Odam hamisha ichki uyg’unlik, konsonansga erishishga intiladi.
Masalan,
semirishga moyil odam dieta saqlamoqchi bo‘ldi (X kognitsiya), biroq sevimli
shokoladidan voz kecholmaydi (U kognitsiya). Biroq ma‘lumki, ozishga harakat
qilayotgan odam shokolad yemasligi darkor – demakki, dissonans paydo bo‘ladi.
Uning paydo bo‘lishi insonni dissonans reduktsiyasiga, uni pasaytirish, bartaraf
etishga qaratilgan xulqni namoyon qilishga undaydi.
Festinger fikriga ko’ra, buning uchun, ya’ni dissonansni bartaraf etishga
qaratilgan, odamda uch yo’l mavjud
:
1)
kognitsiyalar birini o‘zgartirish (ayni vaziyatda — yoki shokoladni iste‘mol
qilishdan voz kechish yoki dieta saqlamaslik);
2) dissonant munosabatlarga kirishayotgan kognitsiyalar ahamiyatini pasaytirish
(semizlik unchalar ham katta kamchilik emas yoki shokoladni iste‘mol qilish vazn
ortishiga katta ta‘sir ko‘rsatmasligini ta‘kidlash);
3)
yangi kognitsiyani qo‘shish (masalan, shokolad vazn ortishiga ta‘sir ko‘rsatsa-
da aqliy faoliyatni yaxshilaydi).
Kognitiv dissonans motivlashtiradi, ya’ni uni pasaytirishga majburlaydi,
munosabatlarni o’zgartirishga undaydi pirovardda — xulqni o’zgartiradi.
Kognitiv dissonans paydo bo’lishi va uning bartaraf etilishi bilan bog’liq ikki
holatni ko’zdan kechirsak.
1)
odamning azaliy fikriga nomuvofiq bo‘lgan vaziyatdagi xulq bilan bog‘liq. Agar
odam ixtiyoriy (taz‘yiqsiz) ravishda yetarlicha tashqi oqlovga ega bo‘lmagan, o‘z
qarashlariga unchalar ham muvofiq kelmaydigan xulqni namoyon etishni taqozo
qilmaydigan biron-bir narsani bajarishga rozi bo‘lsa, keyinchalar uning fikri va
e‘tiqodi o‘sha xulqqa muvofiqlashtiriladi. Agar, masalan, o‘zining axloqiy
qarashlariga zid bo‘lgan xulqni namoyon qilishga rozi bo‘lsa, oqibatda xulq va
axloqiy qarashlar o‘rtasidagi dissonans axloqiylik darajasi pasayishiga olib keladi.
2) mushkul qarorni qabul qilishdan keyin paydo bo‘ladigan dissonans. Mushkul
qaror deb tanlov zaruriyatini tug‘dirayotgan muqobil variantlar yoqimliligiga ko‘ra
o‘zaro yaqin bo‘lgan vaziyatga aytiladi. Bunday vaziyatlarda qaror qabul
qilingandan so‘ng odam quyidagi ziddiyatlar natijasi bo‘lgan kognitiv dissonansni
his etadi: tanlangan variantning salbiy jihatlari, rad etilgan variantning esa ijobiy
jihatlari mavjud bo‘ladi. Qabul qilingan qaror qisman yaxshi emas, biroq u qabul
qilinib bo‘lingan. Inkor etilgan variantning yaxshi tomonlari mavjud, biroq u rad
etilib bo‘lgan.
Eksperimental tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki: og‘ir qaror qabul qilingandan
so‘ng vaqt o‘tishi bilan tanlangan qarorning ijobiy jihatlari ortib inkor etilgan
qarorning ijobiy jihatlarini sub‘ektiv yoqimliligi pasayadi. Odam shu yo‘sinda
kognitiv dissonansdan qutuladi: u qabul qilgan qarori inkor etilgan qarordan ko‘ra
ancha yaxshi bo‘lganligiga o‘zini ishontiradi. Xulosa qilish mumkinki, mushkul
qarorlar tanlangan qarorga muvofiq xulqni namoyon qilish ehtimolini oshiradi.
Demak, kognitiv nazariyaga binoan, shaxs – odamning shaxsiy tajribasi qayta
ishlanadigan
(idrok
etilayotgan
va
talqin
qilinayotgan)
shaxsga
doir
konstruktsiyalarning maxsus uyushtirilgan tizimidir. Mazkur yondashuv nuqtai
nazaridan shaxs tuzilmasi individual jihatdan betakror konstruktlarning o‘ziga xos
ierarxiyasi sifatida tushuniladi.
J.Piaje (1896—1980) shvetsariyalik va fransuz psixologi bolib, u 52 ta kitob va
458 ta ilmiy maqolalar muallifi, Jeneva genetik psixologiya maktabining ko‗zga
ko‗ringan vakillaridan biridir.
J.Piajening ilmiy ijodiyoti shu qadar turli xil ko‗rinishdagi metodologik va nazariy
bahs-munozaralar predmeti bo‘lib qolishda davom etmoqda.
J.Piaje tomonidan kashf etilgan fenomenlar esa eksperimental qayta tekshirilib
chiqilmoqda. J.Piaje bolaning bilish faoliyati mexanizmlarini o‗rgangan.
J.Piaje intellekt shakllanishini barcha boshqa psixik jarayonlar bogliq bolgan
bolaning psixik rivojlanishini markaziy chizig'i sifatida ko‗rib chiqqan.
J.Piaje ishlarida tadqiq etilgan asosiy masalalar bola tafakurining o‗ziga xos
xususiyatlari bolada intellektni kelib chiqishi va rivojlanishi fundamental jismoniy
hamda matematik tasavvur va tushunchalarni shakllanish usullari va yollari obyekt,
makon, vaqt, sabab, tasodif kabilar idrok, xotira, tasavvur, o‗yin, taqlid, nutq
rivojlanishi va bilish jarayonida ularning vazifasi kabilarni o‗rgangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |