastgohlarida qo’llanilishi ko’zda tutilib, tizim bilan jihozlangan raqamli dasturda boshqariladigan tokarlik dastgohi oltinchi va yettinchi kvalitetlar doirasida ishlov berish aniqligini ishonchli ta’minlaydi.
Ilmiy raxbar: dots. t.f.n. X.U. Akbarov ______________
(imzo)
Magistratura talabasi: SH.M. Mavlyanova ______________
(imzo)
Do'stlaringiz bilan baham: |