III bob bo‘yicha xulosa
Ildiz va ildiz atrofi tuprog‘i fitonematodofaunasi komplekslari ekologik guruhlari bo‘yicha, tuproqda tarqalishi bo‘yicha ham bir-biridan farq qildi. Ildizda fitonematodalar soni, turlar xima-xilligi kam. Ildiz atrofi tuprog‘ida fitonematodalar tur tarkibini xilma-xilligi, sonini ko‘pligi turli xil mevali daraxtlarda turlicha, olma ildiz atrofi tuprog‘i 0-20 cm, 220 ekz., 15 tur; 20-40 cm da 308 ekz, 18 tur; 40-60 cm da 132 ekz. 16 tur, ya’ni turlar xilma-xilligi bir-biriga yaqin, soni bo‘yicha ustunlik asosan yuqori va o‘rta qatlamga to‘g‘ri keldi. O‘rik daraxtida ildiz atrofi tuprog‘ida 0-20 cm.da 56 ekz, o‘rta qatlam 20-40 cm., 28 ekz., ostki qatlam 40-60 cm.da 56 ta ekz. 6 turni tashkil qildi. Xilma xillik yuqori va ostki qatlamga to‘g‘ri keldi. Turlar xilma xilligi yaqin, soni jihatidan ustunlik ustki va ostki qatlamga to‘g‘ri keldi. Bahorgi namunalarda ikkala o‘simlik solishtirilganda olma tuproq qatlamlarida nematodalarning turlari va soni o‘rik idiz atrofi tuprog‘iga qaraganda xilma-xil ekanligi kuzatildi. O‘simlik ildizlari yuza qismi, ostki qavat organik qoldiqlarga boyligi ma’lum bo‘ldi. Bular hammasi nematodalarni intensiv ko‘payishiga olib keldi.
Ildiz atrofi tuprog‘laridan quyidagi parazit turlar topilib, bulardan Ditylenchus destuctor, Hoplalaimus tylenchiformis, Pratylenchus pratensis xavfli o‘simlik parazitlari bo‘lib hisoblanadi. Bu avlod vakillari madaniylashtirilgan ekin maydonlarida keng tarqalgan bo‘lib, sabzavot, poliz va boshqa ekinlarga ham katta zarar keltiradi.
Ildiz fitonematodalar jamoasi ildiz atrofi tuprog‘i fitonematodalar jamoasi solishtirib o‘rganildi va bu ikkala solishtirilayotgan ekosistemalarda bog‘liqlik borligi kuzatildi.
Xulosalar
Tekshirilgan mevali daraxtlar ildizi va ildiz atrofi tuprog‘idan 2 ta kenja sinf (Adenophorea, Sesernentea), 4 ta turkum (Areolaimida, Dorylaimida, Rhabditida, Tylenchida), 16 ta oila, 26 ta avlod, 40 turga mansub 1032 ekz. fitonematodalar aniqlandi.
Topilgan fitonematodalar A.A.Paramonovning klassifikatsiyasiga ko‘ra quyidagi ekologo-trofik guruhlarga bo‘lindi: pararizobiontlar, devisaprobiontlar, fitogelmintlar, eusaprobiontlar.
Ekologik guruhlardan barcha ekologik guruh vakillari uchradi, xilma xillik, son jihatidan ustunlik asosan devisaprobiontlarga to‘g‘ri keldi (16 tur). Fitogelmintlarning 11 turi, asosan ildiz atrofi tuprog‘ining ustki va o‘rta qatlamlarida uchradi, chuqur qatlamda uchramadi. Pararizobiontlarning 10 turi uchradi, asosan ildiz atrofi tuprog‘ining ustki 0-20 cm., va tuproqning chuqur qatlami 40-60 cmda uchradi, chunki pararizobiontlar hayoti o‘simlik ildiz sistemasi bilan chambarchas bog‘liq.
Eusaprobiontlarning uchta turi asosan ildiz atrofi tuprog‘ining o‘rta qatlamida uchradi. Bularni ham hayoti asosan tuproq, o‘simlik qoldiqlari bilan chambarchas bog‘liq.
Har bir daraxt navlari o‘ziga xos fauna xususiyatida o‘xshashliklar mavjud ekanligi bilan bir qatorda ularda o‘ziga xosliklar borligi aniqlandi. Mevali daraxtlar ildiz atrofi tuprog‘ida, ildizga qaraganda fitonematodalar tur tarkibi xilma xilligi, soni ko‘pligi aniqlandi.
Maxsus kasallik keltirib chiqaruvchi endoparazit turlardan: Ditylenchus dipsaci, Pratylenchus pratensis, Hoplolaimus tylenchiformislar, ektoparazitlardan Xiphinema americanum aniqlandi. Bular madaniylashtirilgan ekin maydonlarida keng tarqalgan bo‘lib, sabzavot, poliz va boshqa ekinlarga katta zarar keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |