0-20
|
20-40
|
40-60
|
Ja’mi:
|
1
|
Pararizobiontlar
|
1/12
|
-
|
1/4
|
2/16
|
2
|
Eusaprobiontlar
|
-
|
1/4
|
-
|
1/4
|
3
|
Devisaproobiontlar
|
3/40
|
2/8
|
5/52
|
9/100
|
4
|
Fitogelmintlar:
a) spets.
b) nospets
|
1/4
-
1/4
|
3/16
1/4
2/12
|
-
|
4/20
1/4
3/16
|
Ja’mi:
|
5\56
|
6\28
|
6\56
|
16\140
|
O‘rik daraxti ildiz atrofi tuprog‘ida ekologik guruhlardan pararizobiontlarning 2 turi: Tylenchus balogh, Tylenchus obtusicaudatus, Devisaprobiontlarning 9 turi: Acrobeles paschitnovae, Cephalobus persegnis, Heterocephalobus tulaganovi, Heterocephalobus latus, Heterosephalobus laevis, Heterosephalobus filiformis, Heterosephalobus filiformis, Heterosephalobus elongates, Heterosephalobus buchneri, Panagrolaimus hygrophilus.
Eusaprobiontlardan bitta tur: Mesorhabditis monhystera.
Fitogelmintlardan Tylenchorhynchus bucharicus, Psilenchus clavicaudatus, Ditylenchus destructor, Aphelenchoides limberilar uchradi.
Mevali daraxtlar: olma, o‘rik o‘simliklari ildiz atrofi tuprog‘i fitonematodalari taxlili
Tadqiqot uchun olingan tuproq namunalari mevali daraxtlar olma, o‘rik o‘simliklari ildiz atrofi tuprog‘idan yuqorida ta’kidlanganidek uchta gorizontdan bahorda (may) olindi: 0-20, 20-40, 40-60 cm.
Olma o‘simligi ildiz atrofi tuprog‘idan hammasi bo‘lib 25 tur (660 ekz.) fitonematodalar topildi. Ulardan tuproqning yuqori qatlami(0-20 cm)dan 13 tur, 220 ekzemplyar, tuproqning keyingi qatlami(20-40 cm)da 18 ta tur, 308 ekzemplyar, keyingi chuqur qatlam(40-60 cm)dan 16 tur, 132 ekzemplyar fitonematodalar aniqlandi. Hammasi bo‘lib ildiz atrofi tuprog‘ining uchta gorizontidan, 660 ekzemplyar fitonematodalar topildi.
O‘rik daraxti o‘simlik ildizi, ildiz atrofi tuprog‘idan olingan tuproq, o‘simlik ildizi namunalari tadqiqoti natijasida, hammasi bo‘lib 16 tur (140 ekz.) fitonematodalar topildi. Bulardan ildiz atrofi tuprog‘ining 0-20 cm chuqurligida 5 tur, 56 ekzemplyar, 20-40 cm chuqurligidan 6 tur, 28 ekzemplyar, 40-60 cm chuqurligidan 6 tur, 56 ekzemplyar fitonematodalar aniqlandi(10-jadval).
Ikkita o‘simlik fitonematodofaunasi tur tarkibi solishtirilishi natijasida aniqlanishicha, fitonematodalarning tur tarkibining xilma-xilligi, soni jihatidan ustunligi, olma o‘simligida yaqqol namoyon bo‘ldi. O‘rik o‘simligi ildiz atrofi tuprog‘i gorizontlari bo‘yicha solishtirilganda tuproq gorizontlari yuqori qatlam, chuqur qatlamda fitonematodlar soni 56 ekz, turlar soni 5-6 tani tashkil qildi. O‘rta qatlamda 6 tur, 28 ekz.ni tashkil qildi.
Ekologik guruhlardan barcha ekologik guruh vakillari uchradi, lekin xilma xillik, son jihatidan ustunlik, asosan, devisaprobiontlarga to‘g‘ri keldi(9 tur, 100 ekz). Fitogelmintlarning 4 turi, 20 ekz., asosan ildiz atrofi tuprog‘ining ustki va o‘rta qatlamlarida uchradi, chuqur qatlamda uchramadi. Haqiqiy parazitlardan Ditylenchus destructor aniqlandi. Parazit asosan ildiz atrofi tuprog‘ining o‘rta qatlamida (20-40 cm) uchradi. Qolgan vakillari yarim parazitlar bo‘lib: Tylenchorhynchus bucharicus, Psilenchus clavicaudatus, Aphelenchoides limberi bular asosan ildiz atrofi tuprog‘ining ustki va o‘rta qatlamlarida uchradi.
Pararizobiontlarning 2 turi uchradi, asosan ildiz atrofi tuprog‘ining ustki 0-20 cm, va tuproqning chuqur qatlami 40-60 cmda uchradi, chunki pararizobiontlar hayoti o‘simlik ildiz sistemasi bilan chambarchas bog‘liq. Pararizobiontlardan: Tylenchus baloghi (40-60 cm, 4 ekz), Tylenchus obtusicaudatus (0-20 cm, 12 ekz) ildiz atrofi tuprog‘idan topildi.
Eusaprobiontlarning bitta turi uchradi: Mesorhabditis monhystera asosan ildiz atrofi tuprog‘ining o‘rta qatlami 20-40 cmda uchradi. Bularni ham hayoti asosan tuproq, o‘simlik qoldiqlari bilan chambarchas bog‘liq.
Yuqorida ta’kidlangandek, devisaprobiontlar turlarini soni, fitonematodalarni soni bo‘yicha boshqa ekologik guruhlardan ustunligi kuzatildi. Bular ham sog‘lom o‘simlikda, o‘simlik ildiz atrofida, o‘simlik qoldiqlari orasida uchraydi. Bular topilgan 16 turdan, 9 turini, ya’ni 56%ini tashkil qildi (Acrobeles paschitnovae, Cephalobus persegnis, Heterocephalobus tulaganovi, Heterocephalobus latus, Heterosephalobus laevis, Heterosephalobus filiformis, Heterosephalobus elongates, Heterosephalobus buchneri, Panagrolaimus hygrophilus).
Ikkita o‘simlik fitonematodofaunasi tur tarkibi solishtirilishi natijasida aniqlanishicha, fitonematodalarning tur tarkibining xilma-xilligi, soni jihatidan ustunligi, olma o‘simligida yaqqol namoyon bo‘ldi. O‘rik o‘simligi ildiz atrofi tuprog‘i gorizontlari bo‘yicha solishtirilganda tuproq gorizontlari yuqori qatlam, chuqur qatlamda fitonematodlar soni 56 ekz, turlar soni 5-6 tani tashkil qildi. O‘rta qatlamda 6 tur, 28 ekz.ni tashkil qildi.
O‘rganilgan tuproq qatlamlarining barchasida uchradi, xilma-xillik asosan ustki (0-20 cm), ostki qatlamga (40-60 cm) to‘g‘ri keldi.
10-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |